Кафедра: жамоат саломатлиги, соғЛИҚни сақлашни ташкил этиш ва бошқариш


Download 256.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi256.08 Kb.
#221148
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
16.DSENM TASHKIL ETISH



Fan: Jamoat salomatligi va sog'liqni 

saqlashni boshqarish 

MAVZU: DAVLAT SANITARIYa 

EPIDYeMIOLOGIYa NAZORATI 

MARKAZLARI IShINI TAShKIL QILISh 




Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati 

markazlari 

Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya 



nazorati markazi (tuman, shahar, viloyat, 

Qoraqalpog'iston Respublikasi) hududiy davlat 

sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari 

faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi 

boshqaruv organi hisoblanib, Uzbekiston 

Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziriga bo'ysunadi, 

sanitariya-epidemiologiya nazorati masalalari 

bo'yicha Vazir muovini - O'zbekiston Respublikasi 

Bosh Davlat sanitariya vrachiga hamda Vazirlik 

qoshidagi Bosh boshqarmasiga bo'ysunadi. 

 



Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati 

markazlari O'zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi, «Davlat sanitariya nazorati 

to'g'risida»gi qonunga «Fuqarolar sog'lig'ini 

saqlash to'g'risida»gi qonunga, hamda O'zbekiston 

Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2-

dekabr 1999 yil 710-sonli buyrug'i bilan 

tasdiqlangan «Nizom»ga muvofiq faoliyat 

yurituvchi tibbiy profilaktik muassasa hisoblanib, 

sanitariyaga doir va epidemiyaga qarshi kurash 

chora tadbirlarining kompleks uyushtirilishini va 

o'tkazilishini ta'minlaydi, hamda davlat sanitariya 

nazoratini amalga oshiradi. 

 



O'zbekiston Respublikasida Davlat sanitariya-

epidemiologiya xizmati muassasalari 

O'zbekiston Respublikasi xududida joylashgan 

qaysi idoraga bo'ysunishidan, mulkchilikning 

shakllaridan qat'iy nazar, barcha davlat 

idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 

birlashmalar sanitariya normalari, qoidalari va 

gigiyenik normativlariga rioya etishlari ustidan 

davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi. 




Tumanlar va shaharlardagi aholi yashash 

joylarining sanitariya-epidemiologiya vaziyati 

uchun kommunal va sanitariya xizmatlari 

rahbarlari bilan birgalikda shaxsan hokimlar javob 

beradilar.  

Boshqa tashkilotlarning, DSENM organlarining 



davlat sanitariya nazorati to'g'risidagi O'zbekiston 

Respublikasi qonuniga muvofiq xududlarni 

sanitariya muhofazasi va kasalliklarning oldini 

olishga doir amalga oshirayotgan faoliyatiga 

to'sqinlik qilish maqsadida ularning ishiga 

aralashish va har qanday ta'sir ko'rsatishga urinish 

qat'iyan ta'qiqlanadi va O'zbekiston Respublikasi 

qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. 

 



O'zRSSVi DSENM ning turlari, kategoriyalari, tarkibiy qismlari va 

ularda ishlaydigan mutaxassislar sonini belgilaydi. DSENM o'zlari 

faoliyat ko'rsatayotgan hududlarning aholisi soniga qarab ma'lum 

kategoriyaga bo'linadi. 

O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, 



viloyatlar va Toshkent shahar DSENM o'z xududidagi aholi 

soniga qarab kuyidagi kategoriyalarga bo'linadilar: 

1- 


kategoriya 2 milliondan ortiq aholiga; 

2-



kategoriya 1 milliondan 2 milliongacha bo'lgan aholiga; 

3- 


kategoriya 500 000 dan 1 milliongacha bo'lgan aholiga; 

4

 - kategoriya 500 000 gacha bo'lgan aholiga tashkil etiladi. 



 


Tuman DSENM ga ega bo'lgan shaharlardagi shahar DSENMlari 

quyidagi kategoriyalarga ega: 

1-  - 



kategoriya 600 mingdan 800 minggacha bo'lgan aholiga; 

2-  - 



kategoriya 400 mingdan 800 minggacha bo'lgan aholiga; 

3-  - 



kategoriya 400 minggacha bo'lgan aholiga tashkil qilinadi. 

Shahar DSENMlari quyidagi kategoriyalarga bo'linadi. 



1- 


kategoriya 300 mingdan ortiq bo'lgan; 

2- 



kategoriya 200 mingdan 300 minggacha bo'lgan aholiga; 

3



 - kategoriya 100 mingdan 200 minggacha bo'lgan aholiga tashkil 

qilinadi. 

Qishloq tumanlarining DSENMlari o'zlari xizmat ko'rsatayotgan aholi 



soniga qarab quyidagi kategoriyalarga bo'linadi: 

1



 - kategoriya 60 mingdan ortik bo'lgan aholiga; 

2- 



kategoriya 30 mingdan 60 minggacha bo'lgan aholiga; 

3- 



kategoriya 30 minggacha bo'lgan aholiga tashkil qilinadi. 

 






Download 256.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling