Kafedra mudiri: I f. n. K. Sirojiddinov
Fakultet kengashi raisi: t.f.n. N. Dehqonov
Download 97.1 Kb.
|
Ishchi (Mikroiqt) 2018-2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fakultet kengashi raisi: t.f.n. N. Dehqonov
Kelishildi: O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: D.Dehqonov I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoev ta’kidlaganidek, hayotning o’zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini topish lozim bo’lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo’ymoqda1. Ushbu muammolar va hayotning o’zi oldimizga qo’ygan murakkab vazifalarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish, ko’p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari, ziddiyatli va chalkash xususiyatlarini, qonun-qoidalarini, mamlakatimizda iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish maqsadida qabul qilingan strategik dasturlar mazmunini, amalga oshirilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson manfaatini birinchi o’ringa qo’yish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog’liqdir. “Mikroiqtisodiyot” fani zamonaviy bozor tizimini qanday ishlashini, bozor narxini shakllanish mexanizmlarini va bozor sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatini, bozor iqtisodiyotining nazariy va amaliy tomonlarini o’rganadi. Uning usullari amaliyotda vujudga keladigan iqtisodiy muammolarni aniqlashda, tahlil qilishda va ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan fundamental fanlardan biri bo’lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi. “Mikroiqtisodiyot” fani bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo’jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo’llarini nazariy va amaliy tomonlarini urgatadi. O’quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini, bozor sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatini o’rganish usullari bo’yicha bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga bozor iqtisodiyoti qonunlarini, bozor sub’ektlarining har xil bozor tuzilmalaridagi harakat faoliyatini, ularning faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni, iste’molchining bozordagi harakatini, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kabi masalalarni, bozordagi talab va taklif to’g’risidagi statistik ma’lumotlar asosida bozorni tahlil qilish va xulosalar chiqarishni, davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o’rgatishdan iborat. Download 97.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling