Kafedrasi bekmurodov umidjon umarjonovich
-BOB. O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORIDA SHAXSIY SUG‘URTA
Download 459.99 Kb. Pdf ko'rish
|
“O’ZBEKISTONDA SHAXSIY SUG’URTANI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. 2016-2018 yillarda “ Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ning sug‘urta mukofotlari tushumi dinamikasi 10 (mln.so‘m)
- 2-rasm. 2016-2018 yillarda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ning sug‘urta majburiyatlarining o‘sish dinamikasi 11
- 3-rasm. 2016-2018 yillarda “ Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ning sug‘urta qoplamalari dinamikasi 12 (mln.so‘m)
- 4-rasm. 2016-2018 yillarda “ Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ning investitsion quyilmalarining o‘sish dinamikasi 13
- “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ faoliyatining 2018 yil yakunlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari tahlil 14
- 2.2. Baxtsiz hodisalardan va kasalliklardan ehtiyot shart sug’urtalashga oid asosiy ko’rsatkichlar tahlili
- 4-jadval “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ Toshkent viloyat filialida shaxsiy sug‘urta va uning tarkibi bo’yicha shartnomalarining soni, dona
- 5-jadval “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ Toshkent viloyat filialida shaxsiy sug‘urta va uning tarkibi bo’yicha sug‘urta mukofotlarining hajmi
- Shaxsiy sug‘urta, shu jumladan
- 6-jadval “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ Toshkent viloyat filialida shaxsiy sug‘urta va uning tarkibi bo’yicha sug‘urta javobgarligining hajmi
- 7-jadval “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ Toshkent viloyat filialida shaxsiy sug‘urta va uning tarkibi bo’yicha sug‘urta tovonlari hajmi, mln.so‘m
- III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SHAXSIY SUG’URTANI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
2-BOB. O‘ZBEKISTON SUG‘URTA BOZORIDA SHAXSIY SUG‘URTA XIZMATLARINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI 30 2.1. “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning shaxsiy sug’urta turlari bo’yicha asosiy ko‘rsatkichlari tahlili “Kafolat sug‘urta kompaniyasi”AJ faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida shaxsiy sug’urtaga qaralmoqda. Xususan, kompaniya eng yirik mintaqaviy bo‘linmalar tarmog‘iga ega bo‘lishiga qaramay aholi va tashkilotlarga yaqinlashish hamda mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida birgina so‘nggi besh yilda respublikamizning 70 dan ortiq aholi manzilgohida (asosan qishloq tumanlari markazlarida) yangi bo‘linmalarini ochdi. Hozirgi kunga kelib kompaniya tarkibida 165 ta hududiy bo‘linmalar, jumladan, 15 ta filial, 38 ta bo‘lim va 200 ta agentlik yuridik va jismoniy shaxslarga keng qamrovdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatmoqdalar. Bundan tashqari aholi va korxona-tashkilotlarga bevosita joylarda sug‘urta xizmati ko‘rsatish sohasida kompaniyaning 1000 ga yaqin yuridik va jismoniy sug‘urta agentlari safarbar etilgan. Shu bilan bir qatorda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi”AJ aholi, korxona va tashkilotlarga yanada yaqin bo‘lish maqsadida xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda hamda har bir mijozning zamonaviy talablariga javob beruvchi sug‘urta turlari spektrini taqdim etib kelmoqda. Kompaniya xodimlari mijozlarning talab va istaklarini qondira oladigan yangi yo‘nalishlar va sug‘urta turlarini yaratish ustida doimiy ravishda ish olib borishmoqda. “Kafolat sug‘urta kompaniyasi”AJ tashkil topgan dastlabki yillarda majburiy va ixtiyoriy sug‘urta sohasining 25 turi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozirga kelib, umumiy sug‘urta tarmog‘ining barcha 17 ta klasslari doirasida 80 dan ortiq sug‘urta turlarini taklif etib kelmoqda. Hususan, so‘nggi yillarda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, ipoteka sug‘urtasi, lizing sug‘urtasi, garovga qo‘yilayotgan avtotransport vositalarini kompleks sug‘urtalash, eksport shartnomalarini kompleks sug‘urtalash, ijaraga olingan ko‘chmas mulk sug‘urtasi, tibbiyot xodimlarining kasbiy javobgarligini sug‘urtalash kabi bir qancha yangi sug‘urta turlari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etildi. 31 2018 yil yakuniga ko‘ra kompaniyada jami sug‘urta mukofotlari hajmi 80,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2016 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 5,1 mlrd. so‘mga oshdi. Sug‘urta mukofotlari umumiy hajmida 8,7% dan ortiq ko‘rsatkich bilan kompaniya respublikadagi 27 ga yaqin sug‘urtalovchilar o‘rtasida 4-o‘rinni egalladi. 1-rasm. 2016-2018 yillarda “ Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ning sug‘urta mukofotlari tushumi dinamikasi 10 (mln.so‘m) Alohida qayd etish joizki, kompaniya bir necha yillar mobaynida majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda sug‘urta bozorida peshqadamlardan hisoblanadi. Hususan, 2018 yil yakunlariga ko‘ra 37,3 mlrd. so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ishga erishildi. Bu 2016 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 123,5% ga ko‘p demakdir va ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan sug‘urtalovchilar o‘rtasida kompaniyamiz bir necha yillar davomida etakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, mijozlar bilan ishlashning faolligi darajasini aks ettiruvchi sug‘urta shartnomalari soni salkam 42,0 mingtani tashkil etib, bu bo‘yicha esa kompaniya O‘zbekistonda ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. SHu 10 «Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 32 o‘rinda ta’kidlash joizki tuzilgan shartnomalar sonining 81,4 foizi jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek “Kafolat sug‘urta kompaniyasi”AJ tomonidan ko‘rsatilgan sug‘urta xizmatlari hajmi salkam 47,1 trln. so‘mni tashkil etib, 2016 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 5,9 trln. so‘mga oshdi. 2-rasm. 2016-2018 yillarda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ning sug‘urta majburiyatlarining o‘sish dinamikasi 11 (mlrd.so‘m) Shu bilan bir qatorda kompaniya tomonidan sug‘urta qoplamalarini to‘lash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini takomillashtirish, sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan vaqt bilan sug‘urta qoplamasini to‘lash vaqti oralig‘ini qisqartirishga alohida e’tibor berilmoqda. 11 «Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 33 3-rasm. 2016-2018 yillarda “ Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ning sug‘urta qoplamalari dinamikasi 12 (mln.so‘m) Kompaniyaning sug‘urta shartnomalari bo‘yicha tuzilgan majburiyatlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarishga intilishi sug‘urta hodisalari bo‘yicha to‘lovlarning o‘sishida o‘z tasdig‘ini topmoqda. 2018 yil yakuniga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan 3023 ta da’vo arizalari yuzasidan sug‘urta qoplamalari to‘lab berildi, bu o‘rta hisobda kuniga 7-8 ta sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Sug‘urta qoplamalarining asosiy qismi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash, ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, garovga qo‘yilgan mulkni sug‘urtalash, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli mulk va avtotransport vositalarini sug‘urtalash hamda shaxsiy sug‘urta turlari hissasiga to‘g‘ri keladi. YUqoridagi 4-rasm ma’lumotlaridan ham ko‘rish mumkinki, “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ning investitsion quyilmalari hajmi ham o‘tgan yillar mobaynida o‘sish tensiyasiga ega bo‘lgan. 12 «Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 34 4-rasm. 2016-2018 yillarda “ Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ning investitsion quyilmalarining o‘sish dinamikasi 13 (mln.so‘m) “Kafolat
sug‘urta kompaniyasi” AJ faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlarini quyidagi 3-jadval orqali to‘liq ifodalash mumkin va shu jadval ma’lumotlari orqali umumiy xulosaga kelish mumkin. Quyidagi 3- jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, sug‘urta kompaniyasi o‘tgan yillarda samarali faoliyat yuritgan. Uning sug‘urta mukofotlari 107,1 foizga o‘sgan bo‘lsa, bir vaqtniing o‘zida sug‘urta qoplamalari ham 167,1 foizga o‘sganini ko‘rish mumkin. shu jumladan, sug‘urta javobgarligi boshqa ko‘rsatkichlarga nisbatan kam o‘sish tendensiyasiga ega. Kompaniya aktivlarining 127,5 foizga o‘sgan bir paytda investitsion faoliyati o‘zgarish tendensiyaga ega emas. Sug‘urta zaxiralari ham o‘tgan yilgan nisbatan o‘zgarish ko‘rsatkichi kuzatilmagan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, sug‘urta kompaniyasi sof foyda ko‘rsatkichlari past darajada. 3-jadval 13 «Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 35 “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ faoliyatining 2018 yil yakunlari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlari tahlil 14 (mlrd. so‘m) № Ko‘rsatkichlar 2017 yil 2018 yil
O‘sish %da
1. Sug‘urta mukofotlari 75,1 80,4
107,1 Jumladan, Ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari: 44,9
43,1 96,0
SHaxsiy sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta mukootlari 4,1 4,0
98,0 2. Majburiy sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari 30,2
37,3 123,5
3. Sug‘urta javobgarligi 41279,4 47113,9
114,1 4. Sug‘urta to‘lovlari 14,6 24,4
167,1 5. Kompaniya aktivlari 84,6 107,9
127,5 6. Investitsiyalar 43,4 43,6
100,5 7. Sug‘urta zaxiralari 57,4 58,1
101,2 Mazkur jadvaldagi bizga kerakli bo‘lgan eng muhim ko‘rsatkich bu ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta mukofotlarining o‘sish tendensiyasi hamda uning tarkibida shaxsiy sug‘urtaning ulushi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichga qarasak,shaxsiy sug‘urta ixtiyoriy sug‘urtaning tarkibida 9,3 % ni shuningdek, jami sug‘urta mukofotlarida 5,0 % ni tashkil qiladi. Bu albatta juda past ko‘rsatkichni tashkil qiladi.
Biz bitiruv malakaviy ishimizda shaxsiy sug‘urta turlarining, xususan fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash tartibini o‘rganar ekanmiz, uning amaliyotini “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ misolida ko‘rib chiqamiz, sababi ushbu sug‘urta kompaniyasi umumiy sug‘urta tarmog‘i klassifikatorining barcha 14 «Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 36 klasslari bo‘yicha faoliyat yuritadi va sug‘urta bozorining umumiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha mamlakat miqyosida yetakchilik qiladi.
4 964
100,0 1. Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug’urtalash 646 13,0
2. Kasalliklardan ehtiyot
shart sug’urtalash 26 0,5
3. Tibbiy sug‘urta 4 171
84,0 4. Chet elga chiquvchilar sug'urtasi 27 0,5 5. Qo'shimcha pensiya sug'urtasi 94 1,9 “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ dastlab qishloq xo‘jaligi sohasini sug‘urtaviy himoyalashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, hozirga kelib u barcha turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib o‘zining millionlab mijozlarini moddiy tarafdan himoya qilib kelmoqda. Buning sabababi, birinchidan kompaniyaning to‘lovga layoqatlilik darajasi, ustav kapitali miqdorlarining o‘sishi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchidan qishloq xo‘jaligi sohasini sug‘urtalaydigan raqobatbardosh kompaniyalarning vujudga kelishi hisoblanadi. Kompaniya respublika bo‘ylab barcha viloyat va tumanlarda o‘zining filial va bo‘linmalariga ega bo‘lib, barcha aholini baxtsiz hodisa va turli kasalliklardan himoya qilib kelmoqda. Shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni ushbu sug‘urta turlariga qiziquvchilar soni nechog‘lik ko‘p bo‘lgani va o‘z o‘rnida kompaniyada bir qator sa’y-harakatlar amalga oshirilganligini anglatadi. 2016 yilda sug‘urta shartnomalari soni 4570 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 108.6 %ga o‘sgan holda 4964 taga yetgan. Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, shaxsiy sug‘urta 15 «Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 37 shartnomalarining 99.9 %i aynan fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash turiga to‘g‘ri kelmoqda, qolgan qismlar yuqumli kasalliklardan sug‘urtalash va tibbiy sug‘urta hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tahlil etilayotgan ko‘rsatkichlarning barchasida sug‘urta shartnomalarini tuzish bo‘yicha 2018 yilda o‘tgan 2016 yilga nisbatan qisman o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, yuqumli kasalliklardan sug‘urtalashda 2 barobar o‘sish kuzatilgan. Demak, fuqarolarda o‘z salomatliklarini muhofaza qilish va uni turli ko‘ngilsizliklardan asrashga qaratilgan moddiy manfaatlar yuzaga kelgan, bu esa oholining daromadlilik darajasi oshayotgani va yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana bilganliklaridan dalolat beradi.
4 007,8
100,0 1. Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug’urtalash 1 904,2 47,5
2. Kasalliklardan ehtiyot
shart sug’urtalash 171,0 4,3
3. Tibbiy sug‘urta 831,2
27,5 4. Chet elga chiquvchilar sug'urtasi 1 100,8
20,7 5. Qo'shimcha pensiya sug'urtasi 0,6
0,0 Mazkur sug‘urta kompaniyasida shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlari tushumini tahlil etadigan bo‘lsak, 2018 yilda 2016 yilga nisbatan 116 %ga o‘sish kuzatilgan bo‘lib, 4007,8 mln. so‘mni tashkil etgan. Ushbu mablag‘larning eng katta hajmi fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashga to‘g‘ri kelmoqda, eng kichik hajmi esa yuqumli kasalliklardan sug‘urtalash turiga to‘g‘ri kelgan, umuman olganda bitta sug‘urta shartnomasiga 16 «Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 38 mos keladigan mukofotlari hajmini kuzatadigan bo‘lsak, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha o‘rtacha 2525 so‘m, yuqumli kasalliklardan sug‘urtalash bo‘yicha 1900 so‘m va tibbiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘rtacha 17250 so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari to‘g‘ri kelgan. Demak, kompaniyada sug‘urta turlari bo‘yicha past tarif stavkalarini qo‘llash natijasida potensial sug‘urtalanuvchilarda qiziqish uyg‘otish va sug‘urta turlari iste’molini kengaytirish mumkin. 6-jadval “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ Toshkent viloyat filialida shaxsiy sug‘urta va uning tarkibi bo’yicha sug‘urta javobgarligining hajmi, mln.so‘m 17 № Ko‘rsatkichlar 2018 yil Ulushi % da Shaxsiy sug‘urta, shu jumladan: 140 367,8 100,0
sug’urtalash 126 127,9 89,9
2. Kasalliklardan ehtiyot
shart sug’urtalash 80,0 0,1
3. Tibbiy sug‘urta 8 154,3
5,8 4. Chet elga chiquvchilar sug'urtasi 6 005,6
4,3 “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ bo‘yicha shaxsiy sug‘urta turlari uchun olingan sug‘urta javobgarligining umumiy hajmi 2016 yilda 1349,7 mln. so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich pasayish tendensiyasini bajargan, ya’ni 140367,8 mln. so‘mga kamaygan, vaholanki, sug‘urta shartnomalarining soni, sug‘urta mukofotlari tushumida ushbu yillarda o‘sish kuzatilgan. Shaxsiy sug‘urta tarkibida fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha ham sug‘urta javobgarligining hajmi kamaygan, yuqumli kasalliklar va tibbiy sug‘urtalash bo‘yicha esa 144 %ga o‘sish kuzatilgan. Demak, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha majburiyatlar hajmining kam bo‘lgani 17 «Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 39 umumiy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha javobgarlik miqdorining pasayishiga sabab bo‘lgan.
1 607,8
100,0 1. Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug’urtalash 370,4 23,0
2. Kasalliklardan ehtiyot
shart sug’urtalash 9,9 0,6
3. Tibbiy sug‘urta 1 065,1
66,2 4. Chet elga chiquvchilar sug'urtasi 95,9
6,0 5. Qo'shimcha pensiya sug'urtasi 66,5
4,1 Ma’lumki, «Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ keyingi yillarda sug‘urta qoplamalarini to‘lash bo‘yicha bozorda yetakchilik qilib kelmoqda, buni kompaniyada sug‘urta da’volari bilan ishlash tizimining yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi, sug‘urta qoplamalarini to‘lash tartiblarining ixchamlashtirilganligi va qisqa muddatlarda amalga oshirilishi bilan izohlash mumkin. To‘langan sug‘urta tovonlari hajmining yillar kesimida o‘sish tendensiyasini bajarganligini yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin. 2016 yilda 1034.6 mln. so‘m miqdorida sug‘urta tovoni to‘langan bo‘lsa, 155,4 %ga o‘sgan holda 2018 yilga kelib bu miqdor 1607,8 mln. so‘mga yetgan. Barcha ko‘rsatkichlarda kuzatilgani kabi sug‘urta tovonlari hajmida ham fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning hissasi baland bo‘lgan, bu esa aholining kutilmagan xarajatlardan himoyalanish va o‘z salomatligi haqida qayg‘urish istagi ortib borayotganligidan dalolat bermoqda. Hozirgi vaqtda kasalliklardan va boshqa baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash ixtiyoriy va majburiy ko‘rinishda amalga oshiriladi. 18 «Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 40 Bundan tashqari umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy davlat sug‘urtasi belgilangan. Sug‘urtaning ushbu turida sug‘urta mukofotlari va sug‘urta qoplamalari miqdorlari olingan jarohat og‘irlik darajasiga qarab belgilanadi. Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy davlat sug‘urtasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, qonunlar va sug‘urta tashkilotlarining meyoriy hujjatlari talablari asosida tartibga solinadi. Shu bilan bir qatorda “Kafolat sug‘urta kompaniyasi”AJ aholi, korxona va tashkilotlarga yanada yaqin bo‘lish maqsadida xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda hamda har bir mijozning zamonaviy talablariga javob beruvchi sug‘urta turlari spektrini taqdim etib kelmoqda. Kompaniya xodimlari mijozlarning talab va istaklarini qondira oladigan yangi yo‘nalishlar va sug‘urta turlarini yaratish ustida doimiy ravishda ish olib borishmoqda. III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA SHAXSIY SUG’URTANI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 41 3.1. O‘zbekistonda shaxsiy sug’urtani rivojlantirishdagi muammolar va kamchiliklar Bitiruv malakaviy ishning avvalgi boblarida guvoh bo’ldikki, baxtsiz hodisalardan sug’urtalash aholini ijtimoiy himoya qilishning eng qulay va arzon usuli hisoblanadi. Bu fikrni bot-bot takrorlashdan charchamasligimiz kerak, toki uning mohiyatini to’laligicha anglab olmagunimizga qadar. Inson salomatligini hech qanday mezon bilan o’lchab bo’lmaydi, uning qiymati beqiyos. «Sog’ tanda sog’lom aql» deb bejizga aytilmagan. Demak, salomatligimiz haqida qayg’urish, uni doimo saqlash, turli xavflardan asrash o’zimizning qo’limizda. To’g’ri, hech kim o’z sog’ligiga atayin zarar yetkazmaydi, lekin unga befarq insonlar ham uchrab turadi. Hayotimiz yo’llari juda ko’p kutilmagan, noxush hodisalarga, tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlarga to’la, agar ularning qachon, qayerda va kim bilan sodir bo’lishini bilganimizda edi, biz ularning oqibatlaridan aziyat chekmagan bo’lar edik. Xuddi shu sababli ham bizda sug’urta sohasiga ehtiyoj paydo bo’ladi. Bugungi kunda sug’urta xizmatlarining ko’lami yetarli darajada kengaygan va aholi uchun tanlash imkoniyati yuqori. Biz ta’kidlab o’tgan fikrlar esa baxtsiz hodisalardan sug’urtalash, ya’ni sug’urta faoliyati klassifikatorining birinchi klassiga oid sug’urta turlari bo’yicha sug’urtalanishni taqozo qiladi. Baxtsiz hodisalardan sug’urtalashning ob’ekti bo’lib, inson salomatligi, mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki umrbod yo’qotish hamda vafot etish hollari hisoblanadi. Mamlakatimizda sug’urta sohasining shakllana boshlaganiga mana 27 yil to’ldi, shu davr mobaynida aholi bu sohaning, aniqrog’i unga tegishli xizmat turlarining zarurligini va kelajakda bizni katta, kutilmagan xarajatlardan asrab qolishini tushunib yetmoqdalar. Shaxsiy sug’urta turlari bo’yicha aholining turli qatlamlari majburiy va ixtiyoriy tarzda sug’urtlanishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishimizda esa biz uning ixtiyoriy turlaridan hisoblanuvchi fuqarolarni baxtsiz hodisalardan
42 sug’urtalash amaliyotiga asosiy e’tiborni qaratganmiz. Hozirga kelib ushbu sug’urta turi amaliyoti qo’llanib kelinmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz sug’urta bozori infratuzilmasini samarali tashkil etish 2018 yil uchun belgilangan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirda O’zbekistonda 27 ta sug’urta kompaniyasi, 3 ta sug’urta brokeri, 7 ta assistans, 15 ta adjaster va syurveyer, 3 ta aktuariy, 8000 ga yaqin sug’urta agentlari professional darajada faoliyat yuritib kelmoqda. Sug’urta brokeri, assistans, adjaster, syurveyerlarning barchasi yuridik shaxs sifatida ish olib boradi. Lekin mamlakatda mavjud 27 ta sug’urta kompaniyasi uchun ushbu ishtirokchilarning soni kamlik qilmasmikan? Misol uchun, broker yoki agentlarning yordamisiz ham sug’urta munosabatlarini o’rnatish mumkin, lekin adjaster, syurveyerlarning xizmatidan har bir shartnomaning tuzilishida yoki sug’urta summasini to’lab berish to’g’risida qaror qabul qilishda foydalaniladi. Demak, hamma sug’urta kompaniyasi ham ularning xizmatidan foydalana olmayapti, ayniqsa chekka tuman, shaharlarda, bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, sug’urta kompaniyalarining ko’pchiligida ularning vazifasini sug’urta agentlari bajarib kelmoqda. Sug’urta agentlari haqida gap borar ekan, ular o’z faoliyatida ba’zi kamchiliklarga yo’l qo’yayotganligini aytib o’tish joiz. Ma’lumki, maktablar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari o’z o’quvchi-talabalarini ko’pincha sug’urta agentlari orqali baxtsiz hodisalardan sug’urtalaydilar. Agentlarning eng birinchi vazifasi potentsial mijozlarni sug’urtaning tartib- qoidalari, shartlari, sug’urta mahsulotlarining turlari bilan tanishtirish, unda qo’llanilayotgan tarif stavkalarning qanday omillarga asoslanib hisoblangani, sodir bo’lgan hodisalar sug’urta hodisasi deb tan olinishi yoki olinmasligi, sug’urta munosabatiga kirishayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlari yoinki barcha ma’lumotlarni sug’urtalanmoqchi bo’lgan shaxslarga taqdim etishi hisoblanadi. Lekin ba’zi sug’urta agentlari o’z vazifalarini sidqidildan bajarmayaptilar, bu ayniqsa chekka hududlarda sodir bo’lmoqda, natijada o’quvchilar, talabalar sug’urta agentlarining taklifini rahbariyatning buyrug’i sifatida qarab sug’urta mahsulotini sotib olmoqdalar, bu ham yetmaganidek,
43 sug’urta polisini bir necha oylar o’tganidan keyin o’z qo’llariga olmoqdalar, vaholanki sug’urta polisi mijozga mukofot puli kompaniya hisobiga o’tgandan keyin uch kun ichida berilishi kerak. Aslida sug’urta agentlari mijozlarni jalb qilish maqsadida biror-bir idoraga kelar ekan, unda ishlaydigan xodimlarga yoki maktab o’quvchilarini sug’urtalayotganda ularning ota-onalari uchun sug’urtaning mohiyati va afzallik jihatlari to’g’risida taqdimot tayyorlab kelishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga qarab mijozlar sug’urtalanish kerak yoki kerakmasligi haqida mustaqil qaror qila oladilar. Agentlar sug’urta xizmatlarining ahamiyatli tomonlarini atroflicha yoritib bersalar, bu sug’urta kompaniyasining sug’urta bozoridagi reytingini oshiradi hamda keyingi yillar uchun sug’urta shartnomasi tuzilishiga zamin yaratadi. Umumiy sug’urta tarmog’ining birinchi klassi - baxtsiz hodisalardan sug’urtalashda sug’urta hodisasi natijasida sug’urtalanuvchilarning hayoti yoki sog’ligiga ziyon yetsa, sug’urta kompaniyalari ko’pincha zarar ko’rgan shaxsga assistans xizmatlarini ko’rsatadilar, ya’ni tibbiy muassasaga davolanish uchun yuboradilar. Sug’urta shartnomasini tuzishda har ikki tomon uchun qulay sharoitlarni hisobga olish zarur. Masalan, sug’urtalangan shaxs tibbiy xizmatdan bosh tortib, sog’ligini tiklash uchun sarflanadigan summani naqd pulda olmoqchi, deylik uy sharoitida xalq tabobati amaliyotidan foydalangan holda davolanmoqchi yoki boshqa tibbiy muassasada davolanishni afzal ko’radi, shunday hollarda sug’urta kompaniyasi o’z mijozlarining talabini qondirishi zarur. Xulosa qilib aytganda, sug’urta kompaniyalari ushbu klasslarni amalga oshirish tartib-qoidalarini qaytadan ko’rib chiqishi, ya’ni sug’urtalanuvchilar talablarini hisobga olgan holda va ular uchun qulay shartlarda tuzishi mijozlar sonining ortishiga va sug’urtaviy xizmatlarning “sifatli” deya nom olishiga olib keladi.
Bugungi kunda fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalash amaliyotida bir qator muammolarga duch kelinmoqdaki, ular sug’urtalanuvchilarning birmuncha noriziliklariga sabab bo’lmoqda va natijada potentsial sug’urtalanuvchilarning sug’urtalanishga bo’lgan ishtiyoqi susaymoqda. 44 Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash mamlakat sug‘urtalash tajribasida shaxsiy sug‘urtaning eng ana’anaviy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Biroq bozor islohotlari amalga oshirilayotgan yillar ichida jiddiy o‘zgarishlarga uchradi. Ushbu jarayon aholining muayyan guruhlari va toifalari uchun baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning majburiy shakllari joriy etilganligi, korxona va tashkilotlar xodimlarini baxtsiz hodisalardan jamoa shaklida sug‘urtalashning rivoj topishi, mamlakatimiz uchun yangi hisoblangan xorijga chiquvchi fuqarolarni sug‘urtalash kabi sug‘urta turining keng tarqalishi bilan bog‘liqdir. Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash tajibasining ko‘rsatishicha, u o‘zining yagona ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini saqlagani holda, turli-tuman shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Shunday ekan, sug‘urta bozorida ushbu sug‘urta turini rivojlantirish hamda undagi muammolarning yechimini topish muhim ahamiyat kasb etadi. Inson hayotida eng ko‘p va juda tez-tez uchraydigan asosiy hodisa bu baxtsiz hodisa hisoblanishi sababli, ushbu hodisa sodir bo‘lganda sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishda bugungi kunda juda ko‘p muammolarga duch kelinmoqda. Quyida biz mamlakatimiz sug‘urta bozorida shaxsiy sug‘urtani rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va muammolarni ko‘rib chiqamiz. 1-muammo. Chet mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, sug‘urta bozorining 50 %idan ortig‘i aynan shaxsiy sug‘urta hissasiga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu holatni O‘zbekistonda kuzatish muammo hisoblanadi, chunki O‘zbekiston aholisi o‘z hayoti, sog‘ligi va mehnatga layoqatlilikni muhofoza qilishni keyingi o‘rinlarga qo‘yadi. O‘z mulklarini noxush hodisalardan himoyalashga birlamchi ehtiyoj sifatida qaraydilar. 2-muammo. Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalashda bugungi kun amaliyotida shunday
kamchiliklar mavjudki, ular kelajakda sug’urtalanuvchilarning noroziliklariga sabab bo’lishi mumkin. Ulardan biri sug’urtaga tortilayotgan shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tkazmagan holda sug’urtalanishidir. 3-muammo. Korxona ishchi-xodimlarini baxtsiz hodisalardan sug’urtalash 45 amaliyotida kuzatilayotgan muammolardan biri bu – korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlarning sug’urta madaniyati darajasi bir xil emasligida. Bilamizki, ushbu sug’urta turida sug’urtalanuvchi bo’lib korxona rahbari, sug’urtalangan shaxs bo’lib esa ishchi-xizmatchilar hisoblanadi, demak sug’urtalash ommaviy tarzda amalga oshirilganligi uchun barcha xodimlarning talab-istaklari, ehtiyojlari bir-birinikiga mos bo’lishi zarur, shunda sug’urtalash jarayoni tushunmovchiliklarsiz kechadi, aks holda xodimlarning ayrimlari sug’urtalanishni istamasliklarini aytib, jarayonning to’xtab qolishi yoki kechiktirishga sabab bo’lishi mumkin. Shuning uchun sug’urta kompaniyasi yoki unga xizmat ko’rsatuvchi sug’urta agentlari ushbu sug’urta turining ahamiyati va afzallik jihatlarini yaxshilab tushuntirishlari, shu paytga qadar kompaniyada tuzilgan shu turdagi sug’urta shartnomalari va ular bo’yicha amalga oshirilgan sug’urta qoplamalari to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni taqdim etishlari zarur, shunda potentsial sug’urtalanuvchilarda qiziqish paydo bo’ladi.
4-muammo. Bugungi kunda maktab o‘quvchilariga shaxsiy sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilmayapti, to‘g‘rirog‘i ular o‘zlari bunga salbiy munosabat bildiradilar, vaholanki aynan maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida bugungi kunda yo‘l-transport hodisalariga duchor bo‘lish, bola o‘g‘irlash, ehtiyotsizlik tufayli tan jarohatlarini olish (zinadan pastga qulash, mashg‘ulotlar jarayonidagi noxushliklar) hollari muntazam uchramoqda. 5-muammo. Aholida shaxsiy sug‘urtaning ixtiyoriy turlariga, jumladan, eng ko‘p tarqalgan baxtsiz hodisalardan va kasalliklardan sug‘urtalanishga ehtiyoj juda past, majburiy turlar esa qonunchilik asosida amalga oshirib kelinmoqda. Muammo shundaki, aholi “baxtsiz hodisa yoki kasallik natijasida ko‘rilgan zararlar to‘liq qoplanmaydi, sug‘urta tovonlarini olishga ko‘p vaqt sarflanadi, hujjatbozlik natijasida ko‘p ovoragarchiliklar kelib chiqadi” degan tasavvurda qolib ketmoqda. 6-muammo. Tibbiy sug‘urta bo‘yicha litsenziya aksariyat sug‘urta kompaniyalarida mavjud bo‘lishiga qaramay uni sanoqli sug‘urtalovchilar olib
46 bormoqda, sababi aholida tibbiy sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tizimini anglab olmagani, tibbiy xizmatlar faqat sug‘urta summasi doirasida amalga oshirilishi (aholi salomatlikning to‘liq tiklanishiga ishonmaydilar), shuningdek sug‘urta kompaniyalarida assistans kompaniyalar bilan va assistans kompaniyalarning tibbiyot muassasalari bilan ma’lumot almashishning sust olib borilishi hisoblanadi. 7-muammo. Shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha kompaniya javobgarligini aniqlashning mezonlari yo‘qligi. Biz bilamizki, shaxsiy sug‘urtada sug‘urta summasi faqat kelishuv asosida o‘rnatiladi, ammo shuni ham real omillarga tayangan holda va shaxsning sog‘ligiga individual yondashgan holda belgilash zarur.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, sug’urtalanuvchi – yuridik shaxslarning ko’p qismi o’z tashkilotlarida yuridik bo’linmalar va mas’ul shaxslarga ega, ushbu shaxslar orqali ular manfaatlarini tegishli tashkilotlarda himoya qilishlari mumkin. Ammo sug’urtalanuvchi jismoniy shaxslar baxtsiz hodisasini ko’rib chiqish jarayonida yuridik yordamga doimo ehtiyoj sezadi, sug’urtalanuvchi - jismoniy shaxslarning baxtsiz hodisani ko’rib chiqish jarayonini mukammal tushunmasliklari ularning ortiqcha ovora bo’lishlariga va natijada bir qancha noroziliklarni kelib chiqishiga sabab bo’lib kelmoqda. Sug’urta kompaniyalari tomonidan fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalashda ularning faoliyatidagi va yashash tarzidagi xavf darajasining inobatga olinishi maqsadga muvofiqdir. Buning afzallklari quyidagilardan iboratdir: - fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalashda shartnoma tuzilayotganda turli xil nizolarni kelib chiqishining oldi olinadi; - sug’urta kompaniyasi sug’urtalanuvchining asosiy faoliyat turlari bilan bir qatorda yashash tarzi va sog’ligi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ham tanishadi; - to’plangan ma’lumotlarga qarab sug’urta mukofoti summasi aniq belgilab olinadi. 47 Respublikada fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urtalash amaliyotiga “insonga yetkaziladigan ijtimoiy-biologik zararni baholash” jadvalining kiritilishi ushbu sug’urta turining takomillashuviga olib keladi, deb hisoblaymiz. Bunday jadvallar dastlab anglosakson mamlakatlarida paydo bo’lgan, endilikda esa barcha rivojlangan mamlakatlar tomonidan qo’llanilmoqda. Mazkur jadvallarning asosiga insonning jismoniy yaxlitligiga ziyon etkazilishi va tegishli ravishda uning mehnatga layoqati va hayotiy qobiliyatlarining yomonlashuvi uchun to’lanadigan moddiy tovon miqdorini hisoblab yozish taomili qo’yilgan. Amalda jadvalga oid koeffitsientlar shu tarzda aniqlanganki, bunda yosh yigit salomatligining yo’qotilishi yoshi o’tgan keksa kishiga nisbatan yuqoriroq baholanadi. Bu jadvallardan nafaqat baxtsiz hodisalardan sug’utalash holatlarini ko’rib chiqish uchun, balki fuqarolik javobgarligi masalalarini hal etish uchun ham, shuningdek inson salomatligi va hayotiga yetkazilgan zararni aniqlashning boshqa holatlarida ham foydalaniladi. Umuman olganda, ishimizning ushbu qismida aytib, muhokama qilingan kamchiliklar, muammolarni bartaraf etish sug’urta mahsulotlarining iste’mol darajasini oshiradi va bu mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi o’sishini ta’minlaydi. Ishning keyingi qismida biz ushbu sohani rivojlantirish yuzasidan fikrlarimizni bayon etamiz. Download 459.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling