Kadrlar: Toshkent shaxrining ko'rinishi. Bolalar ko'rinishi. Ona bola ko'rinishi. Odamlar D. Text
Download 25.63 Kb.
|
hujjatli raddom 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tugriqxona bemoridan biridan intervyu. Shifokorlardan biridan intervyu. Kadrlar
- Yayra Saidjalolovna mashinada uyga qaytayotgandagi intervyusi: erishgan yutuqlari haqida.
Hokimdan intervyusi:
Men Yayra Saidjalolovnani .... Yildan beri tainyman. Yayra Saidjalolovna bugungi kundagi xalqimiz uchun fidoiy, o'z ishini ustasi, yetuk rahbar desam adashmagan bo'laman. U 1- sonli tug’ruq kompleksiga bosh shifokor lavozimiga kelgandan so'ng bu muassasada ancha istiqbolli ishlarni amalga oshirdi. Albatta davlatimiz tomonidan ham hozirgi kunda bu sohaga qaratilayotgan e'tibor diqqatga sazovor. Ammo bu islohotlarni amalga oshirish uchun baribir shunday yetuk kadrlarga muhtoj bo'lamiz. Yayra Saidjalolovna o’zinig dunyo qarashi, vaziyatga nisbatan tog'ri munosabati, qolaversa ishchi hodimlar bilan, yuqori lavozimdagi shaxslar bilan suhbatlashganda o'zini tutishi, boshqalardan ajralib turadi. Yana bir hislatini o'rni kelganda aytib o'tishni xohlardim, aholi bilan ishlash. Bugungi kunda Yangi hayot tumani aholisi keskin ravishda ortib ketdi. Yana bu aholining aksariyatini yosh oilalar tashkil qiladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan tug'riqhona aholiga birdek xizmat ko'rsatishga urunyapti. Men buni o'sha, Yayra Saidjalolovnani bizga juda ko'p murojaatlar bilan chiqishidan bilib turaman. Aholini ro’yhatdan o'tkazish bo'yicha, homiladorlarga tibbiy normativlar tushuntirish ishlari. Yana bir qator tashabbus va majburiyatlar bo'yicha Yayra Saidjalolovna bizga ko'p murojaatlar qiladi. Biz bundan faqat mamnun bo’lamiz va hamma vaqt yordamimiz tegishidan xursand bo’lamiz. Tug'riqxona bemoridan biridan intervyu. Shifokorlardan biridan intervyu. Kadrlar: Yayra Saidjalolovani kechki tekshiruvlari. Shifokorlarga vazifalarini uqtirish jarayoni. Diktor text: Insonlar hayotda nimadir yutuqqa erishsalar. Bunga eng katta sababchi uning oilasi va yaqinlari hisoblanadi. Ayol kishi uchun esa oila muqaddas. Bir tomonda oila, yana bir tomonda aholining farovonligi yo’lidagi mehnatlar. Oilasining dardidan ortib xalq uchun kuyib yonish esa yana bir qaxramonlik desak mubolag'a bo'lmaydi. Yayra Saidjalolovna mashinada uyga qaytayotgandagi intervyusi: erishgan yutuqlari haqida. Meni birinchi navbatda erishgan yutug’im bu - oilamning butun ekanligi deb o'ylayman. Farzandlarimga o'zim xohlagandek tarbiya bera olyapman deb hisoblayman. Ishxonada esa men uchun eng katta yutuq bu xalqimizni bir kuniga yaray olyotganim. Ishchi hodimlarni menga bo'lgan munosabati. Ular menga nimadir qilgan ishimga chin dildan rahmat aytishsa yoki minnatdorchilik bildirishsa, ta'sirlanib ketaman. Men uchun eng katta yutuqlar shular deb hisoblayman. Bular haqida o’ylasam yana ham ko’proq ishlashim kerakligi haqida, menga bildirilayotgan ishonchni oqlash haqida fikrlar keladi. Bu ham qaysidir ma’noda menga motivatsiya bo’ladi 3 Epizod. Yayra Saidjalolovna uyga kirib kelyapti. Chiroqlar o'chiq hayron bo’lib kirib keladi. Uyga kirib chiroqni yoqqanda farzandlari va turmush o'rtog'i uni tug'ilgan kuni bilan qutlab kutib olishadi. Download 25.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling