1.5.3. “DURADGORLIKDA ISHLATILADIGAN NAZORAT-O‘LCHOV
VA REJALASH ASBOBLARI” MAVZUSINING MAZMUN VA
MOXIYATI
REJA:
1. Yog’och o‘ymakorligida o‘lchov asboblarning ahamiyati.
2. Go‘niya va uning turlari
3. Xatkash va undan foydalanish.
4. Sirkul va unin turlari
Yog’och materiallardan tayyorlanadigan buyumlarning
aniq va yaxshi
sifatli chiqishi duradgorning ish malakasiga va shu bilan birga, nazorat-o‘lchov
hamda rejalash asboblaridan o‘rinli, to‘g‘ri foydalana olishlariga bog‘liq.
Duradgorlikda masshtabli chizg‘ich, go‘niya, porsi go‘niya, vintli porsi
cho‘niya, xatkash kabi nazorat-o‘lchov va rejalash
asboblaridan foydalaniladi
Masshtabli chizg‘ich yordamida Yog’och materiallarning, tayyor detal va
buyumlarning o‘lchamlari o‘lchanadi va rejalash ishlari bajariladi.
Masshtabli chizg‘ich yordamida rejalashda baza yuzasidan boshlab kerakli
o‘lchamlar belgilanadi. Bu belgilar ustiga chizg‘ich o‘rnatilib qalam yoki
chizg‘ich bilan reja chiziladi. Masshtabli chizg‘ich yordamida egri chiziqlarni
ham rejalash mumkin. Buning uchun egrichiziq o‘rniga uning egriligiga qarab
har er-har erga mix qoqib olinadi. So‘ngra chizg‘ichni qirrasi
shu mixlar
bo‘yicha egib o‘tqiziladi va qalam bilan reja chiziq chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: