Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar


Download 494.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/31
Sana03.12.2023
Hajmi494.39 Kb.
#1798343
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
Publitsistik nutq uslubi.Publitsistik maqolalar

 
18-MAVZU: 
Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash
(rezyume, ariza, tavsifnoma, ma’lumotnoma) 
 
Matn mazmunining qisqacha bayoni(rezume) 
 
Hozirgi paytda ko‘plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro 
korxonalar ishga topshirayotgan shaxslardan rezume yuborishlarini talab qilishadi. 
Rezume o‘zi nima degani? Rezume fransuzcha “résumé” so‘zidan kelib chiqqan 
va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezume ishga 
topshirayotgan inson to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, 
ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qiziqishlari va hokazo. 
Rezume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O‘zbek 
tilida bunday hujjat “tarjimayi hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi 
mumkin, lekin rezumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezume, asosan, 
ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, 
lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori 


yoki loyiha menejerining rezumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga 
topshiriladi. 
Rezumeda ish izlovchi shaxs to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish 
beruvchi eng birinchilardan bo‘lib aynan rezumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga 
topshirgan insonni ko‘rmasdan va bilmasdan turib rezume orqali u bilan tanishadi. 
Shuning uchun, rezume ishga topshiruvchi shaxs to‘g‘risida bexato, aniq va eng 
asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. 
Yaxshi tuzilgan rezume ishni qo‘lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami 
hisoblanadi. Agar rezumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi 
bosqichga o‘tish imkoni bo‘lmaydi! 
Rezumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Shaxsiy ma’lumot 
a. Ism-sharif (talab qilinadi) 
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi) 
c. Jins (majburiy emas) 
d. Millat (majburiy emas) 
e. Tug‘ilgan sana (majburiy emas) 
2. Qisqacha mazmun va yoki professional maqsad (ixtiyoriy) 
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o‘tish. 
Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz 
va rus tillarini mukammal biladi. 2008-yilda Biznesni boshqarish yo‘nalishi 
bo‘yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga ega.
3. Ma’lumot 
a. Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, o‘qigan yili (yoki daraja berilgan yil), 
o‘quv yurtining nomi, manzili (shart) 
b. Topshirilayotgan ishga taalluqli fanlar nomi va soati (shart emas) 
c. Agar a’lo darajada bitirgan bo‘lsa, shuni ham bildirib o‘tish kerak 

Download 494.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling