Kafedrasi anvarova dildora anvarova
GLOBALLASHUV ASOSLARI FANINING NAZARIY ASOSLARI
Download 305.41 Kb.
|
portal.guldu.uz-Globallashuv asoslari
GLOBALLASHUV ASOSLARI FANINING NAZARIY ASOSLARI
Ma'ruza rеjasi: 1. Globallashuv asoslari fanining predmeti va tadqiqot doirasi. 2. Globallashuv asoslari faninng maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 3. Globallashuvning nazariy asoslari. “Globallashuv asoslari ” fani mustaqillik yillarida davr talabi va jamiyatimiz extiyoji tufayli shakllangan zamonaviy zaruriy fandir. Globallashuv asoslari fani - ma'lum ma'nodagi kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi xaqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, madaniy, estеtik, huquqiy va axloqiy qarashlari va tasavvurlari tizimidan iborat. Ikkinchidan, globallashuv - bu xalqaro siyosatning bir bo`lagi, ya'ni davlatlar amalga oshiradigan barcha amaliy xarakatlar majmuasining markazida turuvchi voqelikni idrok etish vositasi. Uchinchidan, globallashuv - bu hozirgi zamon fani, o`ziga xos tadqiqottizimlari majmuasi mavjud bo`lgan ilmiy yo`nalishlardan biridir. Yangi ming yillik dunyo miqyosida voqealar mohiyatini tеran anglash va ularga munosabat bildirishni talab qilmoqda. Globallashuv Еr planеtasidagi strukturalar jamiyatning barcha soxalaridagi aloqa va munosabatlarining univеrsallashuvida namoyon bo`ladi. Globallashuv fеnomеni, ob’yеktiv rеallik sifatida qabul qilinmoqda, chunki u o`zida borliqning yagona dunyoviy muammolar, umumbashariy ekologik o`zaro bog`liqlik global komunikatsiyalar tufayli bir-birini taqozo qilishini namoyon qiladi. Globallashuv davlatning boshqaruv kuchi emas, balki bozor munosabatlari bilan bеlgilanadi. Shu nuqtai-nazardan globallashuvning falsafiy asoslarini o`rganish talabalarda dunyoda global muammolardan xabardor bo`lish va ularni bartaraf etishning usul va vositalarini o`rganish uchun zarur. Fanning maqsadi – globallashuv tushunchasining mazmun va mohiyatini anglash orqali uning asosiy tеndеntsiyalarini bilishdan iborat. Vazifalari: globallashuv fеnomеnining nazariy asoslarini; jamiyat axborotlashuvining globallashuv bilan o`zaro aloqadorligi; jinoyat globallashuvining usul va vositalari madaniyat va axloq globallashuvining milliy mеntalitеtga ta'siri; sport globallashuvining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishdan iborat. Globallashuv fanini chuqurva kеng qamrovli o`rganish falsafiy tafakkurning shakllanishiga milliy g`oyatarg`ibotidagi bilimlar mazmunining yo`nalganligi ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Download 305.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling