Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


Ta‘lim metodlari tuzilasi


Download 0.57 Mb.
bet64/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika

Ta‘lim metodlari tuzilasi

Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim vositalari.


Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.



Ta’lim metodlarining asosiy funktsiyalari

Bu funksiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi. Misol uchun, tashhisli funksiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.


«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p hollarda «metodik usul» (sinonimlari –pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilmaxilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan usullarni ajratib ko’rsatish mumkin:



Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.


Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
- didaktik maqsad asosida;
- ta’lim mazmuni asosida;
- o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
- o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O’qituvchi tomonidan qo’llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang’ich sinflardan yuqori sinflarga o’tish asosida o’zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi.
Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo’llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo’llashga bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog’liq holda o’zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, - «Biroq bugungi kunda etakchi sanaluvchi didaktik g’oya yagona va o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O’qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon.
Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak».

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling