Reja: Kurashning texnikasi va taktikasi
Download 32.42 Kb.
|
2mavzu
Mavzu: kurash turlarining texnikasi va taktikasi hamda kurash turlari to’g’risida musobaqa o’tqazish. Reja: Kurashning texnikasi va taktikasi Belbog’li kurashning texnikasi va taktikasi Duzyudo kurashning texnikasi va taktikasi Sambo kurashning texnikasi va taktikasi Kurash to’g’risida musobaqalar o’tqazish Belbog’li Kurash to’g’risida musobaqalar o’tqazish Dzyudo Kurash to’g’risida musobaqalar o’tqazish Sambo Kurash to’g’risida musobaqalar o’tqazish Kurashning texnikasi va taktikasi Kurash taktikasi musobaqalarda eng yaxshi natijaga erishish uchun yuzaga kelgan muayyan sharoitlarda texnik, jismoniy va irodaviy imkoniyatlardan maqsadga muvofiq holda foydalanishdir. Taktik tayyorgarlik kurashchilarda taktika sohasidagi zarur bilimlarni egallash, kurashni to‘g‘ri olib borishda ma’lum malaka hamda bilimlarni shakllantirish, shuningdek taktik mahoratni takomillashtirishga qaratilgan. Taktik tayyorgarlikning asosiy maqsadi kurashchida musobaqada g‘alabaga erishish yoki yuqoriroq natijani ko‘rsatish maqsadida kurash bellashuvini to‘g‘ri tashkil qilish hamda olib borish qobiliyatini tarbiyalashdan iborat. Kurash taktikasini egallash jarayonida bir qator xususiy vazifalar hal qilinadi. Kurashchi: - musobaqa vaziyatini shunday qabul qilishi va tahlil qilishi lozimki, ushbu vaziyatdan kelib chiqadigan taktik vazifalarni tushuna bilishi hamda qisqa vaqt ichida uni xayolan va harakat bilan hal etishi zarur; - musobaqada o‘z kuchidan shunday foydalanishi kerakki, raqib ustidan g‘alaba qozonish maqsadida, uni oxirigacha safarbar qila olishi lozim; - to‘satdan o‘zgarib qolgan vaziyatlarda bellashuv rejasini mustaqil o‘zgartira olishi kerak. Taktik tayyorgarlikning asosiy vazifalari: - taktik bilimlarga ega bo‘lish; - taktik ko‘nikmalarni egallash; - taktik malakalarga ega bo‘lish. Taktika vositalariga qat’iy belgilangan harakat tuzilmasi va ularni namoyon qilish uchun zarur jismoniy sifatlar darajasi bilan ifodalanadigan kurashchilar harakatlari kiradi. Hujum harakatini ma’lum bir usul bilan taktik tayyorlash murakkab usulning bir qismi bo‘lishi lozim. Bunda u hujum usuli bilan uzluksiz ravishda bajariladi. Aldamchi harakatdan (shaxsan hujum bajarishni taktik tayyorlashdan) murakkab hujum harakatining (MHH) hal etuvchi yakuniy harakatiga o‘tish paytiga alohida e’tibor qaratish lozim. Turli hujum usullariga eng maqsadga muvofiq bo‘lgan taktik tayyorgarlik usullarini tanlash lozim. Shu maqsadda kurashchilar taxminiy MHH bilan tanishgandan so‘ng quyidagi topshiriqni oladilar: ma’lum bir usulga mustaqil ravishda taktik tayyorgarlik usullarini tanlash va ularni hujum usullari bilan MHHga birlashtirish (yangi MHHni o‘ylab topish). Milliy kurash taktikasi texnika rivojalanishi, musobaqa qoidalari va hakamlik tizimining o‘zgarishiga muvofiq holda muntazam rivojlanib kelmoqda. Hozirgi paytda kurashchi tomonidan to‘xtovsiz hujum bajariladigan taktika afzal hisoblanadi. Ushbu holda, hattoki agar u ballar bilan baholanadigan hech qanday hujum uyushtirmagan, uning raqibi esa faqat himoyalangan bo‘lsa ham, unga ustunlik beriladi, raqib esa sustkashligi uchun ogohlantirish oladi. Kurashchi to‘tovsiz hujumlar taktikasini qo‘llash uchun o‘z jamg‘armasida taktik tayyorgarlikning turli usullari, ko‘p sonli oddiy hujum harakatlari va MHHga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, bunday taktika yuqori darajada chidamlilikka ega bo‘lishni taqozo etadi. Shu bilan birga, u nisbatan tinch hamda raqibni hujumga chorlash davrlari bilan almashtirib turilishi mumkin. Bunda kurashchi raqib hujumini qaytarishga tayyor turishi lozim. 2.Belbog’li kurashning texnikasi va taktikasi Belbog'li kurashda sportchining texnik harakatlari ko'p va turli-tumanligi sababli u boshqa sport turlaridan farq qiladi. Kurashchining texnik harakatlarini tartibga solish va ushbu sohada mutaxassislar o'rtasida muloqot qilish imkonini yaratish uchun kurash texnikasining klassifikatsiyasi, sistematikasi hamda terminologiyasi ishlab chiqildi. Klassifikatsiya - bilimlarning u yoki bu sohasidagi birbiriga tobe tushunchalar (sinflar, obyektlar, hodisalar) tizimidir. Klassifikatsiya obyektlaming umumiy belgilari va ular o'rtasidagi qonuniy bog'liqlikni hisobga olish asosida tuziladi. Sistematikada, klassifikatsiyadan farqli ravishda (chunki uning davomida ko'rib chiqilayotgan obyektlar ularning o'xshashligi va o'zaro bog'liqligini hisobga olgan holda u yoki bu bo'linmaga taalluqli bo'ladi) obyektlar ularning ketma-ketligini aniqlash, belgilash uchun bir-biri bilan taqqoslanadi. Sistematika ushbu klassifikatsiya imkoniyatlarini ochib beradi, uning kamchiliklarini ko'rsatadi. Belbog'li kurash klassifikatsiyasi va sistematikasining vazifasi kurash mohiyatini aks ettirish hisoblanadi. Klassifikatsiya va sistematikaning tushunchalami (o'tkazish, yiqitish, tashlash va 13 h.k.) aniqlash bo‘yicha oldindan ish bajarilmasdan turib, amalga oshirilmaydi. Belbog‘li kurashchilar taworgarligining sistemasi - yaxlit birlikni tashkil qiluvchi va maqsadga erishishga yo‘naltirilgan o'zaro bog‘liq bo‘lgan elementlar yig4indisidir, ya’ni bu jahonning kuchli kurashchilarining model tavsiflariga javob bera oladigan va eng yuqori natijalami ko'rsatishga qodir sportchilami tayyorlashga qaratilgan tadbirlar kompleksidir. Belbog'li kurashchining mashg^loti - bu tayyorgarlik sistema-tikasiining tarkibiy qismidir, yuqori sport natijalariga erishishga qaratilgan sistemalashtirilgan vositalar hamda uslublar yordamida sportchi rivojlanishini boshqarishning pedagogik jihatdan tashkil etilgan jarayonidir. Mashg'ulot faolivati - mashg'ulot maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish bo‘yicha murabbiylar jamoasi hamda belbog'li kurashchilaming birgalikdagi faoliyatidir. Sport musobaqalari - belbog'li kurashchi tayyorgarligi sistema-tikasining tarkibiy qismidir. Ular mashg'ulot maqsadlari hamda uning samaradorligi mezoni bo'lib xizmat qiladi, boshqa tomondan esa, ular maxsus musobaqa tayyorgarligining samarali vositasi hisoblanadi. Sportchining texnik tavvorgarligi - belbog'li kurashchining musobaqa faoliyatida yuqori ishonchliligini ta’minlaydigan harakat malakalarini egallashga qaratilgan pedagogik jarayondir. Sportchining taktik tavvorgarligi - musobaqa faoliyatida texnik harakatlami oqilona qo'llash malakasini egallashga qaratilgan pedagogik jarayondir. 3.Duzyudo kurashning texnikasi va taktikasi
3.Bellashuvni tuzishning umumiy yо‘nalishi bellashuvning birinchi davridanoq g‘alabaga erishish yoki ballarda ustunlikka ega bо‘lishga qaratiladi. 4. Bellashuv sur’ati. Yaxshi tayyorgarlikka ega bо‘lgan kurashchi yetarlicha chidamlilikka ega bо‘lmagan, lekin kuch va texnikada undan ustun bо‘lgan raqib bilan uchrashuvda bellashuvni yuqori sur’atda olib borishni rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Chidamli raqib bilan bо‘ladigan bellashuvda о‘z energiyasini tejab sarflash lozim. Raqibga bellashuvni yuqori sur’atda olib borishga yо‘l qо‘ymaslik maqsadida uning harakatlarini cheklab quyish, о‘zi esa qarshi hujum uchun eng kichkina imkoniyatdan foydalanib qolishga tayyor turishi lozim. Dzyudochi musobaqalarda g‘alabaga erishish uchun 60% gacha hujum va himoyalanishlarni amalga oshirishi lozim. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga kо‘ra, sportchilar musobaqalarda g‘alaba qozonishi uchun 70% gacha razvedka harakatlarini, 60% - ushlab olishlarni, 60% - faollikni namoyish qilishni, 100% - xavfli holatni amalga oshirishni, 60% - qarshi hujum harakatlarini, 80%- ustunlikni ushlab qolishni, 80% - kuchni tiklashni, 100% - xavfli holatni bartaraf etishni bajarishlari lozim. Asosiy texnik harakatlarni samarali bajarishda tayrlov harakatlari katta ahamiyatga ega, shuning uchun ular uzviy bog‘liqlikda takomillashtirilishi lozim. 4.Sambo kurashning texnikasi va taktikasi Murabbiy sambochilarda og‘ritma usullarni о‘rgatishda nimalarga e’tibor berishini, kamchiliklarni va xatolarni yо‘qotishga oid bergan metodik kо‘rsatmalari, texnik harakatlarni shaxsan baholash. Mashg‘ulotni о‘tkazish metodikasida mashg‘ulotning asosiy formasi sifatida mashg‘ulotning strukturasini, vazifasi va mashg‘ulot qismlarining mazmunini hamda uni amalga oshirishning uch vazifasini -mashg‘ulotga tayyorgarlik, uni о‘tkazish va yakunlash vazifalarini yaxshi tushunish muhimdir. Mashg‘ulotning tuzilmasi mashg‘ulotning tuzilish mazmuni о‘quvchilar kontingentini va ularning ishchanlik qobiliyatini hisobga olgan holda vaqtdan maqsadga muvofiq foydalanishiga asoslanadi. Mashg‘ulotning tuzilishi deganda, muayyan tartibda, ancha maqsadga muvofih izchillikda joylashtirilgan mashg‘ulotning о‘zaro bog‘langan qismlari tushuniladi. Mashg‘ulot strukturasida murabbiy hatti harakatlarining izchilligi, о‘zaro bog‘liqligi bayon qilinadi va ochib beriladi, shuningdek, shug‘ullanuvchilar bajaradigan hamda ishlar aytib о‘tiladi. Mashg‘ulot vazifalarining muvoffaqiyatli hal etilishi mashg‘ulotda murabbiy bilan sportchilar о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarning tо‘g‘ri qо‘yilishiga bog‘liq. Sambochilar bilan olib boriladigan о‘quv-mashg‘ulotini uch qism tuzilishda shug‘ullanuvchilar organizmning ishga normal kirishini, asosiy yuklamalarning bajarilishi va nisbatan tinchlanishini ta’minlaydi. Mashg‘ulot strukturasi quyidagi 3 qismdan tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismlardan tashkil topgan. Mashg‘ulot ishi plani har bir mashg‘ulot uchun tuzilgan plan yoki grafik plan asosida о‘tkaziladi. Mashg‘ulotning vazifasi va mazmuni shug‘ullanuvchilar kontingenti, ularning soni, sharoitlar tayyorgarlik davri va qо‘llaniladigan metodlariga qarab tuziladi. Mashg‘ulotning tayrgarlik kismi 25-40 minut vaqtni egallayli. Bu vaqtda mashg‘ulotning asosiy qismi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Vazifalar: Boshlang‘ich tashkiliy ishlar, shug‘ullanuvchilar e’tiborini qozonish, ularni mashg‘ulot vazifalari bilan tanishtirish va mashg‘ulotga ijobiy yо‘nalish berish. Harakat apparatini va organizmning barcha sistemalarini asta-sekin oshirilgan yuklamalarga funksional jihatdan tayyorlash organizmni qizitish va spetsifik ishga tayyorlash. Texnikani shug‘ullanuvchilar о‘zlashtirib olgan yoki tez о‘zlashtiriladigan yengil mashqlar: signal, belgilar bо‘yicha turli xilda sarflanish va qayta saflanish: turli xilda yurish, yugurish, umumiy tayyorgarlik va maxsus xarakterdagi gimnastika mashqlari: kuchlilik, egiluvchanlik, chо‘zilish va muskullarni bо‘shashtirish mashqlari, harakatlar sofligiga oid mashqlar,yuklamalarni asta-sekin oshira borish. 5.Kurash to’g’risida musobaqalar o’tqazish Musobaqaning maqsadi va vazifalari. Ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: a) o‘quv-trenirovka ishlarining yakunini tekshirish; b) basketbolchilarning tayyorgarligini tekshirish va kuchlilarni aniqlash; v) sportchilarning sistemali ravishda trenirovka qilishga va sport mahoratlarini oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish; g) basketbol o‘yinini omma o‘rtasida keng yoyish va boshqalar. Musobaqalarni o‘tkazish joyi va vaqti. Musobaqa o‘tkaziladigan shahar (baza) ko‘rsatiladi va kunlari belgilanadi. Musobaqani boshqarish. Musobaqani tashkil qiluvchilar qaysi tashkilotligi, rahbarlari, hakamlar hay’ati va ularni tasdiklovchi tashkilot ko‘rsatiladi; Musobaqalarda qatnashuvchi tashkilotlar va sportchilar. Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni va nomi ko‘rsatiladi; talabnoma (zayavka)ga kiritiladigan qatnashuvchilarning ko‘pi bilan qancha bo‘lishligi, ya’ni soni, yoshi va ularni malakasi belgilanadi. Musobaqalarni o‘tkazish shartlari. Qur’a tashlash vaqti, joyi va uning asosiy prinsiplari (tamoyillari) ma’lum qilinadi. Musobaqa qaysi o‘yin sistemasi (aylanma, chiqib ketish, aralash) bo‘yicha o‘tkazilishi ko‘rsatiladi. Norozilik (protest)larni taqdim etish shartlari va ularni ko‘rib chiqish tartibi. Jamoalarni va qatnashuvchilarni mukofotlash. G‘olib jamoa va sovrindorlarni mukofotlash, estaliklar taqdim qilish ko‘rsatiladi. Jamoalarni qabul qilib olish. Agar musobaqalar sportchilarning doimiy turar joylarida o‘tkazilmasa, uholda mablag‘ ajratuvchi tashkilot, kelish va ketish muddatlari, joylashtirish hamda ovkatlantirish qanday tashkil etilishi ko‘rsatiladi. Talabnoma (zayavka)ni va qayta talabnomani taqdim etish turlari va vaqti, jamoalar va qatnashuvchilarni rasmiylashtirish (pasport, reyting daftarchasi, klassifikatsiya bileti, talabalik guvohnomasini taqdim qilish) tartibi. Nizom tuzilgandan so‘ng musobaqani o‘tkazish uchun ketadigan mablag‘ smetasi tuziladi. Unga asoslanib mazkur musobaqani o‘tkazadigan tashkilotlar pul vositalarini ajratadi. Musobaqa o‘tkazish uchun bosh hakam va bosh kotib tasdiqlanadi. Yirik musobaqalarni o‘tkazish uchun, barcha tadbirlarni bevosita musobaqa o‘tkazadigan joyda 5-7 kishidan iborat tashkiliy qo‘mita tashkil qiladi. Uning vazifasiga musobaqa o‘tkaziladigan joyni tanlash va jihozlash, asbob-anjomlarni tayyorlash, trenirovka va joylashish joylarini aniqlash, ovqatlanishni tashkil qilish, kotiblarni komplektlash, musobaqa oldidan xabar berish kiradi. Musobaqadan oldin xabar berish gazeta, radio, televidenie orqali musobaqa o‘tkaziladigan joy, vaqt va qatnashchilar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Afishalarni, dasturlarni, qatnashchilar uchun chiptalarni oldindan tayyorlab qo‘yish kerak. Musobaqa o‘tkaziladigan joy shiorlar, plakatlar, jadvallar bilan chiroyli bezatilgan bo‘lishi kerak. Uning yonida qatnashchilar va hakamlar uchun xona, issiq suvi bor dush, shifokorlar xonasi bo‘lishi lozim. Musobaqa o‘tkaziladigan joy radiolashtirilgan bo‘lishi kerak. Yuqorida qayd etilganlarni bo‘lishi musobaqalarni muvoffaqiyatli o‘tkazilishiga kafolat beradi. 6.Belbog’li Kurash to’g’risida musobaqalar o’tqazish Butun musobaqani o‘tkazish taktikasi tortilishdan so‘ng, ya’ni raqiblar tarkibi aniqlangandan va yaqin orada bo‘lib o'tadigan bellashuvlar juftliklari tuzilganidan keyin belgilanadi. Shundan keyin ikkita mashg'ulotdan so‘ng chiqib ketish yoTi bilan o‘tkaziladigan musobaqalarda ma’lum bir o‘rinni egallash uchun o‘tish lozim bo'lgan davrlar (uchrashuvlar) sonini taxminan bilish maqsadida har bir uchrashuv maqsadi aniqlanadi. Kurashchi qaysi bellashuvlami “sof” g'alaba, yaqqol ustunlik bilan, qaysilarini ballar bo'yicha yutishi lozimligini belgilab olish lozim. Taktik jihatdan to4g‘ri yoT tutish maqsadida har bir davra tugashi bilan tumirdagi o‘z holati hamda raqib holatini baholab borish zarur. Buning uchun o‘z vazn toifasi bo'yicha musobaqalar jad-valini olib borish lozim. Ko‘p sonli qatnashchilar (20 dan ortiq) ishtirok etadigan musobaqalarda sportchi finalga yetib borishi uchun kamida oltita bellashuvni o'tkazishi kerak. Katta yuklamani hisobga olib, kurashchi bellashuvlar o‘rtasidagi tanaffuslarda o‘zining jismoniy 94 kuchi va ruhiy qobiliyatlarini yaxshi tiklab borishi, ortiqcha jismoniy va ruhiy zo'riqishlardan holi bo‘lishi zarur. Jamoa musobaqalarida murabbiy har bir uchrashuvga dastlabki taktik reja ishlab chiqadi. U har bir ishtirokchi oldiga ma’lum bir vazifani qo'yadi: “sof’ g'alaba, yaqqol ustunlik bilan yoki ochkolar bo6yicha g‘alabaga erishish. Bellashuv musobaqalarida kurashchi faqat bitta bellashuv o‘tkazadi va uning vazifasi shundan iboratki, u hamma texnik va taktik usullar to‘plami, jismoniy hamda ruhiy tayyorgarlikdan foydalana olishi va bellashuvda g‘alabaga erishishi lozim. Razvedka kurashchilaming eng muhim taktik vositasi hisoblanadi. U bellashuv davomida oldindan va bevosita amalga oshiriladi. Musobaqa oldidan dastlabki razvedka kurashchining musobaqa qoidalari, uning maqsadi, miqyosi, xususiyati (tumir yoki match musobaqasi), o‘tkazilish usullari, sinov xususiyatlari, o4kazish joyi va vaqtini bilishni nazarda tutadi. Muayyan raqib tayyorgarligi: uning texnik-taktik tayyorgarligi, yaxshi ko'rgan usullari, qay holatda (tik turishda yoki gilamda) kurashishni afzal ko'rishi, qaysi usullar bilan yutishi va qaysilari bilan yutqazib qo‘yishi to‘g‘risida oldindan ma’lumotlar olish kerak. 7.Dzyudo Kurash to’g’risida musobaqalar o’tqazish Download 32.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling