Кафедра: жамоат саломатлиги, соғЛИҚни сақлашни ташкил этиш ва бошқариш
Download 256.08 Kb. Pdf ko'rish
|
16.DSENM TASHKIL ETISH
Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlashni boshqarish MAVZU: DAVLAT SANITARIYa EPIDYeMIOLOGIYa NAZORATI MARKAZLARI IShINI TAShKIL QILISh Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (tuman, shahar, viloyat, Qoraqalpog'iston Respublikasi) hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi boshqaruv organi hisoblanib, Uzbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziriga bo'ysunadi, sanitariya-epidemiologiya nazorati masalalari bo'yicha Vazir muovini - O'zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachiga hamda Vazirlik qoshidagi Bosh boshqarmasiga bo'ysunadi.
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Davlat sanitariya nazorati to'g'risida»gi qonunga «Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonunga, hamda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2- dekabr 1999 yil 710-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Nizom»ga muvofiq faoliyat yurituvchi tibbiy profilaktik muassasa hisoblanib, sanitariyaga doir va epidemiyaga qarshi kurash chora tadbirlarining kompleks uyushtirilishini va o'tkazilishini ta'minlaydi, hamda davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasida Davlat sanitariya- epidemiologiya xizmati muassasalari O'zbekiston Respublikasi xududida joylashgan qaysi idoraga bo'ysunishidan, mulkchilikning shakllaridan qat'iy nazar, barcha davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlariga rioya etishlari ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi. Tumanlar va shaharlardagi aholi yashash joylarining sanitariya-epidemiologiya vaziyati uchun kommunal va sanitariya xizmatlari rahbarlari bilan birgalikda shaxsan hokimlar javob beradilar. Boshqa tashkilotlarning, DSENM organlarining davlat sanitariya nazorati to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq xududlarni sanitariya muhofazasi va kasalliklarning oldini olishga doir amalga oshirayotgan faoliyatiga to'sqinlik qilish maqsadida ularning ishiga aralashish va har qanday ta'sir ko'rsatishga urinish qat'iyan ta'qiqlanadi va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
O'zRSSVi DSENM ning turlari, kategoriyalari, tarkibiy qismlari va ularda ishlaydigan mutaxassislar sonini belgilaydi. DSENM o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan hududlarning aholisi soniga qarab ma'lum kategoriyaga bo'linadi. O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar DSENM o'z xududidagi aholi soniga qarab kuyidagi kategoriyalarga bo'linadilar: 1-
kategoriya 2 milliondan ortiq aholiga; 2- kategoriya 1 milliondan 2 milliongacha bo'lgan aholiga; 3-
kategoriya 500 000 dan 1 milliongacha bo'lgan aholiga; 4 - kategoriya 500 000 gacha bo'lgan aholiga tashkil etiladi. Tuman DSENM ga ega bo'lgan shaharlardagi shahar DSENMlari quyidagi kategoriyalarga ega: 1- - kategoriya 600 mingdan 800 minggacha bo'lgan aholiga; 2- - kategoriya 400 mingdan 800 minggacha bo'lgan aholiga; 3- - kategoriya 400 minggacha bo'lgan aholiga tashkil qilinadi. Shahar DSENMlari quyidagi kategoriyalarga bo'linadi. 1-
kategoriya 300 mingdan ortiq bo'lgan; 2- kategoriya 200 mingdan 300 minggacha bo'lgan aholiga; 3 - kategoriya 100 mingdan 200 minggacha bo'lgan aholiga tashkil qilinadi. Qishloq tumanlarining DSENMlari o'zlari xizmat ko'rsatayotgan aholi soniga qarab quyidagi kategoriyalarga bo'linadi: 1 - kategoriya 60 mingdan ortik bo'lgan aholiga; 2- kategoriya 30 mingdan 60 minggacha bo'lgan aholiga; 3- kategoriya 30 minggacha bo'lgan aholiga tashkil qilinadi.
Download 256.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling