Bundan tashqari, foydalanuvchilar javobning toʻgʻrilik darajasini baholash; testlash rejimini qoʻshgan holda qisman toʻgʻri javoblar hisobini yuritish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun topshiriqlar sozlamasining Выбор menyusi Составитель punktining Бывалый rejimini (malakali foydalanuvchi rejimi) tanlash zarur.
42-rasm
Savolning vazni
Malakali foydalanuvchilar (
Бывалый) uchun rejimni oʻrnatishda savolning nisbiy muhimligini berishingiz mumkin(42-rasm). Bu
Вес (Vazn) muloqoti ѐrdamida amalga oshiriladi. Siz savolning vaznini 0 dan 100 gacha diapozonda (oraliqda) oʻrnatishingiz mumkin. Bunda savolga toʻgʻri javobda olingan ochkolar vaznning qiymatiga teng marta kattalashadi.
43-rasm
Testning boshlanishida vazni nolga teng boʻlgan
va umumiy holda
test natijalarida hisobga olinmaydigan ikki-uchta savol yaratishingiz mumkin.