Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


Download 0.57 Mb.
bet1/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
FARG’ONA VILOYATI PEDAGOGLARNI YANGI METODIKALARGA O’RGATISH MILLIY MARKAZI


«Tasdiqlayman»
markaz direktori
________ F.A. Saxibova
__ ________ 2023 yil

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA, TA’LIM TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI




KASBIY VA PEDAGOGIK QAYTA TAYYORLASH KURSLARI UCHUN
UMUMIY PEDAGOGIKA”
FANI BO’YICHA O’QUV-USLUBIY MAJMUA


Qayta tayyorlash kursi Kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash
yo‘nalishllari:
O‘quv blok va fan nomi: Umumkasbiy fanlar bloki,
Umumiy pedagogika” fani


Farg’ona – 2023

Mazkur o’quv-ishchi dastur Farg’ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining 20__ yil «__» _______dagi №___-sonli qarori bilan tasdiqlangan.


Tuzuvchilar: Х.Qodirov Pedagogika va psixologiya, ta’lim
texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi
Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori
(PhD)
Taqrizchilar: M. Xollokov – FDU. Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori
(PhD)

F. Xamalova – Farg’ona VPYMO’MM


“Pedagogika va psixologiya, ta’lim
texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi.

Ushbu ishchi o‘quv dasturi Farg‘ona viloyati PYMO’MM “Pedagogika va psixologiya, ta‘lim texnologiyalari” kafedrasining 2023-yil “__”-__________dagi __-sonli yig‘ilishi qarori bilan ma‘qullangan hamda Farg‘ona viloyati XTXQTMOHM Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil “__”-__________dagi __-sonli yig‘ilishi qarori bilan o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.






KIRISH

So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchi-yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Chunki Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuv jarayonining ko‘zga tashlanayotganligidir. Globallashuv jarayoni o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlargina ega bo‘ladilar. Shunday ekan, xalq ta’limi tizimida pedagog kadrlarni pedagogik faoliyat yuritish huquqini berish bo‘yicha qayta tayyorlash jarayonida davrning mazkur talabini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.


Xalq ta’limi tizimida pedagog kadrlarni pedagogik faoliyat yuritish huquqini berish bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarida turli ixtisosliklar o‘qituvchilarining intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda ularni o‘quv jarayonida pedagogik imkoniyatlardan foydalanishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalari bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Qayta tayyorlash tizimida “Umumiy pedagogika” o‘quv fanining o‘qitilayotganligi pedagog kadrlarni pedagogik usullar, pedagogik imkoniyatlarning tashkiliy, metodik va didaktik imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishlari, ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalardan foydalanish ko‘nikma-malakalarini hosil qilish uchun sharoit yaratibgina qolmay, kasbiy faoliyatda ulardan samarali foydalanish borasidagi malakalarining mustahkamlanishini ham ta’minlaydi.
Ayni vaqtda “Umumiy pedagogika” o‘quv fani pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan qayta tayyorlash kurslarida tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan kasbiy bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini yanada rivojlantirish, keng ko‘lamli ilmiy-tadqiqotlarni olib borish, kuchli raqobat mavjud bo‘lgan mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini saqlab qolishlariga yordam beradi.
O‘quv fani doirasida tinglovchilar “Umumiy pedagogika” fani mohiyati, nazariy asoslari, pedagogikaning samarali shakl, metod va vositalari bilan tanishadi, kasbiy faoliyatda pedagogik imkoniyatlarini samarali, maqsadli qo‘llash malakalariga ega bo‘ladi, ta’lim jarayonini oqilona loyihalashtirishga doir tajribalarini yanada boyitadi. Bu esa o‘z navbatida o‘qitish jarayonida pedagoglarning faolliklarini ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi
Ushbu ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda usluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda mamlakatimiz mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlaridan kelib chiqib, pedagogik faoliyat yuritish huquqini beradigan qayta tayyorlash kurslarini samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling