Kafedra mudiri: I f. n. K. Sirojiddinov


Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar


Download 97.1 Kb.
bet3/23
Sana18.01.2023
Hajmi97.1 Kb.
#1099520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Ishchi (Mikroiqt) 2018-2019

Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar:
«Mikroiqtisodiyot» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
-zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining nazariy asoslarini; talab va taklif modeli asosida taqchil resurslarning taqsimlanish mexanizmini; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarning asosiy xususiyatlari va firmalarning ushub bozordagi harakat qilish qoidalarini; bozor sharoitida narxlarning qanday shakllanishini; davlatning bozor iqtisodiyotigi aralashish yo’nalishlari va ularning oqibatlarini; mehnat, kapital va yer bozorining ishlash mexanizmini bilishi;
- talaba bozordagi talab va taklfi to’g’risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozorni tahlil qilish va xulosalar chiqarish; statistik ma’lumotlar asosida talab va taklif funktsiyalarini tuzsh va ular asosida bozordagi holatni tahlil va prognoz qilish; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorda firmalarnin harakatini tahlil qilish asosida hulosalar chiqarish; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish asosida hulosalar chiqarish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi;
- talaba bozor iqtisodiyotini ishlash va rivojlanish mexanizmi to’g’risida; taqchil resurslarni taqsimlanish tamoyillari to’g’risida; talab va taklif asoslari to’g’risida; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to’g’risida; bozor sharoitida narxning shakllanishi mexanizmi to’g’risida; har xil bozor tuzilmalarida firmalarning harakat qilish qoidalari to’g’risida; bozorning ishlash samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar to’g’risida aniq malakalariga ega bo’lishi kerak.


O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi
“Mikroiqtisodiyot” fani umumkasbiy fani hisoblanib, sirtqi bo’lim talabalari uchun 1- va 2-semestrda qo’yiladi. Rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy (iqtisodiy nazariya, iqtisodiy ta’limotlar tarixi), matematik va tabiiy-ilmiy (iqtisodiy-matematik usullar va modellar, iqtisodiy geografiya va ekologiya), umumkasbiy (statistika, makroiqtisodiyot, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, moliya va soliqlar, marketing, menejment, agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish texnologiyasi, xorijiy investitsiyalar) va ixtisoslik fanlar (qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti, qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish) fanlaridan yetarlicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.



Download 97.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling