Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar


-MAVZU:  Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash


Download 494.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/31
Sana03.12.2023
Hajmi494.39 Kb.
#1798343
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Publitsistik nutq uslubi.Publitsistik maqolalar

19-MAVZU: 
Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash 
(bildirishnoma, hisobot, xizmat yozishmalari) 
BILDIRISHNOMA, BILDIRGI 
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador 
muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea 
va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal 
yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi 
(yozuvchi) ning takliflari aks etadi. 
Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki 
bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. U toza 
qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday 
bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni 
muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan 
bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi 
nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma lar muassasa 
rahbari tomonidan imzolanadi. 
Bildirishnomaning zaruriy qismlari: 
Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari 
hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi. 
Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari 
hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi 
Hujjat turining nomi (Bildirishnoma). 
Matn sarlavhasi. 
Bildirishnoma matni (mazmuni). 
Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa). 


Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs 
tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi). 
Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan 
bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi). 
H i s о b о t. 
Muayyan vaqt uchun rеjalashtirilgan ish yoki vazifa, tоpshiriqlarning bajarilishi, 
amaliy dоlzarb ishlar, хizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumоt bеruvchi 
hujjat. Hisоbоtda kеltirilgan ma’lumоtlar aniq, ishоnarli hamda ishlab chiqarish
ijtimоiy-siyosiy ahamiyatga mоlik bo‘lishi kеrak. 

Download 494.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling