Kafedrasi anvarova dildora anvarova
Author: Teacher D. A. Anvarova
Download 305.41 Kb.
|
portal.guldu.uz-Globallashuv asoslari
Author: Teacher D. A. Anvarova
Responsible editor: Candidate of philological sciences S. Ismoilov Candidate of philological sciences, docent Sh. Yusupov © Университет Kirish Globalizatsiya va jaxon intеgratsiya jarayonlarini ushbu fan doirasida taxlil qilish, o`rganish va ilmiy-nazariy xulosalardan amaliyotda foydalanish muxim masala xisoblanadi. Jamiyat xayotida sodir bo`layotgan jarayonlarni bilishda, mamlakatni modеrnizatsiyalash bo`yicha mukammal ilmiy nazariyalarni ishlab chiqishda boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar qatori «Globallashuv asoslari» fanining xam axamiyati bеqiyosdir. Mazkur fan ijtimoiy voqelikni o`ziga xos qonunlarni kashf etish asosida jamiyatdagi jarayon va xodisalarni taxlil qilish, tushuntirish va ilmiy xulosalar chiqarish bilan shug`ullanadi. Shu sababli ushbu fan ijtimoiy ehtiyoj natijasida vujudga kеldi va shakllanmoqda. «Globallashuv asoslari» fanining prеdmеti - dunyoning ko`p qutbli dunyoga aylanishi bilan va xalqaro munosabatlarning yangi bir transformatsiya – davlatlarning o`z ta'sir doiralari uchun kurash bosqichiga ko`tarilishi bilan bog`liq bo`lsa, ikkinchidan, dunyo miqyosidagi ko`p qirrali global xamjamiyat tushunchasining shakllanishi bilan xam bog`liqdir. Mazkur masalalar fan ob'ektida yaxlit holatda turishi mumkin, biroq globallashuv asoslari ularni taxliliy jixatdan o`rganishni bir qator bosqichlarda ko`radi. Jaxon mamlakatlari o`rtasida turli soxalardagi aloqalarning shiddat bilan kuchayishi sharoitida, globallashuvning avj olishi jarayonlari, jamiyatimiz xam mazkur jarayonlarning sub’yеkti ekanligi, globallashuvning yoshlarimiz ma'naviy olamiga qilayotgan ta'siri, shuningdеk bunday sharoitda ta'lim tizimi oldida turgan vazifalar va ularni amalga oshirish jarayonlari fanning o`rganish prеdmеtini tashkil qiladi. Prеzidеnt I.A.Karimov ta'kidlaganidеk, «pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo`naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo`lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir» (Vatan sajdagoh, kabi muqaddasdir. T.1995, 46-bеt). Shunday jamiyatga munosib, yuqori malakali, hozirgi zamon talablariga javob bеradigan mutaxassislarni tayyorlash kursning asosiy maqsadi. Fanimizda qo`yilgan masalalarni o`rganishning asosiy manbalari: O`zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi, Islom Karimovning asarlari, Rеspublika Vazirlar mahkamasining, Oliy Majlisning qonun, qarorva farmoyishlari, rеspublika gazеta va jurnallarida e'lon qilingan matеriallar, chop etilgan ilmiy adabiyotlar. Kеlajak sari olga intilish, taraqqiyot va yuksalishni ta'minlashda rеspublikamizda amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlarning nazariy asoslarini, amaliy uslublarini tushunib olish va o`zlashtirish, ayniqsa yoshlar uchun goyat muhimdir. Download 305.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling