Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar


-MAVZU:  Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish


Download 494.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/31
Sana03.12.2023
Hajmi494.39 Kb.
#1798343
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
Publitsistik nutq uslubi.Publitsistik maqolalar

17-MAVZU: 
Sohaga oid hujjatlar bilan tanishish 
 
Ta’limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va 
jismoniy shaxslarning shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning 
ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkinligi; 

Ta’lim muassasalari ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro 
hamkorlikda ishtirok etishlari, xorijiy mamlakatlarning tegishli o‘quv yurtlari 
bilan bevosita aloqalar o‘rnatishi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular 
bilan qo‘shma o‘quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega ekanligi; 

Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan 
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi yoritib berilgan. 


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi Qonuni qoidalariga, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi 
jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-
hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil 
ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini 
ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga 
yo‘naltirilgandir. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va 
mazmunini qayta tashkil etish zaruratini yuzaga keltirdi va qator chora-tadbirlar 
ko‘rishni, jumladan: Davlat ta’lim standartlarini joriy etishni, yangi o‘quv rejalari, 
dasturlari, darsliklarni joriy etishni, zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab 
chiqishni, o‘quv yurtlarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalashni, yangi 
tipdagi ta’lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. 
Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va bozor islohotlari 
talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy- texnika va axborot 
bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli 
o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim 
tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali 
integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy 
kamchiliklar sirasiga kiradi. 
Kadrlar tayyorlash tizimining islox qilish omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash 
zarur: 
1.Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati 
qurish yo‘lidan borayotganligi; 
2.Davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror 
topganligi; 
3.O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning 
jahondagi mavqei va obro‘-e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi. 


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh 
qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos 
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini 
yaratish etib belgilangan. 
 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining vazifalari quyidagilar: 
- ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda 
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida 
ta’lim tizimini yagona o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil 
rivojlantirishni ta’minlash; 
- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar 

Download 494.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling