Kafedra mudiri S. Niyazov, Fakultetlar aro jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri S
Download 388.44 Kb.
|
A.Xurshidbekov ochiq dars 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI
- Yunon-rum kurashining texnikasi va taktikasi
- Yunon-rum kurashining kelib chiqish tarixi
- QARORQILADI
- Kafedra yig‘ilishi raisi: S.Niyazov Kotib: J.Nazarov
Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasining navbatdan tashqari BAYONNOMASI 15.04.2023 yil Andijon shahri QATNASHDILAR: Kafedra mudiri S.Niyazov, Fakultetlar aro jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri S.Yuldashev, Andijon viloyat basketbol sport turi bo‘yicha qizlar terma jamoasi bosh murabbiysi va kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari KUN TARTIBI: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi stajor-o`qituvchisi A.Xurshidbekov 2023yil 15-aprel kungi o‘tkazgan ochiq darsining muhokamasi. Birinchi masala. Ushbu masala yuzasidan dastlab kafedra mudiri S.Niyazov so‘zga chiqdi va yig‘ilish ishtirokchilarini kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tilayotgan ochiq darslarning holati bilan tanishtirdi. U o‘z so‘zida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tilayotgan ochiq darslarning yutuq va kamchiliklari to‘g‘risida so‘zladi. Shuningdek kafedra stajor-o`qituvchisi A.Xurshidbekov 2023 yil 15-aprel kungi Sport maxoratini oshirish fanidan “Yunon-rum kurashining texnikasi va taktikasi” mavzusida o‘tkazgan ochiq darsi yuzasidan o‘zning ijobiy fikrlarini aytib o‘tdi. Kafedraning har bir professor-o‘qituvchisi o‘quv yili davomida kafedrada ishlab chiqilgan rejaga asosan ochiq darslarni tashkil etishda faol ishtiro ketishga chaqirdi. Kafedra mudiri S.Niyazov ochiq darslarni tashkil etish va budarslarda ishtirok etish kafedraning har bir professor-o‘qituvchisiga dars sifatini oshirishga yangi imkoniyatlar berishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Andijon davlat universiteti Fakultetlar aro jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri S.Yuldashev so‘zga chiqib stajor-o`qituvchisi A.Xurshidbekov Sport maxoratini oshirish fanidan “Yunon-rum kurashining kelib chiqish tarixi” mavzusida o‘tkazgan ochiq darsi yuzasidan o‘zining ijobiy fikrlarini bildirdi hamda ba’zi bir kamchiliklarni bartaraf etishi to‘g‘risida o‘zining maslahatlarini berdi. O‘quv-uslubiy ishlari bo‘limi bo‘yicha bosh mutaxasisi Yu.Mirzakarimov so‘zga chiqdi, u o‘z so‘zida kafedra stajor-o`qituvchisi A.Xurshidbekov ochiq darsida ishtirok etganligini uslubiy jixatdan to‘g‘ri tashkil etilganligi hamda darsda zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanganligi aytib o‘tdi. Shundan so‘ng o‘qituvchi M.Xadjayev hamda kafedra dotsenti U.Valixonov va boshqalar so‘zga chiqib stajor-o`qituvchisi A.Xurshidbekov 15-aprel kungi Sport maxoratini oshirish fanidan “Yunon-rum kurashining kelib chiqish tarixi” mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsi ularda katta ta’surot uyg‘otganligi hamda fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni jonlantirish va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Yuqoridagi muhokama qilingan masalaga asoslanib kafedra umumiy yig‘ilishi. QARORQILADI: 1. Jismoniy madaniyat kafedrasi stajor-o`qituvchisiA.Xurshidbekov 2023 yil 15-aprel kungi o‘tkazgan ochiq darsini qoniqarli deb hisoblansin. Kafedrada professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan ochiq darslarni o‘tish ishlari jonlantirilsin va kamchiliklar bartaraf etilsin. ADU o‘quv-uslubiy kengashidan kafedra qarorini ma’qullash so‘ralsin Kafedra yig‘ilishi raisi: S.Niyazov Kotib: J.Nazarov Download 388.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling