Kafedrasi xaitov elbek panjiyevich
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
hisob kitoblar auditi mavzusida dars otishda interfaol metodlardan foydalanib dars samaradorligini oshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
3-bob.
Hisob-kitoblar auditini takomillashtirish va mavzuni o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘llari ……….………45 3.1 Hisob-kitoblar auditini takomillashtirish …………….…….……45 3.2 Hisob-kitoblar auditi mavzusini o’qitishda interfaol metodlarni qo‘llab o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘lari ...................50
3
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga kadar barcha mulklar davlat tasarrufida bo‘lib, ular o‘rtasidagi barcha hisob-kitoblar davlat tomonidan belgilangan reja asosida amalga oshirilar edi. Korxonalar fakatgina belgilangan rejani bajarish bilan shugullanar edi. Chunki barcha korxona davlatga tegishli bo‘lib, barcha korxonalarning daromad va harajatlari davlat tomonidan hisob-kitob qilib borilar edi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligi munosabati bilan qisqa davr ichida respublikamiz iqtisodini yuksaltirish uchun bir qator iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish va uni rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy shart-sharoitlar yaratildi. Respublikamiz iqtisodiyotida yuritilayotgan iqtisodiy isloxotlar natijasida jamiyatimizning barcha jabxalarida tubdan yangilanishlar vujudga kelishi kundan kunga oshib bormokda. Binobarin, mamlakatimizda xo’jalik sub'yektlarining axamiyatini oshirish, xalqaro bozor munosabatlarini takomillashtirish, shu jumladan axoli farovonligini yaxshilash uchun uzok muddatli strategik rejalarni amalga oshirishga karatilgan chukur isloxotlar jadal sur'atlarda rivojlanib bormokda. O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘z mavqyeiga ega bo‘lish maqsadida asosiy e'tiborlardan birini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, umuman xususiy sektorni rivojlantirish va uning iqtisodiyotdagi o‘rnini kuchaytirishga qaratishi iqtisodiyotda tub burilishlarni vujudga keltirdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida raqobat muxitini yaratish yo‘li bilan ham narxi bo‘yicha, ham sifati bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarilishini ta'minlash, tarmoqlararo raqobat muhitini yaratish va pirovard natijada faxrli turmush farovonligini oshirishni taqozo etdi. Prezident I.A.Karimov ta'kidlab o‘tganidek: “Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jaxon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar 4
tajribasi shuni isbotlab bermoqdaki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil islox etish, tarkibiy jixatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal
rivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish xisobidan amalga oshirilishi mumkin” 1 . O‘zbekiston Respublikasida raqobat muhitini shakllantirish va xususiy mulkchilikka bo‘lgan e'tiborini shakllantirishda turli mulkchilik shakllariga keng yo‘l ochib berish hamda ular faoliyatini har jabxada rag‘batlantirish jarayonini amalga oshirishdir. Hozirgi kunga kelib respublikamizda faoliyat yuritayotgan korxonalar rivojlanishiga katta e'tibor qaratilayotgan bir davrda ular o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar davrida vujudga keluvchi joriy va uzok muddatli majburiyatlarni hisobga olishni takomillashtirish ham muxim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida esa xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar turli mulkchilik shakllariga asoslangan bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar har biri uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holat korxonalarda «hisob-kitoblar auditini tashkil etish va takomillashtirish» mavzusini bugungi kundagi dolzarbligini belgilab beradi.
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling