Кафедра: жамоат саломатлиги, соғЛИҚни сақлашни ташкил этиш ва бошқариш
Download 256.08 Kb. Pdf ko'rish
|
16.DSENM TASHKIL ETISH
Kommunal gigiyenasi bo'limi.
mulkchilikning shakllaridan qat'iy nazar kommunal xo'jalik, sport inshootlari, sanitariya maishiy binolar, davolash profilaktika, turar joy binolari va boshqa muassasalar binolari uchun yer uchastkasi ajratishda ishtirok etish va xulosalar berish. qayd etilgan idoralar, korxonalar, muassasalarni loyihalash, qurish, qayta qurish, yangilash va ularni foydalanishga topshirish chog'ida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga amal qilinganligini nazorat etish va xulosalar berish. davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat'iy nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar xo'jalik ichimlik suvi ta'minotining markazlashtirilgan tizimlari yetkazib beradigan suvning sifati gigiyena talablariga va davlat standartlariga mos bo'lishligini ta'minlashlarini nazorat etish.
davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat'iy nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar ro'zg'orda va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan havzalardagi suvning, shu jumladan markazlashtirilmagan tartibda ta'minlanadigan suvning sifati amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos bo'lishligini ta'minlashlarini nazorat qilish. laboratoriya va instrumental tekshirish usullarini qo'llab tashqi muhitning sanitariya holatini, shuningdek uning aholi sog'ligiga ta'sir etishni o'rganish. atmosfera havosini trasport vositalari chiqindilaridan muhofaza etish bo'yicha tadbirlar o'tkazish. atmosfera havosi, tuproq, suv havzalarini sanitariya holatini buzayotgan sanoat korxonalari va maishiy muassasalar manbalarini aniqlash, ro'yxatga olish, pasportini tuzish, ulardan ifloslanishning oldini olish. tozalash qurilmalarini va asboblarini texnikaviy holatini, ishlatilishini nazorat ostiga olish va samaradorligini baholash. turar joy punktlarini suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya, tozalash va ko'kalamzorlashtirish ishlarini nazoratga olish.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling