Kafedrasi bekmurodov umidjon umarjonovich
Download 459.99 Kb. Pdf ko'rish
|
“O’ZBEKISTONDA SHAXSIY SUG’URTANI
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV MALAKAVIY ISHI “HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” “HIMOYAGA RUXSAT ETILDI” Soliqlar va sugurta fakulteti dekani
- Ilmiy rahbar: _____
- M U N D A R I J A betlar KIRISH
- II BOB. O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORIDA SHAXSIY SUG‘URTA XIZMATLARINING HOZIRGI
- III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SHAXSIY SUG’URTANI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
- XULOSA VA TAKLIFLAR
- Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari.
- Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti va predmeti.
- Bitiruv malakaviy ishning nazariy-amaliy ahamiyati.
- Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi.
- I BOB. SHAXSIY SUG’URTA VA UNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Shaxsiy sug‘urta va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SOLIQLAR VA SUG'URTA FAKULTETI “SUG‘URTA ISHI” KAFEDRASI BEKMURODOV UMIDJON UMARJONOVICH “O’ZBEKISTONDA SHAXSIY SUG’URTANI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI” 5231200 – “Sug‘urta ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan
“____”__________2019 y. “____”__________2019 y.
“____”__________2019 y. TOSHKENT - 2019 1 Men, Bekmurodov Umidjon Umarjonovich ushbu bitiruv malakaviy ishini mustaqil bajardim. Ko'chirmachilik holati yo'qligiga javob beraman. Ko'chirmachilikka yo'l qo'ygan holatimda bitiruv malakaviy ishi Yakuniy Davlat Attestatsiya Komissiyasi raisi taqdimnomasiga asosan bekor qilinishi va “Qoniqarsiz” baho qo'yilishini bilaman. Bekmurodov U. _________ “___” _______
2 M U N D A R I J A betlar KIRISH.............................................................................................................. I BOB. SHAXSIY SUG’URTA VA UNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI …......................………......................... 1.1.
Shaxsiy sug‘urta va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati................. 1.2.
Shaxsiy sug‘urtaning ixtiyoriy va majburiy turlarini amalga oshirish tartibi ………………………….…………………………………… 1.3. Tibbiy sug‘urtaning umumiy tavsifi va nazariy asoslari…………. II BOB. O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORIDA SHAXSIY SUG‘URTA XIZMATLARINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI….................................................................................. 2.1.
“O’zagrosug‘urta ” AJning shaxsiy sug’urta turlari bo’yicha asosiy ko‘rsatkichlari tahlili....................................................................... 2.2. “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning shaxsiy sug’urta turlari bo’yicha asosiy ko‘rsatkichlari tahlili............................................ III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SHAXSIY SUG’URTANI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI………………………………………………….. 3.1.
O‘zbekistonda shaxsiy sug’urtani rivojlantirishdagi muammolar va kamchiliklar.................................................................................... 3.2. Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash va yuqumli kasalliklardan sug‘urtalashning xorij tajribasi................................ XULOSA VA TAKLIFLAR........................................................................ FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI................................... 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda mustaqillik erishgan dastlabki kunlardan iqtisodiyotni tubdan yangilash va bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’lini bosib o’tishni o’z oldiga maqsad qilib oldi. Mustaqillik yillarida yurtboshimiz tomonidan mulkchilik tizimini shakllantirish, keng ko’lamli islohotlar negizida iqtisodiyotimizni moddiy texnik
bazasini tubdan yangilash, iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari hisoblanadigan bank, moliya tizimini isloh qilish, ularning jamiyatimiz hayotidagi ahamiyatini oshirish, bir iqtisodiy tizimdan boshqasiga o’tish davrida iqtisodiyotni diversifikatsiyakatlash orqali yangi soha va tarmoqlar yuzaga kelishiga imkon berish vazifasini o’z oldiga maqsad qilib bu borada turli chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan harakatlar strategiyasining 3.1. bandi makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosiy e’tibor sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirishga qaratilgan 1 .
maqsadlar, jahon bozoridagi real va yuzaga kelishi prognozlashtirilayotgan vaziyatdan kelib chiqib 2018 yilgi iqtisodiy dasturning bir qator eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalari belgilandi. Shuningdek, mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirish, uzoq muddatli strategik maqsadlarni amalga oshirishda 1 O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O’zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar stratеgiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni (O’zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda) 4 O’zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar, zamonaviy yuksak texnologiyalarga asoslangan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish asosiy ustuvor yo’nalishlardan biri ekanligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida kuzatilayotgan rivojlanish ko’rsatkichlarining samarali moliyaviy siyosat natijasi ekanligini qayd etish zarur. O’zbekistonning sug’urta bozorini boshqarishda milliy manfaatlariga mos keladigan qator vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda iqtisodiy faoliyatning o’zaro uyg’un dastaklari majmui–bozor institutlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ustuvorlik berish muhim omillardan biri hisoblanadi. Shunga qaramasdan, sug’urta kompaniyalari tomonidan baxtsiz hodisalardan majburiy sug’urtalashning yuzasidan yangi sug’urta dasturlarining va tegishli chora-tadbirlar amalga oshirish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgi davrda shaxsiy sug‘urta sohasidagi mavjud muammolarni hal qilish va uni jahon andozalariga mos ravishda rivojlantirish iqtisodiy rivojlanishning hozirgi davrida o‘ta dolzarb hisoblanadi. Mazkur bitiruv malkaviy ishning mavzusi ana shunday dolzarb mavzulardan biriga bag‘ishlangan. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Ishning maqsadi - iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida shaxsiy sug’urta turlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: -shaxsiy sug‘urtaning nazariy-huquqiy asoslarini o‘rganish; -baxtsiz hodisalardan, kasalliklardan ehtiyot shart sug‘urtalash tartibini tahlil qilish; -sug‘urta tashkilotlari tomonidan shaxsiy sug‘urtani amalga oshirish tartibi va tahlilini o‘rganish;
5 -tibbiy sug‘urtani amalga oshirish tartibi tahlil qilish; -shaxsiy sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berish; -O‘zbekistonda shaxsiy
sug‘urtani rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash. Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti va predmeti. Sug‘urta bozori va unda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari faoliyati tadqiqotning ob’ekti hisoblanadi. Sug‘urta bozorida shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar yig‘indisi tadqiqotning predmetini tashkil qiladi. Bitiruv malakaviy ishning nazariy-amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishining xulosa va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, samaradorligini oshirish, shaxsiy sug‘urta turlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishida keltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta faoliyatini takomillashtirishda, ushbu maqsadlar uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada davom ettirishda, sug‘urta bozorini va alohida sug‘urta kompaniyalarini rivojlantirish bo‘yicha yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqishda qo‘llash mumkin. Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Ishning tarkibi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning matni 73 betni tashkil etib, unda 7 ta jadval va 4 ta rasmdan foydalanilgan. 6 I BOB. SHAXSIY SUG’URTA VA UNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Shaxsiy sug‘urta va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy sug‘urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksining 921-moddasida aks ettirilgan. Unga ko‘ra, shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf (sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoxud shartnomada ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘ligiga zarar etkazilgan, u muayyan yoshga to‘lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqt- vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini oladi. Shuningdek, kodeksda shaxsiy sug‘urta shartnomasi kimning foydasini ko‘zlab tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs sug‘urta pulini olish huquqiga ega bo‘ladi, deb ko‘rsatilgan. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim: - sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida; - sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida; - sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida; - sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida; - shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida. Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni o‘z 7 ichiga olsa, shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonun hujjatlarining tegishli qoidalari qo‘llaniladi. Sug‘urtalanuvchining hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari shaxsiy sug‘urtaning ob’ekti hisoblanadi. Sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar hamda sug‘urtalangan shaxslar shaxsiy sug‘urta sub’ektlaridir. Shaxsiy sug‘urta, odatda, fuqarolarni quyidagi xavf-xatarlardan himoyalanishini nazarda tutadi: - sug‘urtalanuvchining yoki sug‘urtalangan shaxsning vafot etishi; - mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotishi; - nafaqa yoshiga etishi bilan fuqaroning faol mehnat faoliyatini tugashi. Shaxsiy sug‘urta turlari tarkibida fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash alohida o‘ringa ega. Shu bois, biz ushbu sug‘urta turi bilan yaqindan tanishamiz. Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma qonunga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarni yozma arizasi asosida tuziladi. Shartnoma tuzishdan oldin sug‘urta tashkiloti o‘z mijozlariga sug‘urta xizmatini taklif etadi. Yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urta shartnomasi tuzishdan oldin albatta sug‘urtalovchining moliyaviy holati, litsenziyasi mavjudligi bilan qiziqishi lozim. Sug‘urta shartnomasi tuzishdan oldin sug‘urta tashkiloti vakili sug‘urtalayotgan shaxslarni fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash qoidalar bilan tanishtirishi lozim. Mazkur sug‘urta turi bo‘yicha fuqarolarni baxtsiz hodisa ro‘y berish natijasida sog‘lig‘i va hayotini saqlash bilan bog‘liq manfaat sug‘urta ob’ekti hisoblanadi. Sug‘urtalovchi, odatda, asab va ruxiy kasallikka duchor bo‘lgan, falaj, ko‘zi ojiz shaxslar, eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan va nogiron shaxslar bilan sug‘urta shartnomasini tuzmaydi. Shaxsiy sug’urta – baxtsiz hodisalar yoxud tabiiy hodisalar ro’y berishi oqibatida fuqarolarning hayoti va sog’ligiga shikast yetkazilishi bilan bog’liq ularning mulkiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug’urtaning mustaqil tarmog’i. Shaxsiy sug’urta fuqarolar boshiga kulfat tushganda ularni moddiy 8 jihatdan qo’llab-quvvatlashning muhim vositasi hisoblanadi. Shu ma’noda, shaxsiy sug’urta ijtimoiy himoyaning hayotiy tajribada sinalgan ishonchli shaklidir. Shaxsiy sug’urtaning ba’zi belgilari qadimgi rimliklarga ham ma’lum bo’lgan. O’sha paytda Diana va Antoni muxlislarining diniy jamiyati bo’lgan. Unga a’zo bo’lib kirgan shaxslar a’zolik badalini to’lashgan. Jamiyat a’zolaridan vafot etganda uni ko’mish bilan bog’liq xarajatlar jamiyat hisobidan amalga oshirilgan va hatto, pul mablag’larining muayyan qismi vafot etgan shaxsning merosxo’rlariga berilgan. 1699 yil Angliyada shaxsiy sug’urta bilan shug’ullanadigan dastlabki sug’urta tashkiloti barpo etilgan va u avvalo beva ayollar hamda yetim bolalarni sug’urtasini amalga oshirgan. Bu jamiyatning nomi “Ekvatebl” deb atalgan. XVIII asrda esa Germaniyada suyak sinishi holatlaridan himoyalash bo’yicha o’zaro yordam uyushmalari tashkil etilgan. 1849 yili Angliyada temir yo’llarda baxtsiz hodisalardan sug’urtalash bo’yicha dastlabki «Railway Death Rassengers Company» nomli sug’urta kompaniyasi tuzildi. Shaxsiy sug’urta–bu inson hayotiga, uning mehnat qobiliyati va salomatligiga tahdid soladigan turli xavf-xatarlardan himoyalanishning muhim shakli.
Hozirgi paytda shaxsiy sug’urta sug’urta faoliyatining yirik tarmog’i sifatida jahon amaliyotida keng qo’llaniladi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda shaxsiy sug’urta turlari bo’yicha kelib tushgan sug’urta mukofotlari boshqa sug’urta turlari bo’yicha kelib tushgan sug’urta mukofotlariga nisbatan yuqori salmoqqa ega. Masalan, AQShda jami yig’ilgan sug’urta mukofotlari hajmida shaxsiy sug’urtaning hissasi 50,0 foizdan yuqoridir. Shaxsiy sug‘urta sug‘urtaning alohida tarmoqlaridan biridir. Shaxsiy sug‘urta turlari insonning hayoti va turmush tarzi bilan bog‘liqdir. O‘spirinlik davrda baxtsiz hodisalar ko‘p uchraydi. Kishi balog‘at yoshiga yetgan vaqtda moliyaviy ta’minot asosiy muammo hisoblanadi. Nafaqa davrida inson nafaqa sug‘urtasiga talab paydo bo‘ladi. Inson butun umr davomida tibbiy sug‘urta
9 xizmatiga murojaat qilishi mumkin. Amaliyotda, ko‘pchilik holatlarda tibbiy sug‘urta va baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash yagona sug‘urta tarmog‘iga birlashtiriladi. Shaxsiy sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – uning ko‘proq ijtimoiy funksiyani bajarishidir. Shaxsiy sug‘urta yordamida insonning sog‘lig‘ini turli xil baxtsiz hodisalardan muhofaza qilinadi, inson mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotganida unga moddiy yordam beradi. Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta Davlat ijtimoiy ta’minotiga qo‘shimcha yordam tariqasida amalga oshiriladi. Shaxsiy sug‘urtaning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan hayot sug‘urtasi milliy iqtisodiyotni muhim mablag‘ bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Hayot sug‘urtasi yordamida yig‘ilgan mablag‘lar sug‘urta tashkilotlari tomonidan investitsiya faoliyatiga yo‘naltiriladi. Rivojlangan davlatlarda shaxsiy sug‘urta o‘ndan yetti kishining oilaviy byudjetida asosiy moliyaviy manba hisoblanadi. Masalan, AQSHda XXI asr boshlarida 80% aholii shaxsiy sug‘urta polislariga ega bo‘lgan. Shaxsiy sug‘urta sug‘urtaning aloxida tarmog‘i sifatida Evropada XVII-XVIII asrlarda paydo bo‘lgan. Dastlab u dengiz sug‘urtasiga qo‘shimcha sifatida shakllangan. Kemalar va yuklarni sug‘urtalash bilan birgalikda kema kapitanlarining hayoti ham sug‘urtalana boshladi. XVII asr boshlarida, «London tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotlar» nomli kitob nashr qilindi. Bir vaqtda «muhtojlarga yordam beruvchi hayot sug‘urtasi jamiyati» tashkil qilindi. 1629 yilda beva va yetimlarni sug‘urta qilish sug‘urta jamiyatining ulushchilar yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Ushbu jamiyatning maqsadi beva, yetimlarni nafaqa bilan ta’minlash bo‘ldi. Bunday tashkilotlarni tashkil qilish dastlabki urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi. Muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi sug‘urta fondining kichikligi va yirik to‘lovlarga talab ko‘pligi bo‘ldi. XVII asr o‘rtalarida Londonda Flitstrp klubi tashkil qilindi. U hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullana boshladi. Ingliz tadbirkori Jeyms Dodson mazkur klubga a’zo bo‘lish istagini bildirganda unga rad javobi berildi. Shundan keyin 10 Jeyms Dodson o‘zining shaxsiy sug‘urtasi jamiyatini tashkil qildi. U London qabristonlari bo‘yicha ma’lumotlar yig‘di, vafot etganlarning o‘rtacha umrini hisoblab chiqdi. Jeyms Dodson ushbu statistik ma’lumotlarini sug‘urta mukofotini hisoblashda foydalanadi. «Ekvitebl» sug‘urta kompaniyasi sug‘urta tarixida birinchi marta sug‘urta qiymatini hisoblashda statistik ma’lumotlardan va matematik hisob-kitoblardan foydalangan. Ushbu sug‘urta kompaniyasining muvaffaqiyati XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Shu bilan birga XIX asr boshlarida Germaniyada birinchi sug‘urta banki Gote shahrida ochildi. 1774 yilda Angliyada «Firibgarlik to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga asosan shaxsiy sug‘urta shartnomasini tuzuvchi shaxs sug‘urtalanuvchi hayotda sug‘urta manfaati bo‘lishi belgilandi. Fan texnika rivojlanishi, shaharlarning kengayishi, savdo –sotiqning rivojlanishi bilan shaxsiy sug‘urta tarmog‘i, uni amalga oshirish tartibi ham takomillasha bordi. Sug’urtaning insoniyat hayotidagi va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyos. Buni e’tiborga olib, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining ushbu bo’g’inini rivojlantirishga katta e’tibor berilyapti. Birgina 2002 yilda sug’urta sohasini rivojlantirish yuzasidan davlat miqyosida bir qator chora-tadbirlarning belgilanganligi fikrimizning tasdig’idir. Xususan, 2002 yilning 31 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug’urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonining e’lon qilinishi sug’urta tizimini taraqqiy ettirish yo’lida muhim qadam bo’ldi. O’zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida sug’urtalashning huquqiy bazasiga va sug’urta sohasida bozor infratuzilmasini rivojlantirishga poydevor qo’yildi, misol uchun sug’urtalashda tomonlarning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi va respublikada sug’urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning tamoyillarini belgilovchi xalqaro andozalarga mos keluvchi hamda talablarga javob beruvchi O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati 11 to’g’risida”gi Qonuni 2002 yil 5 aprelda qabul qilindi. Aytish kerakki, yangi qonun yurtimizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy sohalarda o’tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizda olib borilayotgan erkinlashtirishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu qonunning qabul qilinishi sug’urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va manfaatlarini himoyalashga muhim hissa bo’lib qo’shildi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar sifat jihatidan yangilanishi jarayonida sug’urta faoliyati ham rivojlanib, ravnaq topib bormoqda. Milliy sug’urta bozori so’nggi yillarda jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqdaki, buning isbotini sug’urta kompaniyalarining reyting ko’rsatkichlaridan ham kuzatish mumkin. Bugungi kunda mamlakatiimizda sug’urta xizmatlari bozorini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning sug’urta blzorida faol ishtirok etishini rag’batlantirish maqsadida sug’urta kompaniyalari uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa, bozordagi sog’lom raqobat muhitining ham shakllanishiga olib kelmoqda. Baxtsiz hodisalardan sug’urtalash mamlakat sug’urtalash tajribasida shaxsiy sug’urtaning eng ana’anaviy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Biroq bozor islohotlari amalga oshirilayotgan yillar ichida jiddiy o’zgarishlarga uchradi. Ushbu jarayon aholining muayyan guruhlari va toifalari uchun baxtsiz hodisalardan sug’urtalashning majburiy shakllari joriy etilganligi, korxona va tashkilotlar xodimlarini baxtsiz hodisalardan jamoa shaklida sug’urtalashning rivoj topishi, mamlakatimiz uchun yangi hisoblangan xorijga chiquvchi fuqarolarni sug’urtalash kabi sug’urta turining keng tarqalishi bilan bog’liqdir. Sug’urta faoliyatini litsenziyalash shartlarida keltirilgan sug’urta faoliyati turlari tasnifida an’naviy baxtsiz hodisadan sug’urtalash baxtsiz hodislardan va kasalliklardan sug’urtalash bilan almashtirilgan bo’lib, unga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sug’urtalovchining sug’urta to’lovlari bo’yicha qayd etilgan summada yoki sug’urta hodisasi sodir bo’lishi munosabati bilan sug’urtalanuvchining qo’shimcha xarajatlarini qisman yoki to’liq qoplanishini ko’zda tutuvchi shaxsiy sug’urta turlarining majmuidir (bunda har ikki to’lov 12 turini uyg’unlashtirilishi ham mumkin)”. Biroq mazkur sug’urta nomining o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgarib qolmadi. Bunda sug’urtalovchilar muayyan kasalliklar ro’yxati bilan to’ldirish orqali baxtsiz hodisalardan sug’urtalashning zararlar qoplanadigan xatarlar turini kengaytirish ko’zda tutilgan. Kasalliklar, an’anaviy tushunchaga ko’ra, baxtsiz hodisa hisoblanmaydi, ammo ko’p hollarda insonga to’satdan salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tajribaning ko’rsatishicha, ko’p hollarda sug’urtalovchilar o’z javobgarliklarini faqat baxtsiz hodisalar bilan chegaralaydilar, kassalliklar xatarini esa tibbiy sug’urta yoki hayotni sug’urtalash vakolatiga qoldiradilar. Baxtsiz hodisalardan sug’urtalashning asosiy maqsadi baxtsiz hodisa tufayli sug’urtalanuvchi salomatligi va hayotiga yetkazilgan zararni qoplashdir. Shaxsiy sug‘urta turlari tarkibida fuqarolarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug‘urtalash alohida o‘ringa ega. Shu bois, biz ushbu sug‘urta turi bilan yaqindan tanishamiz. Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma qonunga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslarni yozma arizasi asosida tuziladi. Shartnoma tuzishdan oldin sug‘urta tashkiloti o‘z mijozlariga sug‘urta xizmatini taklif etadi. Yuridik va jismoniy shaxslar sug‘urta shartnomasi tuzishdan oldin albatta sug‘urtalovchining moliyaviy holati, litsenziyasi mavjudligi bilan qiziqishi lozim. Sug‘urta shartnomasi tuzishdan oldin sug‘urta tashkiloti vakili sug‘urtalayotgan shaxslarni fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash qoidalar bilan tanishtirishi lozim. Mazkur sug‘urta turi bo‘yicha fuqarolarni baxtsiz hodisa ro‘y berish natijasida sog‘lig‘i va hayotini saqlash bilan bog‘liq manfaat sug‘urta ob’ekti hisoblanadi. Sug‘urtalovchi, odatda, asab va ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan, falaj, ko‘zi ojiz shaxslar, eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan va nogiron shaxslar bilan sug‘urta shartnomasini tuzmaydi. 13 Download 459.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling