Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish-2
36
MUNOSABATLARINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI VA UNING RIVOJLANISH HOLATI TAHLILI. 2.1. Iqtisodiy taraqqiyot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro moliya munosabatlari rivojlanish holatining tahlili
XX asrning oxirgi yillarida jahon iqtisodiyotida xo‘jaliklararo aloqalarning baynalmilallashuvi natijasida globallashuv jarayonlari kuchaydi. XVF (Xalqaro Valyuta Fondi) ekspertlarining ta’kidlashicha, globallashuv – bu tovar, xizmat va kapital bo‘yicha xalqaro bitimlarning hajmi va rang-barangligining ko‘payishi hamda texnologiyalarning tez va keng ko‘lamda yoyilishi natijasida dunyodagi barcha mamlakatlarning o‘zaro iqtisodiy bog’liqligining o‘sib borishidir. Globallashuv natijasida milliy, huquqiy va texnologik chegara va to‘siqlar bartaraf etilib, xalqaro aloqalarga intilish kuchayib bormoqda. Globalizatsiya deganda, odatda xalqaro savdo, moliya va axborot oqimi. integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashib borishi tushuniladi 10 . Binobarin, yurtboshimiz bugungi davrga baho berib: «Butun dunyo miqyosida globallashuv jarayonlari tufayli mafkuraviy manzara tubdan o‘zgarib borayotgan XXI asr o‘z shakl-shamoyili, mohiyat-mazmuni, keng qamrovligi bilan murakkab davrdir» deganlar. Globalizatsiya mohiyat jihatidan iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi, milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining tashqi iqtisodiy aloqalarga bog’liq bo‘lib qolishidir. Iqtisodiy globalizatsiya – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyot natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi.
10 N.X.Jumayev O’zbekiston valyuta munosabatlarini tartibga solish metodoligiyasini takomillashtirish. Monografiya. Toshkent. «Fan va texnologiya». 2007y. 37
Bundan tashqari, globalizatsiya tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog’liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining milliy chegaralarni e’tiborga olmay, uzluksiz kengayishini anglatadi.
Xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solishning bilvosita, egiluvchan usullari sifatida turli soliq turlari ham keng qo‘llaniladi. Bunda faqat tashqi soliq tizimidagi emas, balki ichki soliq tizimidagi soliq turlaridan ham foydalaniladi. Faqat tashqi iqtisodiy bitimlarni tartibga solishda qo‘llaniladigan soliqlarga import va eksport soliqlari kiradi. Ular olib kelayotgan yoki olib chiqayotgan mahsulot- larga, ularning oqimlarini tartibga solish, ya’ni rag’batlantirish yoki to‘xtatish maqsadida belgilanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda import tushumlariga soliqlar keng qo‘llanilsa, eksport mahsulotini sotishdan tushumlarga soliqlar esa ma’lum imtiyozlarga ega- dir. Bu eksportni rag’batlantirishga, ichki va tashqi bozorlardan narxlar farqi ko‘p bo‘lganda o‘z mahsulotlari kabi import mahsulotlarga ham mamlakat ichida sotish uchun bir xil sharoitlar yaratish imkonini beradi. Xalqaro moliya munosabatlari ichki soliqlar tizimi yordamida ham tartibga solinadi. Davlat mahsulot sotilishidan olingan foydaga, pul kapitalidan daromadlarga, kapitalning qo‘shimcha o‘sishiga, qimmatbso qog’ozlarga, ortiqcha foydaga va boshqalarga soliqlarni belgilab, o‘zining hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilarning faoliyati uchun qulay yoki qulay bo‘lmagan sharoitlarni yaratishi mumkin. Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi. Jahon bozoridagi kon’yunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013-yilda eksport hajmining o‘sishi 10,9 foizdan iborat bo‘ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy saldo 1 milliard 300 million dollarni tashkil etdi. 2013-yilda qimmatbaho metallar narxining keskin pasayganiga qaramasdan, mamlakatimiz oltin-valyuta zaxirasi o‘tgan yil davomida 2 foizga ko‘paydi.
38
So‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2013-yilda umumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimiz diversifikatsiya qilinayotganining yaqqol dalolati, desam, xato bo‘lmaydi. Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga oid chora- tadbirlarning amalga oshirilgani eksport faoliyatiga 450 dan ziyod yangi korxonani jalb etish imkonini berdi. Bu borada Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida barcha hududlarda o‘z filiallariga ega bo‘lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling