Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moluyaviy ta`minlash


Download 1.21 Mb.
bet1/7
Sana27.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1300460
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moluyaviy ta`minlash


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moluyaviy ta`minlash

Reja:



Kirish

  1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishdagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari

  2. Moliyalashtirishning yangi usullarini qo‘llash orqali sog‘liqni saqlash xarajatlari samaradorligini oshirish

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Kirish
Mamlakatimizda davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sog‘liqni saqlash tizimini shakllantirish, tibbiyot sohasida jahon darajasidagi muammolariga aylangan kasalliklarga davo topishda respublikamiz sog‘liqni saqlash muassasalarining faol qatnasha olishiga imkoniyat yaratish mazkur sohani mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish masalasi kun tartibida asosiy vazifalardan biri sifatida qo‘yilmoqda.
Respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish jarayonining umumiy asoslari ishlab chiqilganiga qaramasdan bu sohada hali hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalar mavjud. Bu masalalarning hal etilishi o‘z navbatida, sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham, jamiyatimiz rivojida muhim ahamiyat kasb etayotgan sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishni isloh etishning strategiyalarini puxta ishlab chiqilishida taklif va tavsiyalar zarurligi mazkur mavzuning dolzarbligini bildiradi.


  1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishdagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari

Mamlakat aholisining turmush tarzi yaxshilanishi, texnika va texnologiyalarning rivojlanib borishi hamda turli xil kasalliklarning kelib chiqishi sog‘liqni saqlash tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashda ushbu sohani moliyalashtirishni isloh qilishni va takomillashtirishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 28-noyabrda “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1652-sonli qaroriga asosan sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni yanada kengaytirish, muassasalar faoliyatining samaradorligini oshirish, aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida tizim moliyaviy resurslarini shakllantirishning yangicha mexanizmlari joriy etildi. Unga ko‘ra sog‘liqni saqlash sohasining budjetdan mablag‘ oluvchi sog‘liqni saqlash tizimi statsionar muassasalari tarmog‘i va o‘rinlar fondini maqbullashtirish, qishloq aholi punktlarida qishloq aholisi uchun birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanishni ta’minlaydigan qo‘shimcha 102 ta qishloq vrachlik punktlarini barpo etish, xorijiy grantlardan foydalanish hajmini oshirish, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini bosqichma-bosqich aksiyalashtirish, viloyat va tuman bo‘g‘inidagi 46 ta sog‘liqni saqlash muassasalarini bosqichmabosqich o‘zini-o‘zi to‘la moliyalashtirishga o‘tkazish, shuningdek, 57 ta tibbiyot muassasalarining umumiy xarajatlarini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag‘lar salmog‘ini oshirish to‘g‘risidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi. (1-rasm).
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda budjetdan tashqari mablag‘lar hajmini oshirish sohada boshlangan dastlabki islohotlar davrida ham asosiy vazifalardan biriga aylangan edi. Qisqa davr mobaynida sohada amalga oshirilgan qator ijobiy o‘zgarishlar o‘z natijalarini berdi.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling