Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Kommunikatsiya jarayonining elementlari va bosqichlari


Download 0.6 Mb.
bet26/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

Kommunikatsiya jarayonining elementlari va bosqichlari.
YUqoridagilardan biz kurdikki, kommunikatsiyalar - tashkilotning ichki va tashqi muxitlari elementlarini, boshqarish funksiyalarini, odamlar guruxlarini bir-birlari bilan munosabat o‘rnatishga yordam beruvchi bog‘lovchi jarayon ekan. Kommunikatsiya jarayonida quyidagi elementlar (tarkibiy qism)lar qatnashadilar:
1. Informatsiya uzatuvchi(informatsiya manbai). U odam (rahbar, mutaxassis, oddiy ishchi xodim) gurux (ichki xo‘jalik), boshqarish pog‘onasi, tashkilotning o‘zi, tashqi muxit omillari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Turli texnik qurilmalar, inshootlar, jarayonlar, kitoblar va xokazolar ham informatsiya manbaidir.
2. Informatsiya. Tashkilotning sotsial-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, qarorlari va buyruqlarining mazmuni, loyihalar, hisobotlar, maslaxatlar, turli tushunchalar kommunikatsiya jarayonida qatnashuvchi asosiy elementlar (informatsiya birliklari) hisoblanadi.
3. Aloqa vositalari. Informatsiyani bir joydan ikkinchi joyga etkazuvchi vositalarga xatlar, turli xujjatlar, odamlar, texnik aloqa vositalari (telefon,telegraf va x.k.), kompyuterlarda qo‘llaniladigan magnitli informatsiya tashish vositalari kabilar kiradi.
4. Informatsiya qabul qiluvchi. Bunga odamlar, ichki xo‘jaliklar, boshqarish pog‘onalari, tashkilotlar, tashqi muxit omillari misol bo‘la oladi.
Axborot almashishda uzatuvchi(manba) va qabul qiluvchi bir necha bir-biriga bog‘liq bosqichlardan o‘tadilar. Ularning vazifasi - xabarni ikkala omon ham tushinib qabul qiladigan ko‘rnishda tuzib, unga mos bo‘lgan aloqa vositasini tanlash. Bu kiyin vazifa, chunki har bir bosqichda xabarning mazmuni o‘zgarishi yoki umuman yo‘qolishi mumkin. Kommuniaiya bog‘lovchi jarayon sifatida quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Informatsiya (g‘oya yoki fikr) ning shakllanishi. Maqsadlar, masalalar va ularni echish usullari, masalalar orasidagi bog‘liqlar, masalalarni echish uchun zarur resurslarga talablar, resurslarni masalalar bilan bog‘lash(resurslarni masalalar bo‘yicha taqsimlash), natijalarni ulchash va baholash usullari haqidagi bilimlarni shakllanishi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling