Kafedrasi ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua
-Mavzu: 4-sinfda to`garak rеjasini va mashg`ulоt ishlanmasini tuzish
Download 435.6 Kb.
|
Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan O‘quv-uslubiy majmua-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tiri
- 4-sinflar uchun amaliy topshiriqlar
- Durbindan osmon tomon Yog’dusining kuchini, Qarab so’zlar astronom. Bilar qarab bir bora, Yulduzlarning burjini, Qayda qaysi sayyora.
- Tarqatma material: 1-tarqatma.
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 15-Mavzu: Ona tilidan tanlovlar rejasini ishlab chiqish. Reja
14-Mavzu: 4-sinfda to`garak rеjasini va mashg`ulоt ishlanmasini tuzish
Reja: 1.4-sinfda to`garak rеjasini tuzish. 2. 4-sinfda to`garak mashg`ulоt ishlanmasini tuzish. Tayanch so`z va iboralar: to`garak, to`garak rejasi, mashg`ulot ishlanmasi. Darsning maqsadi: Talabalarning 4-sinfda to`garak rejasini tuzish va mashg`ulot ishlanmasini tuzish metodikasi yuzasidan ko`nikma va malaka hosil qilish, mavzu yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash. Darsning tiri: Mustahkamlash tipidagi dars. Darsning jihozi: Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009, 4-to`garaklar rejasi.
4-sinflar uchun amaliy topshiriqlar:
Yoniga kelsa bolasi, Ta’zim qilar onasi (Choynak) Qat-qat qatlama, Aqling bo’lsa tashlama. (Kitob) Tunukani chertadi, Kesaklarni kertadi. Bir oz sho’xlik qilgach u Yerga singib ketadi. (Do’l) Tikuvchiga o’rtoq o’zi, Bittagina jajji ko’zi. (Igna) Tunda ko’rib, cho’g’ deysan, Tongda ko’rib, yo’q deysan. (Yulduz) Qishda terlab ishlaydi, Boshqa mahal qishlaydi. (Pechka) Grammatik topshiriq Vertikaliga (-chi, -li, -la) qo’shimchalarini toping. Ularning qaysi so’z turkumini yasovchi qo’shimcha ekanini ayting. Durbindan osmon tomon Yog’dusining kuchini, Qarab so’zlar astronom. Bilar qarab bir bora, Yulduzlarning burjini, Qayda qaysi sayyora.
Yer tagida oltin qoziq (Topishmoq). To’p.
Tikonli gul.
Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan … (Maqol). Eng aziz ne’mat. Bilim manbai. Bolalarga bilim beruvchi ustoz. Tarqatma material: 1-tarqatma. 1.4-sinfda to`garak mashg`ulotlari tuzish metodikasini izohlash. 2.4-sinfda to`garak mashg`ulotlari qanday mavzularda tashkil qilinishini izohlash. 2-tarqatma. 1.4-sinfda gap turlari, gapda so’zlarning bog’lanishi mavzulari uchun qanday mustaqil topshiriqlar berish. 2.4-sinfda sifat – so’z turkumi, sifatni ma’nosiga ko’ra farqlash, son so’z turkumi mavzulariga oid mustaqil topshiriqlar tuzish. 3-tarqatma. 1.4-sinf to`garak mashg`ulotlarida kishilik olmoshlarining kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi mavzusiga oid mustaqil topshiriqlar tuzish. 1. 4-sinf to`garak mashg`ulotlarida fe’l so’z turkumi, fe’llarni zamoniga ko’ra guruhlash mavzulariga oid ijodiy topshiriqlar tuzish. Nazorat uchun savollar: 1.4-sinf to`garak mashg`ulotlarida gap mavzusiga oid qanday mustaqil topshiriqlar berish mumkin? 2.4-sinf to`garak mashg`ulotlarida fe’l so’z turkumi, fe’llarni zamoniga ko’ra guruhlash mavzusiga oid qanday mustaqil topshiriqlar beriladi? 3.4-sinf to`garak mashg`ulotlarida fe’llarning shaxs-son qo’shimchalari bilan qo’llanishiga oid qanday mustaqil topshiriqlar beriladi? 4.4-sinfda to`garak mashg`ulotlarida fe’llardagi yasovchi qo’shimchalar mavzusiga doir qanday ijodiy topshiriqlar beriladi? 5.4-sinfda to`garak mashg`ulotlari qanday mavzular asosida tashkil qilinadi? 6. Boshlang`ich sinf to`garak mashg`ulotlari o`quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatishda qanday ahamiyatga ega? Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009. 2.Sh.Yo`ldоshеva, Х.G`ulоmоva «Bоshlang`ich sinflarda оna tili o`qitish mеtоdikasi» Tоshkеnt 2000 y. 1-2 qism. 15-Mavzu: Ona tilidan tanlovlar rejasini ishlab chiqish. Reja: 1.Bоshlang`ich sinf оna tilidan sinfdan tashqari ishlar. 2.Tanlovlar haqida ma`lumot. 3.Ona tilidan tadbirlarni tashkil qilish rejasini ishlab chiqish. Darsning maqsadi: Talabalarning boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar va tadbirlarni tashkil qilish metodikasi yuzasidan ko`nikma va malaka hosil qilish, mavzu yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash. Talabalarning ona tilidan tanlovlar rejasini tuzish va mashg`ulot ishlanmasini tuzish metodikasi yuzasidan ko`nikma va malaka hosil qilish, mavzu yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash Darsning tiri: Mustahkamlash tipidagi dars. Darsning jihozi: Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh.Ona tili o‘qitish metodikasi. T., Nosir.2009, to`garaklar rejasi.
Ona tili haftaligida I-IV- sinflar uchun o'tkaziladigan tadbirlar, tanlovlar: - O`quvchilarning yozuv savodxonliklarini va husnixatlarini tekshirish maqsadida sinflar kesimida diktant olish; - O’quvchilar husnixati bo’yicha 2-3-4-sinflar uchun “Kimning xati chiroyli”, 1-sinflar uchun “Ilmoqchalarni o’rgandik” tanlovini o’tkazish; - 2022-2023 o’quv yili “O’qitishning zamonaviy shakllari, kreativ fikrlash va xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik“ shiori ostida seminar treninglar tashkil etish; - Ona tilimizning hayotimizdagi o`rni, jozibasi va tarixini o`rganish maqsadida sinflar kesimida “Onam alla aytgan til” tadbirini tashkil etish; - O`quvchilarning chiroyli yozuv ko`nikmalari va bog`lanishli nutq malakalarini tekshirish maqsadida “Men karantin qoidalariga amal qilaman” mavzusida bayon va insholar tanlovini o`tkazish; - Ona tili haftaligida har bir o’qituvchi “Ona tili fani uchun dars ishlanma, ko’rgazma va metodik tavsiyalar” taqdimotida qatnashish; Download 435.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling