Kadrlarni puxtaroq tayyorlamay turib ularni qadriga yetmay turib biror bir sohada muvaffaqiytga erishib bo`lmaydi


Download 1.68 Mb.
bet8/10
Sana19.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1607840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Botirov kurs ishi

II.Tajribaviy qism
2.1.Suyuq aralashmalarni haydash

Azeatrop aralashmalar muvozanatda turgan suyuqlik va bug' fazalar bir xil tarkibga ega bo'lganidan azeatrop aralashma qaynaganda kondensat suyuqlik bilan bir xil tarkibga ega bo'ladi. Azeotrop aralashmalar qaynash jarayonida azeotrop aralashma tarkibi o'zgarmaydi. Eritmaning bug' bosimi o'zgarmaydi, shunga ko'ra qaynash turg'un temperaturada boradi. Azeotrop aralashma hosil qiluvchi sistemalarni haydash usuli bilan toza kompanentlarga ajratib bo'lmaydi. Kimyoviy haydash usuli bilan azeotrop aralashmalarni toza kompanentlarga ajratish mumkin.Vino spirtining suvdagi eritmasini haydash natijasida 4,43% suv va 96,57% spirtdan iborat azeotrop aralashma hosil bo'ladi. Azeotrop aralashma hosil sistemalarni bosqichli haydash. Amalda bir - birida erimaydigan suyuqliklar bu xil aralashmalarda ayrim kompanentlarning eritmadagi parsial bug' bosimi aralashma tarkibiga bog'liq bo'lmasdan toza kompanentlarning bug' bosimiga teng bo'ladi. Amalda bir - birida erimaydigan suyuqliklarning umumiy bosimi quyidagi formula bilan topiladi :

P = pºa + pºb

Pºa , pºb - toza a va b kompanentlarning bug' bosimi

Amalda bir - birida erimaydigan suyuqliklar

Eritmanimg umumiy bug' bosimi har qaysi kompanentning bug' bosimidan katta bo'ladi :

Pa < p > pb

Pa – a kompanentning bug’ bosimi

Pb – b kompanentning bug’ bosimi

P – eritmaning umumiy bug’ bosimi

Amalda bir - birida erimaydigan suyuqliklar

Eritma kompanentlarga nisbatan pastroq temperaturada qaynaydi. Masalan, suv 100ºc da, benzol 82ºc da qaynaydi. Suv bilan benzol aralashmasi esa 62ºc da qaynaydi.

Qattiq moddalarning suyuqlanishi yoki suyuqliklarning muzlashi ( kristallanishi ) natijasida qattiq va suyuq fazalar hosil bo'ladi. Bu jarayonni tasvirlagan diagrammaga suyuqlanish diagrammasi deyiladi.

Bir - biri bilan qattiq eritma hosil qiladigan sistemalar. Ikki yoki bir necha kompanentdan iborat bir jinsli qattiq sistemaga qattiq eritma deb ataladi. Bunday sistemalarda kristall panjara bir necha kompanentlar zarrachalaridan tashkil topgan bo'ladi.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling