Kafedrasi xaitov elbek panjiyevich


 Hisob-kitoblar auditini o’tkazish va natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/34
Sana25.11.2021
Hajmi0.89 Mb.
#177167
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
hisob kitoblar auditi mavzusida dars otishda interfaol metodlardan foydalanib dars samaradorligini oshirish

2.2. Hisob-kitoblar auditini o’tkazish va natijalarini rasmiylashtirish

 

Xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  bilan  o’zaro  hisob-kitob  muomalalarida 

korxonada  tugallanmagan  hisob-kitoblar  bo’yicha  debitorlik  va  kreditorlik 

qarzlari yuzaga keladi.  

Xo’jalik yurituvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvi quyidagi to’rt asosiy 

bosqichlardan tashkil topgan

14



1. 



Dastlabki bosqich. 

  2. 


Auditni rejalashtirish. 

   3.       Auditorlik dalillarini to’plash. 

4.       Yakuniy bosqich. 

 Auditor korxonada turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditini 

o’tkazishda,  birinchi  navbatda,  ichki  nazorat  tizimi  holatiga  baho  beradi  va 

buning  asosida  u  auditorlik  tekshiruvi  dasturini  tayyorlaydi  hamda,  dastur 

asosida audit tekshiruvini amalga oshiradi.(7-jadval) 

Debitorlar  va  kreditorlar  bilan  hisob-kitoblarni  tekshirishda,  auditor  avvalo 

debitor va kreditor qarzlarning paydo bo’lishi sabablarini aniqlashi zarur. Hisob-

kitoblarning  belgilangan  qoidalariga  muvofiq  keladigan  qarzlardan  tashqarisi, 

katta miqdordagi debitor va kreditor qarzlarning mavjudligidan dalolat beradi. 

                                                           

14

 To’laxodjayeva M.M. Axmatjonov K.B.  “Audit”(Darslik) Toshkent-2008. 317-bet 




35 

 

“Debitorlik  qarzi  tovarlar  haqiqatda  yuklab  jo’natilgan,  ishlar  bajarilgan, 



xizmatlar  ko’rsatilgan  kundan  boshlab  90  kun  o’tgach  muddati  o’tgan 

hisoblanadi”

15



Debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari  bo’yicha  muomalalarni  tekshirishga 



kirishishdan  oldin  qarzlarning  tegishli  qoldiqlari  balans  moddalari  bo’yicha 

to’g’ri  aks  ettirilganligini  aniqlash  lozim.  Buning  uchun  tekshirish  davri 

boshidagi  hisob-kitoblarning  har  qaysi  turi  yuzasidan  analitik  hisob 

registrlarining  ma’lumotlari  bo’yicha  hisob-kitoblarni  hisobga  olish  uchun 

mo’ljallangan  schyotlar  bo’yicha  qoldiqlari  balansning  tegishli  moddalari 

qoldiqlari  bilan  taqqoslanadi.  So’ngra  hisob-kitoblar  har  qaysi  turi  bo’yicha 

alohida  tekshiriladi.  Bunda  auditor  qarzning  paydo  bo’lishi  sabablarini,  u 

kimning aybi bilan va qachon paydo bo’lganligi, uni undirib olish mumkin yoki 

mumkin emasligini, ya’ni debitorlar o’z qarzlarini tan olgan xatlar yoki hisob-

kitoblarni taqqoslash dalolatnomalari mavjudligini, da’vo qilish muddatlari  

o’tkazib  yuborilmaganligini,  qarzlarni  yopish  yoki  undirish  uchun  qanday 

choralar ko’rilayotganligini aniqlashi lozim.  

Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha hisob-kitoblar holati 4700-“Xodimning 

boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzi hisobi schyoti” schyotlar guruhi bo’yicha, 

shuningdek, 4710-“Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimning qarzi” schot 

ko’rsatkichlari asosida o’rganiladi. Eng muhimi, xaridorlarning muddati o’tgan 

qarzlari bo’yicha hisob-kitoblar o’rganib chiqiladi va muddati o’tgan qarzlar 

paydo bo’lish sabablari aniqlanadi. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 

Kredit berish qoidalariga rioya qilmaslik

Ijro varaqalari bo’yicha boshqa korxonalar yoki jismoniy shaxslar 

foydasiga summalar to’g’ri va asosli ushlab qolinganligi, shuningdek, ushlab 

qolingan summalar oluvchilarga o’z vaqtida o’tkazilmaganligi; 

Korxona ixtiyoridagi xonadonlarda istiqomat qiluvchilar va 

yotoqxonalarda, mehmonxonalarda yashovchi shaxslar bilan korxona hisobidagi 

                                                           

15

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 19-iyuldagi PF-2340 son Farmoni. 




36 

 

xonadonlardan foydalanganligi va maishiy xizmat ko’rsatilganligi uchun hisob-



kitoblar to’g’ri hisoblanmaganligi. 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling