Кафедра: жамоат саломатлиги, соғЛИҚни сақлашни ташкил этиш ва бошқариш
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari
Download 256.08 Kb. Pdf ko'rish
|
16.DSENM TASHKIL ETISH
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlari
bo'limlarining ish vazifalari:
mulkchilikning shaklidan va qaysi idoraga bo'ysunishidan qat'iy nazar korxonalar, birlashmalar va boshqa ishlab chiqarish ob'yektlari uchun yer uchastkasi ajratishda ishtirok etish va xulosa berish. mulkchilikning shaklidan va qaysi idoraga bo'ysunishidan qat'iy nazar korxonalar, birlashmalar va boshqa ishlab chiqarish ob'yektlarini loyihalash, ko'rish, qayta ko'rish, yangilash chog'ida, korxonalarning texnika bilan qayta qurollantirish va ularni foydalanishga topshirish paytida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyenik normativlarga amal qilinganligini nazorat etish va xulosalar berish.
laboratoriya va instrumental o'lchov usullarini qo'llab, mikro- iqlim, shovqin, vibratsiya, chang, elektromagnit va issiqlikdan nurlanish, ventilatsiya samaradorligi, tabiiy va sun'iy yoritilganlikni hamda ishlab chiqarish korxonalarining sanitariya- gigiyenik holatini o'rganish. kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxsiz hodisalarini oldini olish maqsadida mulkchilikning shaklidan qat'iy nazar, korxonalar, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xodimlarini dastlabki hamda davriy tibbiy ko'rikdan o'tkazish va olingan ma'lumotlar asosida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish. qishloq xo'jaligi, sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi ishchilar o'rtasida jarohatlanish va nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni, umumiy va kasb kasalliklarini aniqlash. ishchilarni sog'lomlashtirish, dam olish va ish sharoitlarini yaxshilash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish.
qishloq xo'jaligi va sanoat korxonalarida ishlayotgan ayol va o'smirlarning mehnat sharoitlarini o'rganish va unda mehnat bo'yicha qonunlarga rioya qilinishini tekshirish. ishchilarning texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishlarini nazorat ostiga olish. mineral o'g'itlar va kimyoviy zaharlarni ishlab chiqarish, saqlash, transportirovka qilish va qo'llashda sanitariya qoidalariga rioya qilishlarini nazorat ostiga olish.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling