II-BOB. “DURADGORLIK” FANINI O‘QITISHDA INNAVATSION
TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AMALIY
ASOSLARI
2.1. Innovatsion ta’lim texnologiyalarining nazariy asoslari.
Metodlarning moxiyati va uni amalga oshirish texnologiyasi
Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash
bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Innovatsion
ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash
yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli
ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni
amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining
tuzilmasi hamda mazmunini
zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‘zda
tutadi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy
asoslari. Lug‘aviy
jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima
qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi.
“Innovatsiya” tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi. “O‘zbekiston
Milliy ensiklopediyasi”da ko‘rsatilishicha, innovatsiya
quyidagicha mazmun va
tushunchalarga ega: “Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik,
ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash
uchun
iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy- texnika yutuqlari va ilg‘or
tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish
va mehnatni tashkil
etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek,
ularning turli sohalar va faoliyat
doiralarida qo‘llanishi”
Innovatsiyalar turli ko‘rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy
ko‘rinishlari sanaladi:
• yangi g‘oyalar;
• tizim yoki faoliyat yo‘nalishini o‘zgatirishga
• qaratilgan aniq maqsadla
lgan o‘zgarishlarningga ko‘ra
• noan’anaviy yondashuvlar;
• odatiy bo‘lmagan
tashabbuslar;
• ilg‘or ish uslublari
~ 36 ~
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovatsiyalarni qo‘llashda
sarflangan mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish
maqsadi
ko‘zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u
boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega
bo‘lishi zarur. An’anaviy va Noan’viy ta’limning
farqlari quyidagi jadvalda
keltirib o‘tilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: