Kafedrasi mikroiqtisodiyot
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Makroiqtisodiy Tahlil
Nominal YaIM – bu joriy narxlarda, ya’ni ushbu yil narxlarida
hisoblangan ko‘rsatkich bo‘lib, u qiymat ko‘rsatkichi hisoblanadi va shuning uchun narxlar darajasining o‘zgarishi uning kattaligiga ta’sir ko‘rsatadi. Nominal YaIMga ikkita omil ta’sir ko‘rsatadi: 1) ishlab chiqarish real hajmining o‘zgarishi; 2) narxlar darajasining o‘zgarishi. Real YaIMni hisoblash uchun esa nominal YaIMni unga ta’sir etuvchi narxlar darajasidan «xolos etish» lozim bo‘ladi. Real YaIM – bu qiyosiy narxlarda, ya’ni o‘zgarmas yoki bazis yil narxlarida hisoblangan yalpi ichki mahsulotdir. Bunda bazis yil qilib istalgan yilni olish mumkin, ya’ni tanlangan bazis yil joriy yildan oldin ham, undan keyin ham bo‘lishi mumkin (masalan, 2000 yil uchun real YaIMni hisoblash uchun 2018 yil narxlari bazis yil qilib olinishi mumkin yoki aksincha. 2018 yil uchun 2000 yil narxlari bazis yil deb qabul qilinadi). Shunday qilib, real YaIM quyidagicha aniqlanadi: Real YaIM = (Nominal YaIM / YaIM deflatori) x 100% MHTdagi ko‘rsatkichlar yalpi mahsulot va yalpi daromadni faqatgina miqdor jihatdan hisoblab beruvchi ko‘rsatkichlar hisoblanib, ular bir qator kamchiliklardan holi emas. Masalan, ular ilmiy-texnik taraqqiyot va iqtisodiy o‘sishning salbiy jihatlarini hisobga olmaydilar, bundan tashqari YaIM va MD ko‘rsatkichiga nisbatan kamroq darajada ortadigan farovonlik, hayot sifati darajasini aks ettirmaydi. Farovonlik darajasini aniqlashda odatda a) aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM (GDP per capita), ya’ni YaIM / mamlakatdagi aholi soni; yoki b) aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi MD (NI per capita), ya’ni MD / mamlakatdagi aholi soni ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Mamlakatlarni o‘zaro ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha qiyoslash uchun ularni nisbatan qat’iy valutada, ya’ni AQSh dollarida hisoblash amaliyotda keng tarqalgan. Ammo ushbu yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlar ham mukammal hisoblanmaydi va hayot sifati darajasini aniq belgilab bera olmaydi. Ularning asosiy kamchiliklari: a) ular o‘rtacha tenglashtirilgan (agarda bitta kishida ikkita avtomobil, ikkinchi bir kishida umuman avtomobil bo‘lmasa, u holda har birida o‘rtacha bittadan mavjud deb hisoblanadi); b) ular farovonlik darajasining ko‘pgina sifat jihatlarini hisobga olmaydi (bir xil kattalikdagi MDga ega ikki mamlakat turlicha: savodxonlik darajasi, umr kechirishining davomiyligiga ko‘ra, salomatlik va o‘lim darajasi, jinoyatchilik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha farqlanishi mumkin); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling