Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua


-sinfda bayon o`tkaziladigan dars-reja ishlanmasini tuzish


Download 435.6 Kb.
bet42/93
Sana20.11.2023
Hajmi435.6 Kb.
#1789301
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
Bog'liq
Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.org

2-sinfda bayon o`tkaziladigan dars-reja ishlanmasini tuzish.
MAVZU:157- mashq asosida ta’limiy bayon .
DARSNING MAQSADI:
Ta’limiy: o‘quvchilarni reja asosida o‘z fikrini erkin bayon etish, gaplarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish, gapdagi so‘zlarni ma’no jihatdan bog‘lay olshga o‘rgatish;
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda insho yozish orqali ijodiy faoliyatini rivojlantirish .
Darsning turi: umumlashtiruvchi.
Darsning metodi: suhbat, mustaqil ishlash , “so‘zda so‘z tuz “ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar , ko‘rgazmalar.
Dasrning borishi:
I.Tashkiliy qism.
O‘quvchilarning darsga tayyorligi va sinf tozaligini nazorat qilish.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
So‘zdan so‘z tuz “ ta’limiy o‘yini.
O‘qituvchi o‘tilgan mavzuni aniqlaydi. Asos va asosdosh so‘zlarni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilarga quyidagi topshiriq beradi.
Namuna: Ushbu so‘zlarga asosdosh so‘zlar toping.
1.Sinf , sinfdosh, . . . .
2.Ish , ishchi , ishla, ishli, . . . .
3.Gul ,gulchi, guldon , gulla ,gulsiz , . . .
4.Suv ,suvla ,suvli , suvsiz , . . .
Darslik bilan ishlash. 157-mashqda berilgan “Aqlli bog‘bon “ertagi o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga ifodali o‘qib beriladi.Ertak matni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi. Suhbatdan o‘quvchilar oltin yerda emas, balki mehnatda ekanligini tushunib yetadilar . O‘quvchilar berilgan reja asosida ertakni qayta hikoya qiladilar.
Lug‘at ustida ishlash :
1.Ertak matnidan o‘quvchilar uchun notanish bo‘lgan so‘zlar aniqlanadi .
2.Olamdan ko‘z yumdi iborasining ma’nadoshlarini topish topshirig‘i beriladi.
Bayon yozishga tayyorgarlik . O‘quvchilar ayrim so‘zlarning ( bog‘bonning ,
o‘g‘illarini, chunonam, topilmabdi, mehnatda ) imlosini izohlaydilar. O‘quvchilar reja asosida bayon yozadilar.

Download 435.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling