Kafedra mudirlari, Yadak kotiblari va magistrantlar uchun E’lon
Download 13.88 Kb.
|
Эълон
Kafedra mudirlari, YaDAK kotiblari va magistrantlar uchun E’LON Rasmiy himoyaga qatnashishi uchun qo’yidagilar talab etiladi. 1. NIZOM asosida (2015 yil 2-mart) va lotin alifbosida rasmiylashtirilgan magistrlik dissertasiyasi. 2. Kafedraning dastlabki himoya o’tkazilganligi haqida bayonnomasidan ko’chirma. 3. Magistrlik dissertasiyasiga tegishli ichki, tashqi va ilmiy rahbar taqrizi hamda ilmiy maslahatchining xulosasi (Buyruq X-163 son 18.05.2023 yil). 4. Dissertasiya mavzusiga oid 2ta maqola yoki tezis chop etganligi (tasdiqlangan ilmiy ishlar ro’yxati). 5. Disssertasiyani antiplagiat dasturidan o’tkazilganligi haqida ma’lumotnoma. 6. Magistrlik dissertasiyasini mavzusi, ilmiy rahbari va himoya jadvalini tasdiqlangan buyruqlar nusxalarini mavjudligi (358-u-son 23.10.2021 yil, 25-u-son 04.02. 2022 yil va 2023 yil 6-iyun 157 buyruq) lozim. 7. Magistrlik dissertasiyalarining rasmiy himoyasi videoga olinishi lozim (kafedra mudiri va YaDAK kotibi tomonidan tashkil etiladi). 8. Magistrlik dissertasiyasi magistratura talabasi o’qigan tilda (kafedra tavsiyasiga muvofiq chet tilida) tayyorlanadi. Chet tilida tayyorlangan magistrlik dissertasiyasiga davlat tilida yozilgan annotasiya ilova qilinadi. Bunday magistrlik dissertasiyalarining dastlabki va rasmiy himoyasi tarjima bilan o’tkaziladi (NIZOM 34 band). 9. Magistrlik dissertasiyalarining rasmiy himoyasi boshlanishi uchun kvorum mavjud bo’lishi va YaDAK raisining shaxsan ishtirok etishi talab etiladi. 10. Dissertasiya himoyalari (2023 yil 6-iyun 157 buyruq) tasdiqlangan sanada va o’quv auditoriyalarida o’tkaziladi. Magistratura bulimi Download 13.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling