Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


Germaniyada o’rta maktab tiplari: asosiy, real, aralash maktablar va gimnaziyalar


Download 0.57 Mb.
bet93/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika

Germaniyada o’rta maktab tiplari: asosiy, real, aralash maktablar va gimnaziyalar.
Nemis ta’lim oluvchilari boshlang’ich maktabni bitirganlaridan so’ng umumta’lim maktabining 2-pog’onasiga boradilar. 5 va 6-sinflar, ularning tashkiliy jihatidan qat’iy nazar, avvalambor, bola kamol topadigan davr bo’lib hisoblanadi, bolalarning keyingi o’qish shakliga yo’naltirish maqsadida kuzatuv olib boriladi. GFRning ba’zi Federal Yerlarida mavjud bo’lgan yo’nalishli bosqich (“Orientierungsstufe”) ota-onalarga, ta’lim oluvchi va o’qituvchilarga II bosqichdagi maktabga o’tishni hal qiluvchi ishonarli asosni berishga mo’ljallangan. Yo’naltiruvchi bosqich mustaqil o’quv muassasasi yoki II bosqichdagi maktabning 1 qismi sifatida tashkil etilgan. Berlinda bu bosqich boshlang’ich maktabning 5-6-sinf shaklida olib boriladi. GFRda o’rta maktablar 4ta tipga bo’linadi: gimnaziyalar, real maktablar, asosiy maktablar, umumlashgan maktablar.
Asosiy maktab
Asosiy yoki to’liq xalq maktabi boshlang’ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha ta’lim oluvchilar uchun majburiydir. Bu maktabda oxirgi majburiy sinf 9-sinf, ba’zi FElarda 10-sinf hisoblanadi. Ko’pchilik FElarda ta’lim oluvchilarga qo’shimcha 10-sinfga erkin qatnash imkoni berilgan.
Asosiy maktabning maqsadi-ta’lim oluvchilarni ikkinchi bosqich I doirasidagi ta’lim va kasbiy ta’limni davom ettirishga tayyorlash va umumta’lim kurslariga qatnashishdir. Asosiy maktablarda ta’lim oluvchilarni ishchi kasbi olami bilan tanishtirish orqali kasb tanlashga yordamlashishga e’tibor qaratiladi. Asosiy maktabdagi o’qituvchilar o’zlari o’qimagan sohalar bilan ham shug’ullanishga majbur bo’ladilar. Masalan nemis va ingliz tili o’qituvchilari texnikani ham o’zlashtiradilar. Bunday kasbiy aralashuvning pedagogik vazifasi ham bor: sinf rahbari bolalar uchun ishonchli shaxsga aylanishi va o’z tarbiyalanuvchilari bilan imkon boricha ko’p vaqt birga bo’lishidadir.
Asosiy maktab o’qituvchilari o’zlarini o’qituvchi emas, ijtimoiy pedagog deb his qiladilar. Lekin asosiy maktabdagi ta’lim oluvchilar yomon o’zlashtirishiga qaramasdan ko’pchiligi kasbiy ta’lim olishga muvaffaq bo’lishadi. Hozirgi kunda Ta’lim vazirligi asosiy maktabni isloh qilish zarurati xaqida fikr bildirmoqda. Bunda asosiy maktab o’qituvchilari boshlang’ich maktab o’qituvchilari kabi ixtisoslikka ega bo’lishlari kerak deyiladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling