Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


-MAVZU: KORXONA QUDRATINI BOSHQARISH


Download 0.6 Mb.
bet55/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

9-MAVZU: KORXONA QUDRATINI BOSHQARISH
REJA
9.1. Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari.
9.2. Korxona qudratini raqobatbardoshligini baholash.
9.3. Korxona qudratini ifodalovchi ko`rsatkichlar.
9.4. Korxonaning qudratini oshirish rezervlari va ulardan foydalanish yo`nalishlari.


9.1. Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari.

Har qanday tadbirkorlak faoliyatining muvaffaqiyati ko'proq xorijiy biznesda menejmentnig tarkibiy elementi bo'lgan korxo na (bu yerda korxona ostida firma, konsern, kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va biznesning boshqa birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning to'g'ri tanlangan strategiyasiga bog'liq. Strategiyani tanlash o'z navbatida bir necha omillarga bog'liq: korxona salohiyati qanday hajmiga ega; korxona salohiyatining raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori; bozordagi uning ulushi qanday va u yetakchimi, raqibmi yoki orqada qoluvchimi; korxona o'zining oldiga qanday maqsadlar qo'ygan - yetakchilikni mustahkamlash, yetakchilar safiga kirish, "o'rtada" mustahkamlanish yoki inqirozdan qochish. Korxona qo'yilgan maqsadlarga ko'ra bozordagi hulqning u yoki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasining o'zi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:


1) Korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash;
korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash;
korxona salohiyati rezervlari va yo'qotishlarini tahlil qilish;
korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha strategiya va taktikani tanlash;
tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha tadbirlarni o'tkazish.
Shunday qilib, bozor sharoitlarida korxona salohiyatni boshqarish, mohiyatiga ko'ra, uning raqobatbardoshligini boshqarish (korxona salohiyati raqobatbardosh ligini oshiruvchi yoki pasaytiruvchi omillarni baholash va tahlil qilish, u yoki bu mo'ljallangan maqsadga erishish uchun tegishli strategiya va taktikani tanlash)dan iborat bo'ladi.To'g'ri strategiyani tanlash uchun menejerga hammadan avval iqtisodiy salohiyat nimadan iborat ekanligini bilish darkor.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati - bu korxona ixtiyorida bo'lgan resurslar (mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalar)ning majmuasi va uning xodimlari va menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyatidir. Korxonaning iqtisodiy salohiyati to'rtta asosiy alomatlar bilan ta'rif-lanadi.
Birinchi alomat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati - uning iqtisodiy faoliyatning u yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bidan belgilanadi. Buning ustiga nafaqat amalga oshirilgan, balki qandaydir sabablar bo'yicha amalga oshirilmagan imkoniyatlar ham.
Ikkinchi alomat. Har qanday korxo naning imkoniyatlar ko'proq unda mavjud bo'lgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy, sotsial)ga bog'liq. Shuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab chiqarishga jalb qilingan va ham jalb qilinmagan, ammo unda foydalanish uchun tayyorlangan resurslar va rezervlarning hajmi bilan belgianadi.
Uchinchi alomat. Shaxsiy va xorijiy tajriba bizni ishontirishicha, har qanday biznesda muvaffaqiyat uchun resurslarga ega bo'lish zarur, ammo hali bu yetarli emas. Biz resurslarning hajmi bo'yicha AQSh bilan tenglasha olishimiz va hatto undan ustun kelishimizdan qanday ma'no bor! Ishlab chiqarish natijalarichi? Amerikaliklar va bizning turmush darajamizchi? Bu qanchalik siyqa bo'lib yangramasin, yana mavjud resurslardan foydalanishni bilmoq kerak. Bu esa - har qanday biznesda birinchi darajali vazifadir. Menejer shuni esdan chiqamasligi kerakki, korxonaning salohiyati nafaqat unda mavjud bo'lgan imkoniyatlar va resurslar bilan, balki uning ulardan tovarlar , xizmatlarni yaratish va kattaroq foyda olish maqsadida foydalanish qobiliyatilari bilan ta'riflanadi.
To'rtinchi alomat. Korxo na salohiyatini amalga oshirishning darajasi va natijalari (yaratilgan mahsulotlar va daromadlarning hajmi) yana tanlangan tadbirkorlikning shakli va korxonaning unga mos keluvchi tash- kiliy tuzilmasi bilan belgilanadi. Masalan, IBM 1981 yilda mavjud tashkiliy tuzilma o'zini ko'rsatib bo'lganligi tushunib, markazlashtirilganlikni tugatgan. Natijada belgilangan tijorat doirasida bir birlari bilan haqiqatdan ham raqobatlashuvchi 14 mustaqil birliklar -kompaniyalar vujudga kelgan. Bu firma ichidagi tadbiokorlikni rivojlanishi va umuman IBMning foydasini ko'payishiga olib kelgan. Uning bo'linmalari endi nafaqat "foyda markazlari" sifatida, balki "yangilik kiritishlar markazi" sifatida fao liyat yuritmoqdalar, bu natijada ham IBMga va ham undan ajrab chiqqan 14 kompaniyalardan har biriga muvaffaqiyat keltirmoqda.
Xorijiy biznesning nazariyasi va amaliyotida yaqin yaqingacha bu barcha to'rtta alomatlarni, ya'ni korxonalarning "iqtisodiy salohiyati"ni birlashtiruvchi tushuncha mana nima uchun bo'lmagan. G'arbdagi texnologik ko'tarilish paytida ustivorlik asosiy kapital: mashinalar, dastg'ohlar, uskunalar va boshqa moddiy-ashyoviy resurslar turlarida bo'lgan. Keyin esa texnik omildan katta samara olish imkoniyatlari tugashi munosabati bilan asosiy e'tibor kishilik kapitalga, xuddi xodimlarning qobiliyatlariga, ularning shaxsli salohiatidan to'liq foydalanishga qaratilgan. Shunday strategiya firmaga hatto barcha boshqa texnik imkoniyatlar tugagan bo'lib ko'ringan paytda ham katta daromadlar keltirgan. Shuning uchun bugun muvaffaqiyat qozonayotgan firmaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha ko'rinadi: kishilik kapital + asosiy kapital + aylanma kapital = firmaning iqtisodiy salohiyati. G'arbiy biznesmenlar iqtisodiy salohiyat-ning barcha ko'rsatib o'tilgan elementlarini, va hammadan avval kishilik va asosiy kapitalni muvafiqlashuvida har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatiga "kalit"ni ko'radilar. Shuning munosabati bilan biznes doiralarida katta obro'ga ega Li Yakokkaning fikrini dalil qilib keltiramiz. U quyidagicha yozadi: "Barcha xo'jalik operatsiyalarni pirovardida uchta so'zlar bilan belgilanganga olib kelish mumkin: odamlar, mahsulot, foyda. Birinchi o'rinda odamlar turadilar. Agar sizda ishonchli jamoa bo'lmasa, qolgan omillardan juda kam narsa qilish mumkin".
An'anaviy ravishda xorijiy biznesda kishilik kapitali faqat qisman va to'g'ridan to'g'ri bo'lmagan holda (aylama kapital tarkibidagi ish haqiga xarajatlar shaklida) hisobga olingan, shuning bilan bir vaqtda hozir kishilik kapitali ishlab chiqarishni rivojlanishidagi mustaqil asosiy omil bo'ladi. Pulni hisoblashni biluvchi xorijiy biznesmenlar o'zlarining tajribalarida shunga iqror bo'ldilarki, insonga kiritma (malakani oshirish, ta'lim, sog'liqni saqlash, firma hisobidan bo'sh vaqt va dam olishga xarajatlar) daromadlarni ko'paytiradi va raqobarbardoshlikni oshiradi.
Bizda esa ish qanday bormoqda? Afsuski, korxona iqtisodiy salohiyati modeli uzoq vaqtlar amaliyot tomonidan talab qilinmagan. Bizning rivojlanmagan biznesimizda ham ko'rsatib o'tilgan modelning ayrim elementlarini qo'llash zarurligini his qilgan korxonalar bo'lsa ham. Masalan, "Plastik" kooperativi xo dimlar uchun bepul tushliklar, kooperativ hisobidan shifokorlarning navbatchiligi, o'z xodimlari uchun uy-joylarni ularning qiymatini qisman to'lash bilan qurishga pul kiritgan. Buning ustiga kooperativ pulardan bir qismini hayriya ishlariga ajratadi. Ammo iqtisodiy salohiyat modelidan majmuaviy foydalanishni bizning korxonalari miz hozircha orzu qiladilar. Xorijiy biznesda iqtisodiy salohiyat modelidan tashqari boshqalardan ham keng foydalaniladi. Masalan, insonparvarlik, innavatsion, ilmiy-texnik va moliyaviy salohiyat modellari.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling