Bitiruv malakaviy ishi obekti. Bitiruv malakaviy ishining obyekti bo‘lib,
O’zbekistonning xalqaro moliya munosabatlari ishtirokidagi moliyaviy
munosabatlar hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi predmeti. Xalqaro moliya munosabatlari va uni
amalga oshirish mexanizmlari bitiruv malakaviy ishining predmeti bo’lib
hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining
maqsadi
globallashuv
jarayonida
O’zabekistonning
xalqaro
moliya
munosabatlaridagi ishtirokini yanada rivojlantirish borasida ilmiy taklif va amaliy
tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib
chiqib quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi:
•
Xalqaro moliya munosabatlarining mohiyatini chuqur o‘rganish;
•
Xalqaro moliya munosabatlarining vujudga kelish zaruriyatini tadqiq
qilish;
•
O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlari ishtirokchisi sifatidagi
rolini tahlil etish;
•
O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini
o‘rganish va tahlil etish;
2
I.Karimov. “2014-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini
oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi”. Toshkent, O’zbekiston nashriyoti 2014, 6 b.
7
•
Xalqaro moliya munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |