Kafedrasi “sanoat korxonalarida energiya tejamkor tadbirlarni samaradorligini baholash”
Download 294.28 Kb.
|
Muqobil energiya manbalari-fayllar.org
3-bosqich. Tadqiqot natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.
To`plangan barcha ma`lumotlr asosida energiyadan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi. Tahlil quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: Oxirgi 3 yildagi energiya tashuvchilar sarfi va moliyaviy harajatlarni o`zgarish dinamikasi hamda energiya istemoli energiya tashuvchilar turlarini foyiz miqdordagi salmog’i. Korxonada (tashkilotda) energiya tashuvchilar turlari bo`yicha real energiya balanslarini qurish. Energiya ta`minoti tizimlarida va ular elementlarida isroflar qiymatlari aniqlanadi va tahlil qilinadi. Korxona bo`yicha mahsulot birligiga sarflanadigan real energiya sarflarini qiymatlari aniqlanadi Korxona bo`yicha mahsulot birligiga sarflanadigan meyyoriy energiya sarflarini qiymatlari aniqlanadi. Korxona ichki elektr ta`minoti tizimida o`tkazilgan o`lchashlar asosida korxona tsehlari bo`yicha energiya taqsimoti aniqlanadi. Quyidagi jadvalda korxona tsehlari bo`yicha elektr energiyasini sutkali taqsimoti va sutkali o`rtacha toki keltirilgan. Elektr energiyasi sarfi texnologik jarayon bosqichlari va katta iste’molchilar bo`yicha aniqlanib texnologik, seh bo`yicha hamda korxona bo`yicha solishtirma elektr energiya sarflari aniqlanadi. Korxona bo`yicha chiqarilayotgan mahsulot turlari bo`yicha aniqlanadi. Masalan, yog’-ekstraksiya zavodida paxta urug’idan presslash orqali va ekstaksiyalash orqali yog’ olinadi. Bundan tashqari rafinatsiyalangan yog’ olinadi. Bunda ikkilamchi mahsulotlar sifatida sheluxa, shrot mahsulotlari olinadi (11-rasm). 11-rasm. Korxona energiya balansi Korxonada chiqarilayotgan mahsulot turlari bo`yicha ularning miqdori aniqlanadi. Shu mahsulotlarga sarflanayotgan nisbiy energiya sarflari aniqlanadi. 4–jadvalda korxonada bir sutkada chiqarilayotgan mahsulot hajmi ko`rsatilgan. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni foiz miqdori quyidagi diagrammada keltirilgan (12-rasm). 12-rasm. Korxonaning bir sutkada ishlab chiqaradigan mahsuloti Download 294.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling