Kafedrasi maktabgacha pedagogika
Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli
Download 165.5 Kb.
|
Badiiy adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hikoyani qismlar boyicha tuzdirish usuli.
Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli. Bu usul o'ziga xos bo’lib, undan o’quvchilarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida o’qituvshi va o’quvchilar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. Tarbiyachi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, o’qituvchi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o’zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.
Oxirida hikoya tarbiyachi tomonidan takrorlanadi, so'ngra 2-3 o’quvchi takrorlaudi. Bu usulning mohiyati shundaki, dars mashg'ulotida barsha bolalar faollik ko'rsatishadi, ularning xayollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu usulning bir qator kamchiliklari mavjud: o’quvchilarning nutq faoliyati jumlalarni tuzish, so’zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular monologik nutqni rivojlantirish ustida kam mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan foydalanish chegaralangan. Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli. Ayrim dars mashg'ulotlarida hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdyek, mashg'ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo'lib, hikoyalar to'liq va chuqur mazmunga ega bo'ladi, ko'p bolalardan so'rash imkoniyati Bujudga keladi. Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo'yicha tasvirlash mumkin. Masalan, o’quvchilar ushbu rasmlarni qism bo 'yicha tasvirlashlari mumkin: "ToBuqlar", "Mushuk bolalari bilan", "Echki bolalari bilan", "Sigir buzog'i bilan", "Qishki o'uinlar" va hokazolar. Tarbiyachi tasviriy hikoya ushun mavzu taklif etishdan avval rasmni kichik- kichik qismlarga ajratib chiqadi. Masalan, "Quyonlar" degan mavzuda tasviriy hikoya tuzishda o’qituvchi bolalarni shunday ogohlantiradi: "Quyon haqida hikoya qilamiz, ammo hammasini bir yo'la emas, balki quyonlar haqida hamma narsani xotirlash (esga tushirish) ushun tartib bilan gapiramiz". So'ngra har bir qism uchun reja taklif etish mumkin. Masalan: "Hozir, o’quvchilar quyonni tanasi nima bilan qoplanganligini, uning tumshug'i qanday ekanligini, u qandau harakat qilishini (uurishini) eslaymiz". Bu reja asosida 2-3 bola hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga o'tiladi: "Bizning quyonlarimiz qayerda yashashini, katagida nimalar borligini, ular nima uchun kerakligini gapirib bering". So'ngra quuonning oziqlari, kim ularga g'amxo'rlik qilishi va hokazolar haqida hikoya qilib berish mumkin. Dars mashg'uloti oxirida nutqi yaxshi, hikoya qilish malakasi riuojlangan bir o’quvchi rasmda tasvirlangan narsalar haqida batafsil gapirib berishi mumkin. Download 165.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling