Кафедра: жамоат саломатлиги, соғЛИҚни сақлашни ташкил этиш ва бошқариш
Download 256.08 Kb. Pdf ko'rish
|
16.DSENM TASHKIL ETISH
Epidemiologiya bo'limi:
Mulkchilikning shakllaridan qat'iy nazar, korxonalar muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarni rahbarlari va alohida shaxslarning yukumli va parazitar va boshqa ommaviy kasalliklarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni, shuningdek ular kelib chiqqan taqdirda, bu kasalliklarni yo'qotish choralarini o'z vaqtida amalga oshirishlari ustidan nazorat olib borish. Muhim shifoxonalarda ichki infeksiyani tarqalishini oldini olish bo'yicha chora-tadbirlar o'tkazilishini nazorat qilish. Yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni o'z vaqtida aniqlash va kasalxonalarga yetkazish, infeksiya manbalarini (o'chog'ini) epidemiologik tekshirish va nazorat qilib turish. Yuqumli va parazitar kasalliklar o'choqlarida karantin, tashkiliy va profilaktik tadbirlarni o'tkazish. Klinik, bakteriologik va epidemiologik diagnostikani joriy etish.
Ob'yektlarni reja bo'yicha tekshirish, hamda infeksion kasalliklar bilan og'rigan bemorlar va infeksiya manbalari bilan kontaktda bo'lgan shaxslarni bakteriologik tekshirish va bakteriya tashuvchilarni aniqlash. Surunkali yuqumli kasallik bilan og'rigan bemorlarni va rekonvalitsentlarni dispanserizatsiya qilish ustidan nazorat o'rnatish. Profilaktik emlashlarni nazoratga olish va metodik jihatdan rahbarlik qilish. Aholining har xil guruhlari orasida tarqalgan yuqumli kasalliklarni o'rganish va ularni oldini olish bo'yicha chora- tadbirlar ishlab chiqish.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling