Ishning maqsad va vazifalari. Namangan viloyati Xalq ta’limi tizimining shakillanishi va rivojlanishi mavzusi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
Rossiya imperiyasi davrida Namangan viloyati hududida Xalq ta’limi tizimida amalga oshirilgan islohotlar va ularning mohiyatini ochib berish;
Namangan viloyatida Sovet hokimyati davrida umumta’lim va o’qituvchilar tayyorlashda sovet tizimining shakillanishi aniqlash;
xalq ta’limining sovet tizimidagi o’quv-tarbiya jarayonlarning ma’naviy-xalqparvarlik jihatidan qashshoqlashuvi va majburiy siyosatga tortilishining zararli oqibatlarini tahlil qilish;
ta’lim sohasida ma’muriy-buyuriqbozlik boshqaruv mehanizimining mohiyatini ochib berish;
O’zbekiston mustaqillik arafasidagi mavjud viloyatimizdagi Xalq ta’limi tizimidagi muammolar va kamchiliklarni tahlil qilish;
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimidagi islohotlarni Namangan viloyati xalq ta’limi misolida tahlil qilish;
dastlabki yillarda Namangan viloyatidagi mavjud maktablarning moddiy-texnik bazasi kamchiliklar va yutuqlarni tahlil etish;
Namangan viloyati xalq ta’limi bo’limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlarni o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rganib yakuniy xulosalar berish.