Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Download 435.6 Kb.
bet38/93
Sana20.11.2023
Hajmi435.6 Kb.
#1789301
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
Bog'liq
Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.org

Tarqatma materiallar:
1-tarqatma:
1.3-sinfda “Gap” mavzusiga oid og`zaki mashqlarni tahlil qilish.
2. 3-sinfda “Gap” mavzusiga oid yozma mashqlarni tahlil qilish.
2-tarqatma:
1.3-sinfda “Gap” mavzusiga oid mustaqil topshiriqlar tuzish.
2.3-sinfda “Gap” mavzusiga oid ijodiy topshiriqlar tuzish.
3-tarqatma:
1.3-sinfda “Gap” mavzusini didaktik materiallar asosida dars-reja ishlanmasini tuzish.
2. 3-sinfda “Gap” mavzusini interfaol metodlar asosida dars-reja ishlanmasini tuzish.
4-sinfda gapning uyushiq bo’laklarini o’rganish bilan gap bo’laklari haqidagi bilim kengaytiriladi. O’quvchilarda gap bo’laklari haqidagi tasavvurni o’stirish gapni o’zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilari gap bo’laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga) bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o’zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo’laklar esa bosh bo’laklarni aniqlovchilik va to’ldiruvchilik vazifasini bajaradi.

Ikkinchi darajali bo’laklarning mohiyatini ochish uchun o’quvchilar gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo’lagiga bog’lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig’iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko’rinadi. Masalan, o’quvchilar “Qaldirg’ochlar uchib keldi” gapini yozadilar. Fikrni to’liq ifodalash uchun gapga qaerga? va qachon? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni qo’yish topshiriladi. O’quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo’lagi (ikkinchi darajali bo’lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.


4-sinfda “Gap” mavzusiga oid dars-reja ishlanmasi tuzish.
Mavzu: Sintaksis, so`z birikmasi yuzasidan o`tilganlarni mustahkamlash.

Download 435.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling