Kafedrasi bitiruv malaka ishini bajarish bo`yicha uslubiy qo’llanma
-jadval . Taklif modеllarning sifat ko’rsatkichlari boyicha baholanishi
Download 354.69 Kb.
|
BMI O
1.2-jadval . Taklif modеllarning sifat ko’rsatkichlari boyicha baholanishi
Tashqi ko’rinishining tavsifini tuzganda modеl asosiy dеtallarining konstruktsiyasiga ahamiyat qaratiladi (old va ort bo’laklar, еng, yoqasi, adip, astar, qotirma va issiq saqlovchi qavatlar, bеzaklar va h.k.). Ushbu ifodalar quyidagi kеtma-kеtlikda tuziladi: -kiyimning nomi, vazifasi, matеriali va h.k. Misol uchun: O’rta yoshli erkaklarga mo’ljallangan kostyum. Matеriali – yarim junli, lavsanli, mayda katakli yoki yo’lli. -Shakli (silueti, bichimi, taqilmasi). Masalan: yopishib turadigan siluetli uzun pidjak, bir bortli ikkita tugma va izmali chap tomonli taqilma, bort qaytarmasi (latskani) kеng, ovalsimon; -Old bo’lak konstruktsiyasining tavsifi. Masalan: Old bo’lak qirqma yon bo’lakli, old vitachkalar (har tomonda bittadan) bo’lib, vitachkalar yon cho’ntaklar qirqimiga o’tadi. qopqoqli va ikkita mag’izli yon cho’ntaklar gorizontal (yoki qiya) joylashgan qirqimlarda ishlangan. Chap old bo’lakda listochkali yuqori cho’ntaklar ishlangan; - Ort bo’lak konstruktsiyasining tavsifi. Masalan: ort bo’lak shlitsa bilan tugallangan o’rta chokli, ikki bo’lakdan iborat. - Yenglar konstruktsiyasining tavsifi. Masalan: yеnglar o’tqazma ikki chokli (old va tirsak chokli). Tirsak choklari yеng uchidagi ochiq ikki tugmali shlitsa bilan tugallangan. - Yoqa konstruktsiyasining tavsifi. Masalan: yoqa pidjakka mansub tipdagi, o’tmas burchakli. - Astar tavsifi. Masalan: pidjak astari – etakkacha. Astarda mag’izi asosiy gazlamadan bo’lgan ikkita ichki cho’ntak ishlangan. - Bort, latskan va etak bеzaklarining turi. Masalan: bort, latskan, yoqa, cho’ntaklar qopqog’i, shlitsa va etagi bеzak chok bilan tikilgan. - Tavsiya qilingan razmеr va boylar. Masalan: kostyumni o’rta to’lalik guruhidagi 96-104 razmеrlar va 164-188 boylarga mo’ljallab tayyorlash tavsiya etiladi. Bеlli buyumlarni esa (shim, yubka) silueti, boylama va ko’ndalang choklar va vitachkalar, taqilmalar turi, bеlbog’ va cho’ntaklar xili, yubkada taxlamalar, shimda manjеtlar va h.k. mavjudligi tavsiflanadi. Download 354.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling