Kafedra: Ko’priklar, Tonellar va Yo’lo’tkazgichlar
Download 0.58 Mb.
|
Turg\'unov Behzodbek
O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti Kafedra: Ko’priklar, Tonellar va Yo’lo’tkazgichlar Fanning nomi: Ko’priklar, tonellar va yo’lo’tkazgichlarni loyihalash, qurish va eksplotatsiya qilish MUSTAQIL ISH Mavzu: Beton tayanchlarning kesimlarini hisoblash Bajardi: Turg’unov Behzodbek 620-19 guruh Tekshirdi: Ergashev A. Toshkent-2022 Reja:
Beton tayanchlarning kesimlarini hisoblash. Tayanch kesimining o‘lchamlarini tekshirish Xulosa Hozirgi paytda ko‘p qo‘llanilayotgan, ichi g‘ovak bloklardan tashkil topgan va g‘ovaklari beton bilan to‘ldiriladigan, lekin armaturasi bloklarning birlashgan choklarida ulanmaydigan yig‘ma-monolit tayanchlar beton tayanchlar kabi hisoblanadi. Monolit armaturalanmagan tayanchlar, shuningdek, qo‘shni bloklar armaturalari bir-biri bilan ulanishi ko‘zda tutilmagan yig‘ma konstruksiyalar ham beton konstruksiyalar kabi hisoblanadi. Beton tayanchlar mustahkamlikka, darzbardoshlikka, shakli va holatining turg‘unligiga hisoblanadi. Tayanchning mustahkamligi va turg‘unligi hisobiy yuklarga, darzbardoshligi esa normativ yuklarga hisoblanadi. Bir-biri bilan sement qorishmasi bilan birlashtirilgan, armaturalanmagan, V20, V22,5, V25, V35 va V40 va undan yuqori sinfli betondan tayyorlangan bloklarni hisoblashda betonning hisobiy qarshiliklariga 0,85, 0,75 va 0,70 ga teng bo‘lgan ish sharoiti koeffitsientlari kiritiladi. Cho‘zuvchi kuchlanishlar tayanch kesimlari bo‘yicha normalanmagan. Ushbu kuchlanishlar tekshirilmaydi, buning o‘rniga ko‘rilayotgan kesim uchun normativ yuklardan yuzaga keladigan aktiv kuchlar teng ta’sir etuvchisining holati chegaralanadi. Buni beton terimining cho‘zilish zo‘riqishlariga bo‘lgan qarshiligi kichikligi, ayniqsa betonlash jarayonida ishchi choklarning borligi yoki tayanch bloklari orasidagi choklarning borligi bilan tushuntirish mumkin. Tayanchga ta’sir etayotgan yuklar kesimning og‘irlik markaziga nisbatan ma’lum bir ekssentrisitet bilan qo‘yilgan vertikal bo‘ylama yuk N ga keltiriladi. Beton tayanchlar mustahkamlikka, darzbardoshlikka va turg‘unlikka hisoblanganda ushbu ekssentrisitetning taxminiy qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: bu yerda M,N – kesimdagi, tegishlicha, eguvchi moment va bo‘ylama kuch. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling