Как создавать запоминающиеся презентации
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
MAXSUS TARIXIDAN MUSTAQIL ISH
2
Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Manbashunoslik –arxiv hujjatlarini davlat saqloviga tanlab olishda, turkumlashda va tarif berishda, hujjatlarning tashqi va ichki tahlilini olib borishda yordam beradi. Arxivshunoslikning yordamchi (maxsus) tarix fanlar bilan bog‘liq-lig‘ini o‘rganishda quyidagi fanlarga alohida to‘xtalib o‘tish zarur: Paleografiya – qadimgi qo‘lyozmalarni o‘qish, sanasini hamda aslini aniqlash maqsadida ularning yozma belgilari hamda boshqa tashqi alomatlarini o‘rganadi. Demak, paleografiya qadimgi qo‘lyozma hujjatlarni saqlash uchun tanlab olishda ularning muallifi, yaratilgan joyi, sanasini aniqlash va mazmunini o‘qib tushunishda yordam beradi. Tarixiy xronologiya –tarixda mavjud bo‘lgan vaqt birliklariga zamonaviy vaqt birliklariga taqqoslab bilish va hujjatlar yaratilgan joyini aniqlash uchun foydalaniladi. Tarixiy metrologiya –qadimgi davrdagi o‘lchov birliklarini tushunish va ularni zamonaviy birliklar bilan solishtirish, hujjatlarning yaratilgan joyi va vaqtini aniqlashga ko‘maklashadi. Sfragistika – yordamida hujjatlarga qo‘yilgan muhrlar orqali ularni qaysi davlat, hudud, idora, familiya yoki shaxsga tegishli bo‘lganligini aniqlash mumkin. Geraldika – davlatlar gerblarining kelib chiqishi, ramzlarining ijtimoiy-huquqiy mohiyatini aniqlashga va tushunishga yordam beradi.Bundan tashqari epigrafika, genealogiya, numizmatika, diplomatika va tarixiy geografiya kabi yordamchi fanlar ham muhim ahamiyatga ega.Shunday qilib, O‘zbekistonning arxiv ishi tarixi fani boshqa fanlar bilan bevosita aloqador bo‘lib, ularning yutuqlaridan keng foydalanadi va o‘z navbatida o‘zi ham boshqa fanlarning rivojiga ko‘maklashad i. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti arxiv ishi o‘rganuvchi fan sifatida Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling