Kafedrasi mikroiqtisodiyot


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1489055
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Hulosa 
Makroiqtisodiy tahlilning asosiy sohasi – mamlakatda ishlab 
chiqarishning umumiy hajmi, inflatsiya sur’atlari, ishsizlik darajasi, 
to‘lov balansi saldosi, ayirboshlash kursi kabi makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar. Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – umumiy 
ko‘rsatkichlar ma’lumotlarining o‘zgarishini izohlash va davlat 
organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda 
va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o‘zgarishlarga munosabat bildirishda 
yo‘l ko‘rsatishdan iborat. Quyida eng muhim makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning asosiy turlarini, 
shuningdek, bozor va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda 
inflatsiya, bandlik, ishsizlik, real ish haqi darajasini o‘lchash va tahlil 
qilish usullarini ko‘rib chiqamiz. Ushbular esa ayni paytda axborot 
ob’ektlari hisoblanadi.
Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda iqtisodiyot 
nazariyasi (jumladan mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot) uchun standart 
hisoblangan dialektika va mantiqning uslub va tamoyillari qo‘llaniladiki, 
bunday 
umumiy 
uslub 
va 
tamoyillarga: 
abstraktlashtirish 
(mavhumlashtirish), ya’ni iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etish va 
tushuntirishda modellarni qo‘llash; deduksiya va induksiya usullari yoki 
ularni birgalikda qo‘llash, normativ va pozitiv tahlilni qo‘shib olib borish, 
umumlashtirish, «boshqa omillar o‘zgarmas bo‘lganda» tamoyillaridan 
foydalanish, iqtisodiy agentlarning ratsional harakatlari tahmini va 
boshqalarni kiritishimiz mumkin. Modellashtirish yoki abstraktlashtirish 
makroiqtisodiy tahlilning asosiy uslubi hisoblanadi va shuning uchun 
barcha makroiqtisodiy jarayonlar modellar orqali
o‘rganiladi. 
Ekonometrik modellar yordamida quyidagilarni amalga oshiriladi: 
• ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘lanishining 
miqdoriy tomonlarini o‘rganish; 
• biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini ob’ektiv 
baholash; 
• iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va 
ularning ta’sirini miqdoriy baholash; 
• xo‘jalikning rivojlanish tendensiyalari va proporsiyalarini ochib 
berish, foydalanilmagan ichki imkoniyatlar va zahiralarni aniqlash; 
• ilmiy asoslangan prognozlarni ishlab chiqish; 
• milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari asosiy 
ko‘rsatkichlarining istiqboldagi holatini aniqlash va baholash; 


• ilg‘or tajribalardan foydalanish va optimal boshqarish qarorlarini 
qabul qilish. 
Milliy hisoblar tizimi (MHT) mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va 
boyligi ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy darajada umumlashtirish va tahlil 
qilish uchun konseptual va statistik asosni yaratadi. Asosiy hisoblar ishlab 
chiqarish, iste’mol, sarmoyaning jamg‘arilishi, daromadlarning 
taqsimlanishi va ulardan foydalanishni aks ettiradi. Aktivlar va passivlar 
balansi milliy boylikning barcha tarkibiy qismlari – nomoliyaviy
moliyaviy aktivlar va majburiyatlar, tabiiy resurslar va boshqalar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish imkonini beradi. 
• 
1993 yilgi MHTni yangilash jarayoni rasman 2009 yilning mart oyida 
nihoyasiga yetdi, o‘shanda yangilangan versiya BMT Statistika qo‘mitasi 
tomonidan ma’qullandi. Unga «2008 yilgi milliy hisoblar tizimi» nomini 
berish tavsiya etilgan.
Agar ijtimoiy tizim insonning ma’naviy ehtiyojini qondirishga, 
millat sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan bo‘lsa, iqtisodiy tizim - hayotiy 
ne’matlarni 
yaratish 
yo‘li 
bilan 
insonlarning 
moddiy 
ehtiyojlariniqondirishga qaratilgan. Shuning uchun iqtisodiy tizim oldida 
quyidagi fundamental masalalar turadi: 

jamiyatning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun qancha 
tovar ishlab chiqarish va pullik xizmatlar ko‘rsatish kerak ?



eng yuqori samaradorlikka erishish uchun bu tovarlar va 
xizmatlarni qaysi resurslardan va qanday texnologiyada ishlab chiqarish 
kerak?



ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar kim uchun 
mo‘ljallangan?




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling