Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. O‘zbekistonda milliy valyuta tizimini barqarorlashtirishning samarali yo’llari
51
JARAYONLARINI CHUQURLASHTIRISHDA XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI 3.1. O‘zbekistonda milliy valyuta tizimini barqarorlashtirishning samarali yo’llari
Bozor munosabatlari jadal qaror topayotgan sharoitda mamlakatda muvaffaqiyatli monetar va valyuta siyosatining qo‘llanilishi milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlanishi, valyutaviy nazoratni samarali qo‘lllanilishi ko‘p jihatdan mamlakat milliy valyuta tizimining qay darajada taraqqiy etganligiga bog’liq. Milliy valyuta tizimining rinojlanishini tadqiq qilishda, uning elementlarini takomillashtirishdagi asosiy muammo va nomutanosibliklarni o‘rganish va ularni bartaraf qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, valyuta tizimi elementlarini takomillashtirish milliy valyuta tizimining o‘zini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu o‘rinda, dastlab, milliy valyuta tizimi elementi xisoblanmish valyuta kursi valyuta bozori rejimiga to‘xtalamiz, O‘zbekistan valyuta bozorida asosiy al- mashuv kursi bu Markaziy bank kursi bo‘lib, u Respublika valyuta birjasidagi banklararo savdo sessiyalarining o‘rtacha tortilgan kurslari asosida aniqlanadi. Ushbu kurs buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlar hamda O‘zbekistan Reepublikasi hududidagi bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun foydalanilaniladi. So‘mning almashuv kursini aniqlashda asosiy rezerv valyuta bo‘lib AQSH dollari hisoblanadi va uning nisbati asosida to‘g’ri kotirovka qo‘llaniladi. So‘mning bashqa xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursi kross- kursni qo‘llash orqali aniqlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, respublikamiz tijorat banklari hozirda naqd xorijiy valyuta savdosida asosiy to‘rt rezerv valyutadan, ya’ni AQSH dollari, evro,
52
Britaniya funt sterlingi na Yapon ienidan foydalanadi. O‘zbekistan Respublikasi milliy valyuta tizimini rivojlantirish borasida se- zilarli muammolar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. O‘zbekistan Respublikasida muddatli valyuta bitimlari bozorining shakllanish jarayonining nihoyasiga etmaganligi. Xo‘jalik subektlariga tegishli valyuta zaxiralarining valyuta riskidan himoya qilish imkoniyati keskin cheklanmoqda. Respublikamizda muddatli valyuta bozorini rivojlantirishning birlamchi huquqiy bazasi yaratilgan bo‘lsada, hamon o‘z echimini topmagan bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir: - derivativlar vositasida valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalarini huquqiy jihatdan cheklab qo‘yilganligi; - respublikamizda valyutaviy derivativlar bilan bog’liq bo‘lgan valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi alohida me’yoriy hujjatning mavjud emasligi. Shunisi xarakterliki, valyuta derivativlari bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirishning me’yoriy-huquqiy bazasini shakllantirish muddatli valyuta bozorining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Joriy valyuta bozorining likvidliligini taminlash, kunlik valyutalar savdasini shakllantirish muddatli valyuta bozorini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2. So‘mning nominal almashuv kursining pasayish tendeniiyasigaezga ekanligi. 3. O‘zbekistan Respublikasi hududida milliy valyuta tizimining muhim elementi bo‘lgan xalqaro hisob-kitob shakllaridan foydalanish mexanizmining takomillashmaganligi. Ushbu muammoning mohiyati shundaki, respublikamiz tijorat banklari tomonidan korxonalarning import to‘lovlari bo‘yicha ochilayotgan hujjatlashtirilgan akkreditivlarning 90 foizdan ortiq qismi ta’minlangan akkreditivlarga to‘g’ri kelmoqda. Buning natijasida mamlakatimiz korxonalariga tegishli bo‘lgan valyuta mablag’larining sezilarli qismi ularning xo‘jalik
53
oborotidan chiqib qolmoqda. Chunki, xalqaro hisob-kitoblarning ta’minlangan akkreditiv shakli korxona mablag’larining ma’lum muddat mobaynida, ya’ni shartnoma shartlari bajarilgynga qadar bank-emitent tomonidan ushlab turilishini ko‘zda tutadi. Shu sababli, akkreditivdan foydalanish shart-sharoitlarini o‘zgartirish, ilmiy jihatdan tadqiq qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. 4. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xorijiy valyutadagi zaxiralarining diversifikatsiya darajasining pastligi. O‘zbekiston milliy valyuta tizimini rivojlantirish bilan bog’liq yuqoridagi muammolarni bartaraf etish maqsadida quyidagi ilmiy-amaliy takliflarimizni shakllantirdik: 1. Muddatli valyuta bitimlari bozorini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish lozim. Bunda birjadan tashkari banklararo valyuta bozorini riyujlanishi muddatli valyuta bozorini shakllanishiga xizmat kiladi. Bundan tashkari, valyutaviy derivativlar bilan bog’liq operatsiyalarni tartibga soluvchi alohida me’yoriy hujjat ishlab chiqish lozim. 2. So‘m almashuv kursining pasayishiga barham berish maqsadida samarali va oshkora intervensiya siyosatini amalga oshirish. Bunda so‘m almashuv kursining maqsadli yo‘lakchalarini jamoatchilikka e’lon qilish va uning belgilangan yo‘lakcha doirasida bo‘lishini ta’minlash maqsadida Markaziy bankning valyuta bozorida faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki birjadan tashqari valyuta bozorida Birlashgan barqarorlashtirish fondi (BBF) mablag’lari hisobidan faoliyat yuritadi. Mazkur mablag’laridan qonunchilikka muvofiq valyuta bozorini erkinlashtirish davrida to‘lov balansini va milliy valyutani almashtirish kursi barqarorpigini saqlashda foydalaniladi. SHu sababli, BBFning etarlicha erkin almashinadigan valyutalarga ega bo‘lishi va bu mablag’larning intervensiya maqsadlarida samarali foydalanilishi maqsadga muvofiq sanaladi. 3. Xalqaro
hisob-kitob shakllaridan foydalanish mexanizmini takomillashtirish lozim. Buning uchun asa, xalqaro hisob-kitob munosabatlarida sof inkasso bo‘yicha va banklarning orderli cheklari vositasidagi hisob-kitoblar 54
hamda ochiq hisob raqamlari bo‘yicha hisoblashish amaliyotini joriy qilish, respublikamiz tijorat banklarining rivojlangan xorijiy davlatlarning tijorat banklari bilan to‘g’ridan-to‘g’ri va ikki tomonlamali vakillik munosabatlari o‘rnatishlarini ta’minlash kerak. 4. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xorijiy valyutadagi zaxiralarining diversifikatsiya darajasini oshirish lozim. Bunda mamlakatimizning asosiy savdo hamkorlari valyutalariga ustuvorlik berish Talab etiladi. Evro, Britaniya funt sterlingi Yapon ienidan valyuta bozori bitimlarida foydalanish amaliyotini rivojlantirish lozim. Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasida integratsiya jarayonlarining chuqurlashuviga monand tarzda Rossiya rublining valyuta bitimlarida keng qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, milliy valyuta tizimi elementlari va konseptual asoslarining takomillashtirili muvaffaqiyatli valyuta siyosatini qo‘llash orqali mamlakat eksport salohiyatini valyutaviy nazorat samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratilishiga xizmat qiladi.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling