Kafedrasi rajabov ravshanbek boltabaevich


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#198661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ozbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xalqaro moliya munosabatlarining rolini oshirish-2

KIRISH 

 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  Jahon  iqtisodiyoti 

globallashuvi, 

mamlakatlarning 

o’zaro 


integratsiyalashuvi 

va 


xalqaro 

ixtisoslashuvning  kuchayishi  har  bir  milliy  iqtisodiyot  oldiga  ishlab  chiqarish 

samaradorligini  oshirish,  mahsulot  tannarxini  pasaytirish  va  jahon  bozorida 

munosib  o’rin  egallash  vazifasini  qo’ymoqda.  Yurtboshimiz  Islom  Karimov 

ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida shiddat bilan sodir 

bo’layotgan  jarayonlar  va  birinchi  navbatda,  qarama-qarshiliklarning  kuchayib 

borayotgani,  jahon  bozorlaridagi  vaziyatning  tez  o’zgarayotgani,  hali-beri  davom 

etayotgan  jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  va  uning  oqibatlari,  dunyoning 

ko’plab  davlatlarida  investitsiya  faolligining  susayishi  va  o’sish  sur’atlarining 

pasayishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan 

qolmaydi,  albatta”

1

.  Shu  boisdan,  mamlakatimizda  moliya  sektorini 



barqarorlashtirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirish 

dolzarb masalalardan hisoblanadi.  

O‘zbekiston  mustaqil  taraqqiyotning  23  yillik  davri  mobaynida  bozor 

munosabatlariga  o‘tishi,  uning  mustaqil  davlat  sifatida  jahon  ko‘lamiga  kirib 

kelishi  mamlakat  taraqqiyotida  tashqi  iqtisodiy  aloqalarning  rolini  ancha 

kuchaytirdi.  Mamlakatimizda  bozor  munosabatlarining  rivojlanishi  bilan  xo‘jalik 

yuritishning  muhim  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  xalqaro  moliya  munosabatlarining 

ahamiyati  yanada  ortmoqda.  Xalqaro  moliya  munosabatlarining  o‘ziga  xos 

xususiyati,  uning  nafaqat  jahon  xo‘jaligi  muammolarini,  balki  milliy  xo‘jalik 

muammolarini ham o‘zida mujassam etganligidadir.  

Bu 

borada 


prezidentimiz 

ta’kidlaganlaridek 

“Jahon 

bozoridagi 

kon’yunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013-yilda eksport hajmining o‘sishi 

10,9  foizdan  iborat  bo‘ldi.   Tashqi  savdo  faoliyatidagi  ijobiy  saldo 1 milliard 300 

million dollarni tashkil  etdi. 2013-yilda  qimmatbaho  metallar  narxining  keskin 

                                                           

1

 Karimov  I.A.  2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish,  modernizatsiya  va  diversifikatsiya 



jarayonlarini  izchil  davom  ettirish  hisobidan  xususiy  mulk  va  xususiy  tadbirkorlikka  keng  yo’l  ochib  berish  –  ustuvor 

vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2015. 71 b. 




 

pasayganiga qaramasdan, mamlakatimiz oltin-valyuta zaxirasi o‘tgan yil davomida 



2  foizga  ko‘paydi.  So‘nggi  yillarda  eksport  tarkibida  raqobatdosh  tayyor 

mahsulotlar  ulushi  barqaror  sur’atlar  bilan  o‘sib  borayotgani  yaqqol  ko‘zga 

tashlanmoqda.  2013-yilda  umumiy  eksport  hajmining  72  foizdan  ortig‘i  tayyor 

tovarlar hissasiga to‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimiz diversifikatsiya qilinayotganining 

yaqqol dalolati, desam, xato bo‘lmaydi.”

2

  



Hozirgi  davrning  dolzarb  masalalaridan  biri  bu  xalqaro  moliya 

munosabatlarini tashkil etish va ayniqsa, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy asoslarini 

takomillashtirish  bo‘yicha  ilmiy  asoslangan  taklif  va  tavsiyalar  ishlab  chiqishdan 

iborat. 



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling