Kaftingda tut, asra ayolni


Bayramning ayollar hayotidagi o‘rni


Download 303.5 Kb.
bet2/2
Sana21.04.2023
Hajmi303.5 Kb.
#1374260
1   2
Bog'liq
8 mart

Bayramning ayollar hayotidagi o‘rni
Xalqaro xotin-qizlar kuni tarix yaratilishiga munosib hissa qo‘shgan barcha ayollar uchun bayramdir. Tarixda ayollar sahna ortida juda ko‘p ezgu ishlarga sababchi bo‘lgani ham sir emas. Ammo XX asr boshlarida ayollarning jamoat hayotidagi o‘rni yaqqolroq yuzaga chiqa boshladi. 1906-yil yanvar oyida Sankt-Peterburgda ayollar uchun birinchi rus oliy texnik ta’lim muassasasi ochildi. Nyu-Yorkda 1909-yil yanvarda dunyodagi birinchi ayollar avtopoygasi boshlandi. 1989-yil aprel oyida ayollarning “Vivaldi orkestri”ning birinchi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni Rossiya, Shimoliy Koreya, Xitoy va juda ko‘p davlatlarda rasmiy bayram sifatida tan olingan. Dunyoning bir qancha davlatlarida 8-mart bayram kuni deb hisoblanmasa-da, lekin har yili u feministik ruhdagi tarafkashlik bilan tobora ommalashib bormoqda. Bugungi kunda ushbu sananing asosiy targ‘ibotchisi BMTdir. 1977-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ishtirokchi mamlakatlarni ayollar tengligi va dunyo tinchligi g‘oyalarini nishonlash uchun 8-mart kuni tanlab saylangan edi.
BMTni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlar, birinchi navbatda, ushbu bayramni ayollar uchun muhim ijtimoiy muammolarni ko‘tarish uchun bahona sifatida ishlatadi. Yildan yilga BMT ayollar manfaatlarini himoya qiluvchi ustuvor mavzularni tanlamoqda. 2013-yilda bu kunda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi chiqish mavzusi muhokama qilingan bo‘lsa, 2014-yilda Ayollar uchun tenglik — hamma uchun taraqqiyot mavzusi kun tartibiga qo‘yilgan edi.
AYOLLARGA EHTIROM BUYUKLIK RAMZI
Go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan baxor nafasi kirib keldi. Bahor tobora kuchga kirib, tabiat uyg‘onib borayotgan damda biz bahor va ayol so‘zlarining naqadar uyg‘un va hamoxang ekanini yanada chuqur anglaymiz. Ayol zoti chindan ham o‘z timsolida go‘zallik va nafosat, ezgulik va fidoiylik kabi oliyjanob insoniy fazilatlarni mujassam etganiga yana va yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Ayol-borliq ko‘zgusi. Uning nafis go‘zalligi olamni charog‘on etadi, chunki uning niyati pok, o‘zi pok. Barchalarimizga ayonki, onalarni, ayol zotini e’zozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat bo‘lib kelgan. Biz mehr-muhabbat va odamiylikning ilk saboqlarini aziz onalarimizdan, ularning beshigimiz uzra parvona bo‘lib aytgan alla ohanglaridan olamiz. Darxaqiqat, biz hayotimiz mazmuni bo‘lgan sevgi va sadoqat , mehr-muhabbat, nazokat va latofat kabi eng nozik, sirli tuyg‘ularni Yaratganimizning beqiyos mo‘jizasi bo‘lmish ayol zotisiz aslo tasaffur eta olmaymiz.
Ayol deganda ko‘z oldimizga eng avvalo mo‘’tabar onamiz, qadrli buvijonlarimiz, munis opa-singillarimiz keladi. Ularga qancha e’tibor, g‘amxo‘rlik qilsak, quvontirishga urunsak baribir ozdir. Chunki, mana shu ayollar dunyoda yangidan-yangi chaqaloq yig‘isi eshitilishiga sabab bo‘layotgan zotlardir. Dunyoda shunday bir zot borki, uni xar kuni e’zozlasak ham, dillarini hushnud qilishga urunsak ham uning haqqini ado eta olmaymiz. Bu mo‘’tabar zot- onadir.
Muqaddas islom dinimizda onaga yaxshilik qilish borasida juda ko‘p buyruqlar va onani dilini og‘ritmaslik haqida ko‘pgina qaytariqlar mavjuddir. Birgina misol keltiramiz.
Allox, taolo «Isro» surasining 23-oyatida marhamat qilib aytadi:
«Robbingiz faqat Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni va ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka yetsalar, bas, ularga «uff»dema, ularga ozor berma va ularga yaxshi so‘z ayt!»
Bu jumlaning «uf» so‘ziga bog‘liq ikki hil ma’nosi bor. Birinchi ma’nosi — ota-onaga yomon so‘z aytib, bexurmat qilma, degani bo‘lsa, ikkinchi ma’¬nosi— ota-onang oldida «uf» dema, ular, bolam og‘ip holga tushibdi, deb ozorlanadilar, deganidir.
«...ularga ozor berma va ularga yaxshi suz ayt!»
Ota-onangga xech bir ozorni ravo kurma! Qanday yaxshi so‘z bo‘lsa, ushani ota-onangga ravo ko‘r!
Rasululloh (s.a.v.) ham ota-onaga yaxshilik qilishga ko‘p bora buyurganlar. Bundan tashqari bir necha hadislarda onaning haqqi otaning haqqiga qaraganda ko‘proq ekanini ham aytganlar.
Baxz ibn Xakimdan rivoyat qilinadi:
«Yo, Rasululloh, kimga yaxshilik qilay?»,-dedim.
«Onangga»,-dedilar.
«So‘ngra kimga?»,-dedim.
«Onangga», - dedilar.
«So‘ngra kimga?» — dedim.
«Onangga», - dedilar.
«So‘ngra kimga?» - dedim.
«Otanga va so‘ng yaqin bo‘lgan qarindoshlaringga », - dedi¬lar»
Mana shu hadisi sha’rifda Rasuli Ak¬ram alayhissolatu vassalom «Kimga yaxshilik qilay?» deb so‘ragan sahobiyga ketma-ket uch mar¬ta «Onangga yaxshilik qil» deb turib, turtinchisida «Otangga» deyishlaridan ulamolarimiz xukm chiqarib: «Onaning haqqi otanikiga nisbatan uch marta yuqori turadi», deyishadi.
Ushbu xadisi sharifdan olinadigan foydalar quyidagilardan iborat:
1.Farzandning yaxshilik qilishiga eng sazovor shaxs ona ekani.
2.Farzandning yaxshilik qilishiga onadan keyin eng sazovor shaxs ota ekani.
3.Onaning haqqi otanikidan uch marta ko‘p ekani.
Chunki, ona bolaning dunyoga kelishida, unib-o‘sishida juda katta mashaqqat chekkan zot bo‘ladi. Xomiladorlikning barcha mashaqqatlarini ona¬ning o‘zi tortadi. Ko‘ngil aynish, behol bo‘lish, zaiflashish, bolani qorinda ko‘tarib yurish va shunga o‘xshash boshqa homiladorlikka oid mashaqqatlarga ona duchor bo‘ladi. Tug‘ish mashaqqatlari, to‘lg‘oq qiyinchiliklari onaning o‘limni bo‘yniga olganiga dalildir. Ba’zi onalar ayni tug‘ish jarayonida halok bo‘lishlarining o‘zi barchaga onaning haqqi otanikidan nima uchun ustin qo‘yilganini bilib olishga yordam berishi kerak.
Bolani emizish, uni yuvib-tarash, kechalari uyqudan qolib bola uchun mashaqqat tortish va shunga o‘xshagan ishlarning barchasini ona o‘z zimmasiga oladi.
U shunday bir zotki duolarida uzini unutishi mumkin ammo xech kachon farzandlarini unutmaydi.
Shu bilan birga, onaning munisligi, mushtiparligi, jism nozikligi, ko‘ngil nozikligi va boshqa taraflari ham bor. Ular otalarga nisbatan yordamga, yaxshilikka, inoyatga, lutfga, marxamatga ko‘proq, muhtojligi uchun ham, ularga ortiqroq, darajada extirom ko‘rsatish zarur.
Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v.): vidolashuv xutbalarida ummatlarini uch narsadan ogoh etib, shunday dedilar: “Namoz, namoz, namozga diqqat qiling, unga hech ham beparvo bo‘lmang! “Qo‘l ostingizdagilarga kuchlari yetmaydigan vazifalarni yuklamang! Xotinlarning haqlarini hurmat qilinglar, men bu xususda Allohdan qo‘rqishingizni tavsiya etaman. Xotinlarning haqi masalasida Allohdan qo‘rqinglar! Zero, ular sizning yordamingizga muhtojdirlar. Ular sizga Allohning omonatidirlar...”
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) e’tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy 3 masalaning biri bu ayollarning haqqi hususida Allohdan qo‘rqish va ularni Allohning omonati deb asrab avaylash kerakligi ekanini o‘z ummatlariga nasihat qilmoqdalar. Shunday ekan, omonatga sodiq qolib, ayollarimizning turmushini farovon qilishlikka, ularga doimo e’tiborli va muhabbatli bo‘laylikka harakat qilishimiz lozimdir.
Xozirda Yurtimizda ayollarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar ham taqsinga loyiq ishdir. Vatanimizda yashayotgan ayollarga ular xohlagan barcha shart-sharoitlar mavjuddir. Mamlakatimizda ayollarga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tibor va g‘amxurlikning amaliy isboti sifatida keyingi yillarda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ro‘li va ta’sirini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iktisodiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 80 dan ortiq milliy va xalqaro hujjatlar qabul qilinganini alohida qayd etish lozim. Xattoki bu ish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, 1999-yil esa «Ayollar yili», 2001 -yil «Ona va bola yili» deb e’lon kilindi. O‘zbekiston 1995 yilda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Xotin-qizlar kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilib, undagi mezonlarni amaliyotga joriy eta boshlagan. Bu haqda gapirganda, Xalqaro bolalar jamg‘armasi-YuNISEFning Sharqiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va Mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bo‘yicha ofisi onalik va bolalikni muxofaza qilish borasidagi dasturlarni joriy qilishda O‘zbekistonni mintaqadagi namuna deb tan olganini qayd etish lozim. Bunday g‘amxo‘rlikdan ruhlangan ayollarimiz vatan uchun yanada ko‘proq o‘z hissalarini qo‘shishga va mana shu muqaddas zaminni, undagi musaffo osmonni asrashga harakat qilmoqdalar. Bugungi kunda ayollarimiz barcha soxalarda erkin ishlash imkoniyatiga egadirlar. Xoh u maorif bo‘lsin, xoh u sanoat sohasi bo‘lsin, yoki siyosiy-ijtimoiy, tadbirkorlik va fermerlik sohasi bo‘lsin barchasida ayollarimiz mehnat qilish huquqiga egadirlar. Qisqa qilib aytganda, bizning yurt ayollar qadr topgan yurt desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, har qanday ayol suyukli yor, mehribon ona, fayzli xonadon bekasi sifatida o‘rni, e’zozini topgandagina o‘zini chinakam baxtli his etadi. Ayollarimizni mana shunday chinakam baxtga ega bo‘lishlari uchun biz erkaklar ham mas’ulmiz. Zero ayollarga ehtirom-bu buyuklik ramzidir.
Yosh qizlarimiz o‘zlarining ilm-fandagi yutuqlari bilan, ayollarimiz turli sohadagi mehnat faoliyatlari bilan, munis onaxonlarimiz esa uzlarining duolari bilan yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun xissa qo‘shmoqdalar. Mo‘’tabar keksa onaxonlarimizning qilayotgan duolari yurtimizni har qanday balo-qazolardan asrayotgan bo‘lsa ajab emas. Chunki onalarning qilgan duolari Yaratganning huzurida shaksiz ijobatdir.
Shunday ekan har birimiz boshimizda toj bo‘lib, xonadonlarimizni nurga to‘ldirib bizning haqqimizga to‘xtovsiz duolarni qilib turgan volidai mehribonlarimizni dillarini shod qilib, xizmatlarida bardavom bo‘lib, ularni g‘animat bilib e’zozlab yashashligimizni Parvardigorimiz barchalarimizga nasib etsin!\



Angren shahar XTBga qarashli 39-umumta´lim maktabining ingliz tili fani o´qituvchisi Nishanova Dilnozaning 8-Mart – Xotin qizlar kuni munosabati bilan uning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy- ma’rifiy ahamiyatini targ’ib etishga qaratilgan
“KAFTINGDA TUT, ASRA AYOLNI” mavzusida pedogogik xodimlar uchun o´tkazilgan ma´naviyat soati uchun tayyorlagan maruzasi

Download 303.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling