Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish-2
XULOSA
Bitiruv malakaviy ishining natijalariga asoslangan holda quyidagi xulosalarni shakllantirdik: 1. Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida amlaga oshirilgan tahlil natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, Germaniya, Fransiya va Italiya davlatlarida xalqaro zahiralarning 50foizdan ortiq qismi oltin zahiralariga to‘g’rikelayotganligi, AQSH xalqaro zahiralarining umumiy hajmida oltinnisezilarli darajada yuqori salmoqni egallab
turganligi oltindan hamon xalqaro
zahira puli
sifatida foydalanilayotganligidan dalolat beradi. 2. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyuta tizimining barqarorligini ta’minlashda prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar saqlanib qolmoqda. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: - milliy valyutaning qadrsizlanish jarayonining davom etayotganligi; - xalqaro hisob-kitob shakllaridan O‘zbekiston hududida foydalanish tartibini belgilaydigan alohida me’yoriy hujjat mavjud emasligi. 3. Xalqaro
globallashuvning xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishdagi muhim ahamiyati shundaki, globallashuv mamlakatlarni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, soliq yukini kamaytirish va soliq stavkalarini unifikatsiyalash, davlat qarzini qisqartirish va inflyasiyani jilovlash orqali xalqaro raqobatbardoshlikni rag’batlantirishga xizmat qiladi. SHuningdek, so‘nggi yillarda globallashuvning natijasi sifatida xalqaro savdo operatsiyalarining oqimi va ishchi kuchi migratsiyasi sezilarlidarajada kuchaydi. Ayni vaqtda, fikrimizcha, xalqaro globallashuvning asosiy salbiy jihatlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - manfaatlarning mamlakatlar o‘rtasida notekis taqsimlanishi; -manfaatlarning mamlakatlar ichida notekis taqsimlanishi; - globallashuv tufayli xalqaro madaniyatdagi o‘zgarishlar va ularning rivojlangan davlatlarga xizmat qilishi. 65
4. Xalqaro globallashuvning xalqaro valyuta munosabatlariga ta’sirining tahlili shuni ko‘rsatdiki, birinchidan, globallashuv tovarlar va kapitallarning xalqaro miqyosdagi harakatiga va bahosiga ta’sir etish orqalikapitallar va tovarlarning bahosiga tasir etadi; ikkinchidan, globallashuv ish haqi va baholarni mavjud mexanizmini o‘zgartirish yo‘li bilan mamlakatdagi inflyasiya darajasiga ta’sir qiladi; uchinchidan, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi hajmining oshishi mahalliy mehnat bozoridagitalab va taklifga ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi ish haqini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi, aksincha,ishchi kuchi kirimi sodir bo‘lgan davlatlarda ish haqini pasaytirishga nisbatan bosim kuchayadi; to‘rtinchidan, globallashuv Markaziy bank qarorlarining moliya bozorlariga va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri borasidagi noaniqliklarni oshiradi. Masalan, globallashuv jarayonlarining chuqurlashishi natijasida xalqaro valyuta
bozorlaridagi operatsiyalar hajmi oshadi; beshinchidan, globallashuv Markaziy bankning valyuta siyosati strategiyasiga ta’sir qiladi. Iqtisodiy nou-xaularning tezlikbilan yoyilishi Markaziy bank iqtisodchilari tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy tahlil usullarining o‘zgarishiga olib keladi; oltinchidan, globallashuv aktivlar bozorida spekulyativ operatsiyalar hajmini oshishiga olib keladi. 5. To‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha konvertatsiyaning joriy etilishi va tashqi savdoning erkinlashtirilishi oqibatida xalqaro raqobatni kuchayishi malakat korxonalarini narxlarning jahon bozoridagi kon’yunkturaviy o‘zgarishlariga moslashish imkonini beradi. Xalqaro savdodagi raqobatni kuchayishida joriyoperatsiyalar bo‘yicha to‘liq konvertirlashni ta’minlash borasida hal qiluvchi dalil bo‘lsa ham, fikrimizcha, milliy iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi bosqichida ushbu holat muayyan risklar bilan bog’liqdir. Bitiruv malakaviy ishi jarayonida aniqlangan muammolarni hal qilish va respublikamizda xalqaro moliya munosabatlarini takomillashtirish maqsadida quyidagi ilmiy-amaliy takliflarni ishlab chiqdik: 1. Respublikamizda mavjud bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlariga doir bo‘lgan o‘quv qo‘llanma va darsliklaridagi xalqaro moliya tushunchasiga berilgan ta’riflarni qayta ko‘rib chiqish. 66
2.To‘lov balansini muvozanatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari, bizning fikrimizcha quyidagilardan iborat: - eksport-import operatsiyalari o‘rtasidagi barqaror ijobiy qoldiqni ta’minlash; - xalqaro kreditlar va investitsiyalar bo‘yicha valyutalar tushumi bilan to‘lovi o‘rtasidagi farq summasini keskin tebranishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 3. Fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasida valyuta kursi rejimini tanlashda asosiy e’tibor eksport tushumi va import to‘lovlari o‘rtasidagi ijobiy saldoning barqarorligini ta’minlashga qaratilishi lozim. Buning sababi shundaki, hozirgi davrda respublikamiz mamlakat eksport tushumining umumiy hajmida xom Ashe resurslarining eksportidan olingan tushum sezilarli darajada yuqori salmoqni egallaydi. Xom ashyo resurslarining jahon baxosining o‘zgarishi natijasida ulardan olinadigan eksport tushumi kamayadi va shuning asosida tashqi savdo aylanmasining nobarqarorligi yuzaga keladi.
Mazkur ishda umuman xalqaro iqtisodiy munosabatlar turli darajasida xalqaro moliya munosabatlarining mohiyati, vazifasi va ahamiyati ko‘rib chiqildi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining aloqalari tahlil etildi. Hozirgi paytda hukumatning muhim qarorlarini ingliz tiliga tarjima qilish amalga oshirilmoqda. Biroq bizningcha, salohiyatli investorlarni ayrim tarmoqlar, respublika mintaqalaridagi investitsiya imkoniyatlari to‘g’risida har tomonlama xabardor qilib borishga, shuningdek ushbu ma’lumotlarni elchixonalar orqali tarkatishga jiddiy e’tibor karatish lozim.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling