Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich
O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan o’zaro hamkorligi va
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish-2
2.2. O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan o’zaro hamkorligi va
ularning amaliy holati tahlili
Hozirgi kunga kelib xalqaro moliya institutlari bilan O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilib borilmoqda. O‘zbekiston bilan xalqaro moliya
institutlari o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish uchun mamlakatimizda huquqiy bazalar yaratilgan bo‘lib, ular bo‘yicha keng imtiyozlar yaratilmoqda. Xalqaro
moliya institutlari bilan inestitson aloqalarni takomillashtirish to‘g’risida Prezidentimiz I.A.Karimov ham 2005 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik paltasi va Senatining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida «Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki hamda boshqa yirik, nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiyot tuzilmalari, tashkilotlari bilan hamkorlik kelgusida ham tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolaveradi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va iqtisodiy islohotlar jarayonida ushbu tashkilotlarning roli va o‘rni benihoya kata», ekanini ta’kidlab o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olib, 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 633- XII sonli "O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya 45
korporatsiyasi. Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikka a’zo bo‘lishi to‘g’risida"gi qarori qabul qilindi. XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi, nafaqat respublikani jahon bozoriga integratsiyasini tezlashtirdi, balki amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash samarasini oshirdi. Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog’liq. Ushbu munosabatlarni amalga oshi- rishning huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining "Byudjet tizimi to‘g’risida"gi, "Tashqi qarzdorlik to‘g’risida"gi qonunlari va boshqa me’yoriy aktlar ishlab chiqildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida olingan kreditlar va qarzlar, asosan qisqa muddatli bo‘lib, ichki bozorni iste’mol tovarlar bilan to‘ldirishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi yillarda hukumat mazkur qarzlarni jalb qilish sohasini tarkibiy qayta qurish bo‘yicha ma’lum ishlarni olib bormoqda. Olinadigan qarzlar va jalb qilinadigan uzoq muddatli kreditlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida eksport potensialini kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari tanlandi. Mineral xom ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni ishlab chiqarish va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashina- sozlikni rivojlantirish, telekommunikatsiya sohasini zamonaviylashtirish hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish - xorijiy investitsiyalar jalb qilinadigan ustuvor yo‘nalishlar sifatida qaralmoqda. Mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy qismi – davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, EXHT, NATO, EKO, OIK va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Yevropa Ittifoqi alohida o‘rin tutadi. 1996 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi.
46
Osiyo Taraqqiyot Banki - Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlarini rivojlantirishda loyihalarni uzoq muddatli kreditlash maqsadi uchun tashkil qilingan hududiy moliyaviy tashkilotdir. 1995 yil 30 avgustda O‘zbekiston Respublikasi OTBga to‘la xuquqli a’zo bo‘ldi. Bank birinchi iqtisodiy missiyasi tayyorlagan iqtisodiy hisobotni OTB direktorlar kengashi ko‘rib chikqanidan, respublika kiradigan mamlakatlar guruhi belgilangandan so‘ng, O‘zbekiston bo‘yicha strategiya ishlab chiqiladi va respublika kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog’liq. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan xo‘jalik yuritishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro moliya munosabatlarining ahamiyati yanada ortmoqda.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling