Kafedrasi “sanoat korxonalarida energiya tejamkor tadbirlarni samaradorligini baholash”


Download 294.28 Kb.
bet57/62
Sana02.12.2023
Hajmi294.28 Kb.
#1780273
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari-fayllar.org

4-bosqich. Korxonada energiya tejash va energiya samaradorlikni oshirish bo`yicha imkoniyatlarni aniqlash va energiya tejash tadbirlar ro`yxatini shakllantirish.
Korxona bo`yicha energiya tejash tadbirlari 3 turga bo`linib ishlab chiqiladi:
  1. Kam harajat energiya tejash tadbirlari. Bu tadbirlarga energetik uskunalarga xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, mehnat intizomini kuchaytirish, ekspluatatsiya reglamentlariga to`la rioya qilish, xizmat ko`rsatish xodimlarini malakasini oshirish tadbirlari kiradi.


  2. O`rta harajatli tadbirlar. Bu tadbirlar mavjud energiya ta`minoti tizimini qisman o`zgartirish, ayrim qurilmalarni almashtirish kabi tadbirlar kiradi.


  3. Katta harajatli tadbirlar. Bunga asosan energiya ta`minoti tizimini modernizatsiyalash, korxonada yangi ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy etish, energiya ta`minoti tizimini rekonstruktsiyalash kabi tadbirlar kiradi.


Energiya tejash tadbirlari energiya tashuvchilar turlari bo`yicha ishlab chiqiladi. Ularga sarflanadigan harajatlar va ularni qoplash muddatlari ko`rsatiladi.


5-bosqich. Energetik auditi tekshiruvlari bo`yicha hisobot tayyorlash. Hisobot namunaviy tarkibi quyidagi bo`limlardan tashkil topadi:
Kirish.
  1. Energetik auditni o`tkazish dasturi


  2. Korxonaning (tashkilotning) umumiy tavsifi


  3. Korxonaning energetik tavsifi


    1. Elektr ta`minoti tizimi


    2. Issiqlik ta`minoti tizimi


    3. Suv ta`minoti tizimi


  4. Energiya istemolini qayd qilish tizimlari


  5. Energiya resurslarni tejash bo`yicha hisoblashlar


  6. Xulosa va energiya resurslardan smarali foydalanish bo`yicha tavsiyalar.


Hisobot “O`zdavenergiyanazorat” inspektsiyasi tomonidan ekspertizadan o`tkaziladi. Ekspertiza natijalari asosida hisobot talabga javob bermaganda energetik audit tekshiruvini o`tkazuvchi tashkilotga kamchiliklarni ko`rsatgan holda qo`shimcha tekshiruvlar o`tkazishni so`rab xat chiqaradi. Hisobot talabga javob bergan holda korxonaga hisobotda keltirilgan energiya tejash tadbirlarini amalga oshirish bo`yicha reja ishlab chiqishni so`rab xat yuboradi. Korxonada energetik audit tekshiruvidan keyingi 5 yil davomida bu tadbirlar amalga oshiriladi. Navbatdagi energetik auditi tekshiruvlarida bu tadbirlarni amalga oshirilganligi tekshiriladi.





Download 294.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling