Kafedrasi zoologiya
Download 1.19 Mb.
|
10.03 Tayyori Mamatqulova1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajaruvchi: Mamatqulova .F Ilmiy rahbar: MUNDARIJA
- DASTLABKI TUBAN KO‘P HUJAYRALILAR, BO‘SHLIQICHLILAR TIPI UMUMIY TAVSIFI 1.1.
- Tip vakillarining tana shakli va simmetriyasi…………………… 13 II.BOB
- Taroqlilar ( Ctenophora ) sinfi……………………………………... 23 2.2.
- XULOSA…………………………………………………………… 28 ILOVALAR
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………….. 38 Kirish
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI “BIOLOGIYA TURLARI BO‘YICHA” KAFEDRASI ZOOLOGIYA “Bo‘shliqichlilar tipi,umumiy tavsifi,tana shakli va simmetriyasi ko‘payishi va rivojlanishi,sistematikasi hamda filogeniyasi” mavzusida tayyorlagan kurs ishisi. KURS ISHI Bajaruvchi: Mamatqulova .F Ilmiy rahbar: MUNDARIJA:
Kirish Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og`ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi: Bu tipga 10000 dan ortiq tumi o‘z ichiga olgan sodda tuzilgan ko‘p hujayralilar kiradi. Ko‘pchilik bo‘shliqichlilar dengiz va okeanlarda, faqat ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Ular orasida yakka yashovchi, koloniya hosil qiluvchi hamda o‘troq va erkin yashovchi turlari bor. Bo‘shliqichlilar tipiga kiruvchi hayvonlarning tanasi shu'lasimon, ya'ni radial simmetriyali bo‘ladi. Tanasi ikki qavat bo‘lib joylashgan hujayralardan iborat. Tashqi qavati ektoderma, ichki qavati endoderma deyiladi. Ektoderma va endoderma har xil tuzilishga ega bo‘lgan hujayralardan iborat. Bu ikkala qavatni hujayrasiz parda – mezogliy ajratib turadi. Ektoderma va endoderma tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini ham bajaradi. Bu bo‘shliq tashqi muhit bilan faqat og‘iz teshigi orqali bog‘langan. Nerv hujayralari ko‘pincha tanada tarqoq joylashgan. Hamma bo‘shliqichlilar ektodermasida otuvchi hujayralar bo‘ladi. Bo‘shliqichlilar tipi gidroid poliplar (Hydrozoa), ssifomeduzalar (Scyphozoa) va korall poliplar (Anthozoa) sinflariga bo‘linadi. Gidropoliplar dengiz va okeanlarda koloniya bo‘lib yashaydi. Ayrim vakillari chuchuk suvlarda yakka holda hayot kechiradi. Gidroid poliplar sinfiga 4000 ga yaqin tur kiradi. Gidra (Hydra sp.) bu sinfning xarakterli vakili hisoblanadi. Gidra tiniq suvli ko‘l va hovuzlarda hamda daryolarning tinch oqadigan qismida suv o‘tlariga yoki boshqa narsalarga yopishib hayot kechiruvchi polip hisoblanadi. Bizdagi suv havzalarida gidrani bahor, yoz va erta kuzda uchratish mumkin. Gidraning tanasi silindrsimon bo‘lib, uzunligi 5 – 7 mm keladi. Tanasining ostki tomoni tovon deb ataladi. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Gidraga o‘xshash kam harakat, o‘troq hayot kechiradigan bo‘shliqichlilar polip deyiladi ("polip" so‘zi "ko‘poyoq" degan ma'noni anglatadi). Tanasining yuqori uchida og‘iz teshigi joylashgan. Og‘iz teshigi atrofida 5 – 12 ta uzun, ingichka paypaslagichlari bo‘ladi. Gidra shu'lali yoki radial simmetriyaga ega. Uning tanasi orqali xayolan bitta o‘q chiziq o‘tkazilsa, uning paypaslagichlari ana shu o‘q atrofida xuddi bitta yorug‘lik manbaidan tarqaladigan shu'la singari har tomonga taralib joylashadi. Shu'lali simmetriya birmuncha mo‘tadil suv muhitida o‘troq yashaydigan bo‘shliqichlilar va ignaterililar uchun xosdir. Gidra tanasini bo‘yiga kesib, mikroskopda tekshirilganda tanasining tashqi qavati har xil hujayralardan tashkil topganini ko‘rish mumkin. Ularning ko‘p qismini teri – muskul hujayralari tashkil etadi. Teri – muskul hujayralarning kengaygan asosiy qismida qisqaruvchi muskul tolalari joylashgan. Ular yordamida gidra paypaslagichlarini tortib oladi yoki cho‘zadi va odimlab yoki umbaloq oshib harakat qiladi. Tashqi qavati hujayralari orasida otuvchi hujayralar ham bor. Bunday hujayralar ayniqsa, paypaslagichlarda juda ko‘p bo‘ladi. Otuvchi hujayralarning sirtida ingichka sezgir tukchalar bo‘ladi. Hujayraning ichida esa otuvchi kapsulasi (pufakchasi) bo‘ladi. Kapsula kuydiruvchi suyuqlikka to‘la bo‘lib, suyuqlikda ingichka va uzun naychaga o‘xshash otiluvchi ipcha spiralga o‘xshab o‘ralib yotadi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling